Djalalov Sherzod Valievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini tabaqalashtirish mexanizmi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6735.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc. 33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Ishtaev Javlon Maylonboevich, pedagogika fanlari doktori (DSc); dotsent; Aripov Yunus Yusupovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligi, yoshga oid jismoniy va funksional rivojlanishi, bolalarning yoshi va jinsini inobatga olgan holda tabaqalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bir xil yoshda va jinsda turli darajadagi jismoniy holatidan kelib chiqib dars mashg‘ulotlarda yordamchi va maxsus jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash hamda funksional holatini yaxshilashga yo‘naltirilgan sensitiv davrlari bo‘yicha jismoniy sifatlarni tabaqalashtirilgan (1-sinfda egiluvchanli, tezkorlik, chaqqonlik kabi) metodikasini ishlab chiqish hisobiga o‘quvchilarga berilayotgan yuklamani me’yorlash imkoniyati takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining (antropometrik, morfofunksional va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini inobatga olib) mahsus mashqlar majmuasini uchta metodik blok bo‘yicha jismoniy sifatlarga ta’sir qilish yo‘nalishiga qarab darsdan tashqari mashg‘ulotlarda qo‘llash hisobiga maqsadli rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jismoniy sifatlarini tabaqalashtirish, funksional holatini yaxshilash hamda jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishga yo‘naltirilgan innovatsion mashg‘ulot dasturiga yuklama me’yori, mashg‘ulot darajasi, mashqni davomiyligi, takrorlanish soni, musobaqa rejimi va tiklanish jarayonini aniqlovchi (Sog‘lom bolajon) mobil ilovasini ishlab chiqish hisobiga o‘quvchilarning mustaqil nazariy va amaliy o‘zlashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini aniqlash me’yorlari hamda jismoniy sifatlarini rivojlantiruvchi mashqlar klassifikatsiyasini tartiblashtirish hisobiga o‘quvchilarni tabaqalashtirilgan yuqori, o‘rta, past daraja ko‘rsatkichlarini rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining dars mashg‘ulotlarida tabaqalashtirilgan metoddan foydalanish natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining dars mashg‘ulotlarida tabaqalashtirish mexanizmidan foydalanish natijasida o‘quvchilarining yordamchi va mahsus jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash hamda funksional bazani yaratishga yo‘naltirilgan besh bosqichli metodikasi Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar 2-sonli IDUM, 17-umumta’lim maktab hamda Toshloq tumani 40-42 umumta’lim maktabida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 14 sentyabr 2023 yil buyrug‘iga asosan 04-02/3-918-sondagi ma’lumotnoma). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichi 12,8 % ga, salomatlik, jismoniy tayyorgarlik darajasi 18,5 % ga oshganligi aniqlangan;
o‘quvchilarining umumiy va mahsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda jismoniy sifatlarga ta’siri bo‘yicha uchta metodik blokka taqsimlangan mahsus mashqlar majmuasi Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar 2-sonli IDUM, 17-umumta’lim maktab hamda Toshloq tumani 40-42 umumta’lim maktabida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi 2023 yil 27 sentyabrdagi 03-01/04/20/10040-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsdan bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishga, salomatlik darajasi, morfofunksional holati oshirishga, umumiy jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 12,3% ga, mahsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 11,5 % ga yaxshilanishiga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini funksional rivojlantirish va har tomonlama jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida “Jismoniy tarbiya darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy sifatlarini rivojlantirish” nomli o‘quv qo‘llanmasi umumta’lim maktabida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 6-noyabr 2023-yil 491-sondagi buyrug‘iga asosan 491542 raqamli guvohnoma). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining chidamlilik sifati 12,3 % ga, tezlik-kuch sifati 13,2 % ga, chaqqonlik sifati 14,1 % ga, egiluvchanlik sifati 11,9 % ga rivojlantirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarlik holatini tabaqalashtirish bo‘yicha yig‘ilgan ballarni majmuaviy nazorat qilish uchun rivojlantiruvchi mashqlar tizimi Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar 2-sonli IDUMda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi 2023-yil 27-sentyabrdagi 03-01/04/20/10040-son ma’lumotnomasi). Natijada turli xil jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning salomatligini saqlash va mustahkamlashga yordam berib, jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichi 18,5 % ga yaxshilangan.