Mirhalilova Gulnoza Ilhomjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Jamoat xavfsizligini davlat-xususiy sheriklik asosida ta’minlash istiqbollari”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Yu686.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Imomov Nurillo Fayzullaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.37/27.02.2020.Yu.107.01
Rasmiy opponentlar: Nasriev Ilhom Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xudoybergenov Behzod Baxtiyorovich, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa  doktori (PhD).    
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi jamoat xavfsizligini DXSh (davlat-xususiy sheriklik) asosida ta’minlash istiqbollari bilan bog‘liq ilmiy-nazariy va amaliy muammolarni aniqlash hamda qonunchilikni takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
foydalanganlik uchun to‘lov – tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) iste’mol qiluvchilardan DXSh to‘g‘risidagi bitimga muvofiq DXSh loyihasini amalga oshirish doirasida xususiy sherik tomonidan yig‘ib olinadigan to‘lovlarni aniqlashtirish zarurligi asoslantirilgan;
davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi tasdiqlangan taqdirda, potensial davlat sherigi davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini hamda boshqa talabgorlarga davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifini o‘zining rasmiy veb-saytida, vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida va boshqa maxsus veb-saytlarda besh kalendar kuni ichida e’lon qilinishi kerakligi asoslangan;
davlat sherigi DXSh to‘g‘risidagi bitimni tuzish huquqi uchun tender o‘tkazishni tartibga soluvchi tender hujjatlari va DXSh to‘g‘risidagi bitim loyihasini tayyorlanishi va loyihaning umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan taqdirda, kelishish uchun vakolatli davlat organiga taqdim etilishi asoslantirilgan;
Ichki ishlar vazirligi tizimida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorni jalb etishda namunaviy shartnoma shaklidan foydalangan holda davlat va xususiy biznes o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarni tartibga solishga asos bo'luvchi qonunchilik amaliyotini takomillashtirish zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
foydalanganlik uchun to‘lov –  tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) iste’mol qiluvchilardan DXSh to‘g‘risidagi bitimga muvofiq DXSh loyihasini amalga oshirish doirasida xususiy sherik tomonidan yig‘ib olinadigan to‘lovlarni aniqlashtirish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-aprelda “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 259-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 1-bob, 3-band 7-xatboshida o‘z aksini topgan  (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 14-apreldagi 122011-son dalolatnomasi). Ushbu taklif DXSh loyihasini amalga oshirish doirasida xususiy sherik tomonidan yig‘ib olinadigan to‘lovlarni aniqlashtirishga xizmat qilgan;
davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi tasdiqlangan taqdirda, potensial davlat sherigi davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini hamda boshqa talabgorlarga davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifini o‘zining rasmiy veb-saytida, vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida va boshqa maxsus veb-saytlarda besh kalendar kun ichida e’lon qilinishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-aprelda “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 259-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 2-bob, 4-bandida o‘z aksini topgan  (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 14-apreldagi 122011-son dalolatnomasi). Mazkur taklif asosida davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshiruvchi manfaatdorlar o‘zining rasmiy veb-saytida besh kalendar kuni ichida e’lon qilish tartibi joriy qilinishiga xizmat qilgan;
davlat sherigi DXSh to‘g‘risidagi bitimni tuzish huquqi uchun tender o‘tkazishni tartibga soluvchi tender hujjatlari va DXSh to‘g‘risidagi bitim loyihasini tayyorlanishi va loyihaning umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan taqdirda, kelishish uchun vakolatli davlat organiga taqdim etilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-aprelda “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 259-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 3-bob, 7-bandida o‘z aksini topgan  (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 14-apreldagi 122011-son dalolatnomasi). Davlat sherigi DXSh to‘g‘risidagi bitimni tuzish huquqi uchun tender o‘tkazishni tartibga soluvchi tender hujjatlari va DXSh to‘g‘risidagi bitim loyihasini tayyorlanishi va loyihaning umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan taqdirda, kelishish uchun vakolatli davlat organiga taqdim etilish tartibi joriy qilinishiga xizmat qilgan;
ichki ishlar vazirligi tizimida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorni jalb etishga doir qonunchilik amaliyotini takomillashtirish xaqidagi takliflar IIV JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan norma ijodkorligida inobatga olindi (IIV JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining 2023-yil 27-dekabrdagi 1-son dalolatnomasi). Ushbu taklif Ichki ishlar vazirligi tizimida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorni jalb etishga doir qonunchilik amaliyotini takomillashtirish xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish