Saydullaev Abduxalim Abdusalim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Karbamid va oltingugurt tutgan moddalar asosida murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasi», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3581.
Ilmiy rahbar: Usanbaev Najimuddin Xalmurzaevich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/05.05.2023. K/T.35.02.
Rasmiy opponentlar: Erkaev Aktam Ulashovich, texnika fanlari doktori, professor; Umirov Farxod Ergashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi suyuqlanma xolatdagi oltingugurt va karbamiddan elementar oltingugurt tutgan donadorlangan karbamid, karbamid suyuqlanmasiga SA yoki FG qo‘shish asosida o‘zaro mutonosib azot va oltingugurt tutgan sul`fatlangan karbamid, karbamid, oltingugurt va FU asosida murakkab azot-fosfor-oltingugurtli o‘g‘itlar olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
karbamid va oltingugurt suyuqlanmalari orasidagi ikki faza sirt yuza tarangligiga bentonit ta’sir etishi va suyuqlanma xolatdagi oltingugurt va karbamid suyuqlanmasidan bir xil aralashgan massa olish aniqlangan;
bir xil aralashgan massa olish mumkin bo‘lgan karbamid : bentonit : oltingugurt 100 : (1 - 7) : (1 - 15) maqbul massa nisbatlar o‘rnatildi, bunda olingan donalarning mustahkamligi oltingugurt qo‘shilmagan karbamid bilan solishtirganda 1,5-2 barobarga ortishi, donalarning yopishqoqligi esa 2-3 barobarga kamayishi aniqlangan;
oltingugurtli donador karbamid olish jarayonida karbamid suyuqlanmasi tarkibidagi erkin ammiakni oltingugurt tarkibidagi erkin sul`fat kislotaga va bentonitga bog‘lanishi xisobiga tayyor mahsulotdan ammiakning atmosferaga chiqishini to‘xtatish imkoniyati asoslangan;
suyuqlanma xolatdagi oltingugurt va karbamid suyuqlanmasidan olingan elementar oltingugurt tutgan donadorlangan karbamidni, karbamid suyuqlanmasiga SA yoki FG qo‘shish asosida olingan o‘zaro mutonosib azot va oltingugurt tutgan sul`fatlangan donador karbamidni asosiy kimyoviy, fizik-kimyoviy va texnologik tavsiflari aniqlangan;
karbamid suyuqlanmasiga elementar oltingugurt va fosforit uni qo‘shish asosida olingan NPS o‘g‘itlar qo‘llanilgan tuproqlarda fosfor va oltingugurtni xarakatchan shakllarini ortishi asoslangan;
oltingugurt, karbamid suyuqlanmasi va SA asosida oltingugurtli donador karbamid va sul`fatlangan karbamid olishni maqbul tarkibi ishlab chiqilgan;
donador elementar oltingugurtli karbamid va sul`fatlangan karbamid olishning texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Oltingugurtli donador karbamid, sul`fatlangan karbamid va azot, fosfor va oltingugurt tutgan murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oltingugurtli donador karbamid ishlab chiqarish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» AJ-QKning “2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan. (“Elektrokimyozavod” AJ-QKning 2023 yil 14 dekabrdagi 168-son ma’lumotnomasi). Natijada, karbamidning agrokimyoviy samaradorligini sezilarli darajada oshirishini va karbamid ishlab chiqarish jarayonida ammiakning atmosferaga chiqishini kamaytirish imkonini bergan;
karbamid suyuqlanmasiga SA qo‘shish asosida sul`fatlangan karbamid ishlab chiqarish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» AJ-QKning “2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” AJ-QKning 2023 yil 14 dekabrdagi 168-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori samarali azotli, oltingugurtli mineral o‘g‘itlar olish imkonini bergan.