Najmiddinov Rixsitilla Yunusali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Qizilqum fosforitlarini fosforli va azot-fosforli sifati yaxshilangan o‘g‘itlarga qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – «Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2023.4.PhD/T4096.
Ilmiy rahbar: Shamshidinov Israiljon Turgunovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Zokirjon, texnika fanlari doktori, dotsent; Rasulov A’zamjon Avazjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Qizilqum fosforitlaridan tarkibida kalsiy va magniy fosfatlari bo‘lgan yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega fosforli oddiy va azot-fosforli murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarishning samarador texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy Qizilqum (MQ) fosforitlaridan fosfat kislotani sulfat kislotali ekstraksiyalash jarayonida kalsiy karbonat, shuningdek tabiiy karbonatli xomashyolar – ohaktosh, bo‘r va/yoki dolomit yordamida ftor, sulfatlar kabi begona qo‘shimchalardan tozalashning  maqbul texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
ilk bor Markaziy Qizilqum fosforitlaridan olingan va ekstraksiyalash jarayonidan ftor hamda sulfatlardan qisman tozalangan fosfat kislotani  kalsiy karbonat hamda tabiiy karbonatli mineral – ohaktosh bilan neytrallash orqali tarkibida kalsiy bo‘lgan fosforli oddiy sifati yaxshilangan o‘g‘it olish jarayoni asoslab berilgan;
ilk bor ftor va sulfatlardan qisman tozalangan ekstraksion fosfat kislotani tabiiy karbonatli minerallar – dolomitlashgan bo‘r va/yoki dolomit bilan neytrallash orqali fosforli oddiy sifati yaxshilangan o‘g‘itlar olishning maqbul texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
tarkibida kalsiy va magniy fosfatlari bo‘lgan sifati yaxshilangan azot-fosforli murakkab o‘g‘itlar olishning maqbul texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
ftor va sulfatlardan qisman tozalangan ekstraksion fosfat kislotani bug‘latish yoʻli bilan konsentrlash asosida ftorsizlantirish hamda uning asosida fosforli oddiy va azot-fosforli murakkab sifati yaxshilangan o‘g‘itlar olishning iqtisodiy va ekologik samaradorligi asoslangan;
Markaziy Qizilqum fosforitlari asosidagi ftor va sulfatlardan tozalangan ekstraksion fosfat kislotadan tarkibida kalsiy va magniy fosfatlari bo‘lgan fosforli oddiy va azot-fosforli murakkab sifati yaxshilangan o‘g‘itlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy Qizilqum fosforitlarini fosforli oddiy va azot-fosforli murakkab sifati yaxshilangan o‘g‘itlarga qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tayyor ekstraksion bo‘tqaga filtrlashdan oldin kalsiy karbonat, tabiiy minerallar – ohaktosh, bo‘r, dolomit tarzidagi tarkibida kalsiy bo‘lgan reagentlar kiritish yoʻli bilan ftor va sulfat qo‘shimchalarini cho‘ktirish hamda hosil bo‘ladigan tozalangan kislotani tabiiy karbonatli minerallar bilan neytrallash, suspenziyani bug‘latish, mahsulotni donadorlash va quritish natijasida oddiy fosforli o‘g‘itlar olish texnologiyasi JSC «Indorama Kokand fertilizers and chemicals» korxonasida sanoat ishlab chiqarishi sharoitida sinovdan o‘tkazilgan hamda mazkur korxonaning “amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (JSC «Indorama Kokand fertilizers and chemicals» korxonasining 2023 yil 30 noyabrdagi 02-419-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, olinadigan mahsulot tarkibidagi ftor miqdorini kamaytirish hamda kalsiy, magniy, fosfor ozuqa elementlari miqdorini oshirish fosforli oddiy o‘g‘itlar sifatini yaxshilash imkonini bergan.
tozalangan EFKni bug‘latish yoʻli bilan 35% P2O5 gacha konsentrlash,  hosil qilingan konsentrlangan kislotani ammiak gazi bilan neytrallash, bo‘tqani retur ishtirokida donadorlash va mahsulotni quritish natijasida tarkibida kalsiy va magniy fosfatlari bo‘lgan sifati yaxshilangan azot-fosforli murakkab o‘g‘it – ammofos olish texnologiyasi IFODA AGRO KIMYo HIMOYa» MChJ korxonasida sanoat ishlab chiqarishi sharoitida sinovdan o‘tkazilgan hamda mazkur korxonaning “amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («IFODA AGRO KIMYo HIMOYa» MChJ korxonasining 2023 yil 11 dekabrdagi 1061-sonli; Namangan viloyati hokimligining 2023 yil 27 dekabrdagi 05/14-5514-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, mahsulotdagi ftor miqdorini kamaytirish hamda o‘g‘it tarkibiga o‘simliklarni oziqlantirishda muhim hisoblangan kalsiy va magniy fosfatlarining kirishi sifati yaxshilangan azot-fosforli murakkab o‘g‘itlar olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish