Muxtorova Nigora Baxramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yangi selektiv sorbentlar, ularni qo‘llash sharoiti va texnologiyasini tadqiqi qilish», 11.00.05 - Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/K479.
Ilmiy rahbar: Aliev Boxodir Abduganievich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Qobiljon Gafurovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Fayziev Jahongir Bahromovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat oqava suvlarini tozalash uchun Shofirkon bentonit gilini modifikatsiyalab ular asosidagi sorbentlarni qo‘llash sharoiti va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shofirkon koni bentonit gilining kimyoviy-mineralogik tarkibi, fizik –kimyoviy xossalari tadqiq etilib modifikatsiyalash usullari ishlab chiqilgan;
modifikatsiyalangan Shofirkon koni bentoniti asosidagi sorbentlar oqava suvlarining qattiqligini 5,8 mg-ekv/l dan 1,4 mg-ekv/l gacha pasaytirganligi aniqlangan;
sanoat oqava suvlari tarkibidagi xrom (III), kobal`t (II) va nikel` (II) ionlarining modifikatsiyalangan bentonit gillariga sorbsiyalanish jarayoni oqava suvning muhiti pH va pOH qiymatiga bog‘liqligi aniqlangan;
modifikatsiyalangan Shofirkon koni bentonit gilining adsorbentlari qayta tiklanish jarayonining termodinamikasi ilmiy asoslangan;
modifikatsiyalangan Shofirkon koni bentonit gili yordamida korxona oqova suvlarini tozalash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yangi selektiv sorbentlar, ularni qo‘llash sharoiti va texnologiyasini tadqiq qilish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Shofirkon koni bentonit gili asosida olingan sorbentlar “PLOM FURNITUR LUX” MChJ korxonasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligining 2023 yil 19 apreldagi 03-01/21-417-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat oqava suvlarning deminerallashtirish imkonini bergan;
modifikatsiyalangan Shofirkon koni bentonit gili asosida olingan sorbentlar, “BEST METALL LIDS” MChJ korxonasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligining 2023 yil 19 apreldagi 03-01/21-417-son ma’lumotnomasi). Natijada, artezian suvlarning umumiy qattiqligini 6,2 mg-ekv/l dan 1,6 mg-ekv/l gacha kamaytirish orqali sanoatda qo‘llaniluvchi toza ichimlik suvini tejash imkonni bergan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish