Tanirbergenov Kuatbay Joldasbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ustyurt platosi Qoraqalpoq qismi kemiruvchilar populyasiyasi son dinamikasi va biologik xilma-xilligi monitoringi», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/B565.
Ilmiy rahbar: Utemuratova Gulshirin Najimatdinovna, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy hodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Ametov Yakub Idrisovich, biologiya fanlari doktori, professor; Turaboev Akmal Normuminovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ustyurt platosi Qoraqalpoq qismi kemiruvchilar populyasiyasi son dinamikasi va biologik xilma-xilligi monitoringidan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta Ustyurt platosi Qoraqalpoq qismi kemiruvchilar populyasiyasi son dinamikasi, hududiy tarqalishi va migratsiya faolligining demografik tuzilishidagi mavsumiy o‘zgarishlari aniqlangan;
Ustyurt platosi Qoraqalpoq qismi kemiruvchilar populyasiyalaring biologik xilma-xilligining so‘ngi 30-40 yil ichidagi monitoringi qayta ishlangan;
Ustyurt platosi Qoraqalpoq qismida tarqalgan kemiruvchilar turlarining soni va populyasiya tuzilishi dinamikasini shakllantirishda birinshi marta yashash joylaridagi ekologik omillarning ta’siri aniqlangan;
reproduktiv davrda yashash joylarining har xilligi sharoitida kemruvchilar soni dinamikasi va ozuqa resurslarining o‘zgarishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
mayda sutemizuvchilar oziqlanish holatiga bog‘liq ularni organizmidagi har xil toksik elementlarni to‘planish darajalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ustyurt platosi Qoraqalpoq qismi kemiruvchilar populyasiyasi son dinamikasi va biologik xilma-xilligi monitoringi buyicha olingan natijalar asosida:
Ustyurt platosi hududida kemiruvchi turlarining xilma-xilligini, son dinamikasi, tarqalishini monitoring qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2022 yil 4 noyabrdagi 02-01/18-2-2312 son ma’lumotnomasi). Natijada, kemiruvchilar biologik xilma-xilligiga antropogen omillar ta’siri ostida kemiruvchilar sonining o‘zgarishini prognoz qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
Ustyurt platosida yashovchi kemiruvchilar sonining dinamikasi va populyasiyasining tuzilishiga antropogen omillarning ta’sirini ekologik baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora - tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog ’iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2022 yil 30 dekabrdagi 2-789 son ma’lumotnomasi). Natijada, cho‘l ekotizimlarining barqarorligi va Orolbo‘yi hududida ekoturizmni rivojlantirish maqsadida biologik monitoring va biologik xilma-xillikni saqlashning nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan.