Palvanov Izzat To‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Kasbiy javobgarlikni majburiy sug‘urta qilishni fuqarolik-huquqiy tartibga solinishi”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu1055.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Boltaev Mansurjon Sotivoldievich, yuridik fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi huzuridagi PhD.37/27.02.2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Topildiev Baxromjon Raximjonovich, yuridik fanlar doktori, professor; Ahrorqulov Anvar Anvarovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kasbiy javobgarlikni majburiy sug‘urta qilishni fuqarolik-huquqiy tartibga solinishi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy va amaliy muammolarni aniqlash hamda qonunchilikni takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshqa moliyaviy tavakkalchiliklardan sug‘urta qilish – sug‘urta qildiruvchining biznesi uzilib qolishi yoki u tomonidan amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati ko‘lami kamayishi natijasida sug‘urta qildiruvchi zarar ko‘rganda amal qilishi asoslantirilgan;
oldindan nazarda tutilmagan xarajatlar natijasida sug‘urta qildiruvchi zarar ko‘rganda hamda shartnomalar tuzilishi va bajarilishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish natijasida boshqa nobudgarchiliklarga uchraganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari majmui tatbiq etilishi zarurligi asoslantirilgan;
xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius notarial faoliyatni amalga oshirishda notariusning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasini tuzishi shartligi asoslangan;
xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasini tuzmasdan o‘zining majburiyatlarini va notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emasligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
boshqa moliyaviy tavakkalchiliklardan sug‘urta qilish sug‘urta qildiruvchining biznesi (xo‘jalik faoliyati) uzilib qolishi yoki sug‘urta qildiruvchi tomonidan amalga oshirilayotgan biznes (xo‘jalik faoliyati) ko‘lami kamayishi natijasida sug‘urta qildiruvchi zarar ko‘rganda amalga oshirilishiga oid taklifi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini lisenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi yagona nizomga 6-ilova “Sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini lisenziyalash Pasporti”ning Umumiy sug‘urta sohasining 16-klassini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil
va yuridik ta’minlash departanmentining 2023-yil 30-maydagi 12-15-16-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi boshqa moliyaviy tavakkalchiliklardan sug‘urta qilish obektini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
shartnomalar tuzilishi va bajarilishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish natijasida sug‘urta qildiruvchi boshqa nobudgarchiliklarga uchraganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari majmui to‘g‘risidagi taklifdan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini lisenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi yagona nizomga 6-ilova “Sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini lisenziyalash Pasporti”ning Umumiy sug‘urta sohasining 16-klassini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departanmentining 2023-yil 30-maydagi 12-15-16-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi kasbiy faoliyatni amalga oshirishda vujudga keladigan qo‘shimcha xarajatlar sug‘urta bilan qoplashning huquqiy asoslarini belgilash imkon bergan;
xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius notarial faoliyatni amalga oshirishda notariusning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasini tuzishi shartligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi “Notariat tizimi tubdan isloh qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-602-son Qonunining 3-moddasi 20-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Senati Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023-yil 23-maydagi 06-13/32-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning kasbiy javobgarligi sug‘urtalash majburiyatini aniqlashtirishga zamin yaratgan;
xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasini tuzmasdan o‘zining majburiyatlarini va notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emasligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi “Notariat tizimi tubdan isloh qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-602-son Qonunining 3-moddasi 20-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Senati Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023-yil 23-maydagi 06-13/32-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi kasbiy faoliyatni sug‘urta qilish shartnomasi tuzmasdan notariuslar faoliyat yuritish mumkin emasligining huquqiy asoslari yaratishga xizmat qilgan.