Abduvoxidov Iqboljon Qurvonali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ikkilamchi polietilentereftalat asosida bis -(2-gidroksietilen)tereftalat sintezi va uning asosida birlamchi polietilentereftalat olish sharoitlarini o‘rganish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4549.
Ilmiy rahbar: Adilov Ravshan Irkinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSs.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor; Muxiddinov Bahodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikkilamchi polietilentereftalatni alkogoliz jarayonini tizimli tadqiq qilish va tola hosil qiluvchi birlamchi polietilentereftalat olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikkilamchi polietilentereftalatning etilenglikol bilan kimyoviy destruksiyalanishi aniqlanib, bis-(2-gidroksietilen)tereftalat olishning optimal sharoitlari, maqbul nisbatlari va chiqish unumiga ta’sir qiluvchi omillari asoslangan;
alkogoliz jarayonini haroratini IPET: EG = 1:4 el.zanjir mol/mol nisbatida 190 dan 196 S ortganda bis-(2-gidroksietilen) tereftalatni chiqish unumi 67,5 dan 83,5 % gacha oshishi aniqlangan;
sintez qilingan bis-(2-gidroksietilen)tereftalat tuzilishi va xossalari fizik-kimyo va zamonaviy IQ- va PMR-spektrlari yordamida aniqlangan va natijada aynan o‘ziligi aniqlangan;
alkogoliz jarayonida tetrabutoksatitan, natriy gidrokarbonat, rux atsetatiga o‘tgan sayin kuchli asosli katalizator (rux atsetati) faolligini isbotlangan;
olingan bis-(2-gidroksietilen)tereftalat asosida tola hosil qiluvchi plietilentereftalat olish rejimlari aniqlangan;
polietilentereftalat polikondenatsiya jarayonini bosqichli olib borish (40 daqiqa, 260 C, 2 soat, 280 C) namunani o‘rtacha molekulyar massasi (23500 g/mol) sanoat anolog ko‘rsatgichidan qolishmasligi aniqlangan;
tola hosil qiluvchi birlamchi polietilentereftalat olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ikkilamchi polietilentereftalat asosida birlamchi polietilentereftalat olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
rux atsetat katalizatori ishtirokida birlamchi polietilentereftalatni alkogolizlash texnologiyasi «DEGREZ TEKS LTD» QKning «2023-2025 yillardagi amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘ZTO‘QIMAChILIKSANOAT» uyushmasining 2023 yil 19 maydagi 03/25-1098-son ma’lumotnomasi). Natijada, bis-(2-gidroksietilen)-tereftalat birlamchi polietilntereftalat poliester tola tizimida import o‘rnini tola ishlab chiqarish imkonini beradi;
ikkilamchi polietilentereftalatning alkogoliz mahsuloti asosidagi poliefir tola olish texnologiyasi «DEGREZ TEKS LTD» QKning «2023-2025 yillardagi amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘ZTO‘QIMACNILIKSANOAT» uyushmasining 2023 yil 19 maydagi 03/25-1098-son ma’lumotnomasi). Natijada, import qilinuvchi «Pet polyester Bhilosa» (Xindiston) tolasini yuqori sifatli mahalliy poliefir tola bilan almashtirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish