Tadjieva Gulmira Abduvalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mingbuloq va Ko‘kdumaloq konlarining asfal`t-qatron-parafinli neftlari uchun erituvchilar tarkibini ishlab chiqish», 02.00.08 - Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4085.
Ilmiy rahbar: Badriddinova Farida Maxamatdinovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSs.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Fozilov Sadriddin Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Yusupov Farhod Maxkamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy neft konlarida asfal`t-qatron-parafinli quyqalarni parchalash uchun ikkilamchi geksan asosidagi uglevodorodli erituvchilarning samaradorligini baholash va ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
normal tuzilishli C12 - C20 uglevodorodlar fraksiyasi - foydalanilgan ikkilamchi suyuq geksan va TAR mahsulot aralashmasidan asfal`t-qatron-parafin erituvchisining maqbul sharoitlari aniqlangan;
erituvchilar samaradorligi asosiy erituvchi, ikkilamchi geksan va sirt faol modda iborat  bo‘lgan uglevodorodli erituvchilarning dispergirlash, eritish va yuvish faolligi isbotlangan;
detergent-dispergirlash xossasiga ega bo‘lgan Neonol AF-9-10 noinogen sirt-faol moddaning maqbul konsentratsiyasi (1,5 - 2,0 %)da erituvchining yuvish va disperglash qobiliyatlari keskin oshishi aniqlanib, AQPQ yoriqlarga kirishi, zarrachalar yopishib va g‘ovaklarning to‘lib qolishini kamaytirishi  bilan asoslangan;
SFM + Ar-TAR + GFU + KFU kompozision erituvchilarning 1,0 % mass.dan yuqori konsentratsiyalarida asfal`t-qatron-parafin quyqa sirtiga adsorbsiyalanishi aniqlanib, statik sharoitda hosil bo‘ladigan polimolekulyar qatlam erituvchi molekulalarining asfal`t-qatron-parafin quyqa ichiga singishi uchun to‘sqinlik qilishi, erituvchilar yuvish faolligini pasaytirishi isbotlangan;
neft konlarida asfal`t-qatron-parafinli quyqalarni parchalash uchun ikkilamchi geksan asosidagi uglevodorodli erituvchilarning samaradorligi isbotlanib, erituvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Neft konlarida asfal`t-qatron-parafinli quyqalarni parchalash uchun ikkilamchi geksan asosidagi uglevodorodli erituvchilarning samaradorligini aniqlash va erituvchilar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
geksanli konsentrat, noionogen sirt faol modda va aromatik uglevodorodlar aralashmasi asfal`t-qatron-parafinli quyqalarni parchalash foydalanish texnologiyasi Farg‘ona neftni qayta ishlash korxonasining «2023-2025-yillardagi amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Sanoat energetika guruhi» MChJ XKning 2022 yil 6 oktyabrdagi DD-004/1239-son ma’lumotnomasi). Natijada, eskirgan neft quduqlaridan neft qazib chiqarish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
geksanli konsentrat, noionogen sirt-faol modda va aromatik uglevodorodlar aralashmasidan iborat erituvchi tarkibi neft quduqlari qurilmalarini yuvish va dispergirlashda foydalanish uchun Farg‘ona neftni qayta ishlash korxonasining «2023-2025-yillardagi amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Sanoat energetika guruhi» MChJ XKning 2022 yil 6 oktyabrdagi DD-004/1239-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalari qurilmalarini uzoq muddat uzluksiz ishlashini ta’minlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish