Po‘latov Alisher Ramazanovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Kriptovalyuta va tokenlar aylanmasini huquqiy tartibga solinishi” 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu287. 
Ilmiy rahbar: Rustambekov Islombek Rustambekovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01. 
Rasmiy opponentlar: Musaev Bekzod Tursunboevich, yuridik fanlar doktori, professor; Yakubova Iroda Bahramovna, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda kriptovalyuta va tokenlar aylanmasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslarini takomillashtirish va uni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amalga oshirilishi uchun lisenziyalarni olish talab qilinadigan faoliyat turlari ro‘yxatiga kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatning kiritilishi hamda ushbu faoliyat uchun lisenziya joriy qilish zarurligi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi hududida ta’minlanmagan va barqaror tokenlarni rezidentlar tomonidan hamda kripto-depozitariy tomonidan chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanishi zarurligi asoslangan;
emitent tomonidan ruxsat berish tokeni, chipta tokeni, vaucher-tokeni, boshqaruv tokeni kabi utilitar tokenlar chiqarilishi mumkinligi, shuningdek investision tokenlar ularning egasiga asosiy qarz, davriy foizlar va (yoki) emitent daromadining bir qismini olish huquqini berishi asoslagan;
kripto-aktivlar egasi huquqlari va qonuniy manfaatlari ta’minlanishi zarurligi, kripto-aktivlarni sotish, o‘tkazish va ayirboshlash huquqlari asosiy huquqlar deb e’tirof etilishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kriptovalyuta va tokenlar aylanmasini huquqiy tartibga solinishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan: 
amalga oshirilishi uchun lisenziyalarni olish talab qilinadigan faoliyat turlari ro‘yxatiga kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun lisenziya joriy qilish zarurligi haqidagi taklif 2021 yil 14 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasining «Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi O‘RQ-701-son Qonunining birinchi ilovasi ettinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023 yil 22 avgustdagi 53-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni qabul qilinishi O‘zbekistonda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun lisenziya joriy qilishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi hududida barqaror tokenlarni rezidentlar tomonidan chiqarish va kripto-depozitariy tomonidan chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanishi zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2022-yil 24-noyabrdagi 61-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3397) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan kripto-aktivlarni chiqarish, chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish va muomalaga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023 yil 18 avgustdagi 9/11/5/4125-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni qabul qilinishi O‘zbekistonda barqaror token bilan muaomala qilish tartibini belgilashga xizmat qilgan;
emitent tomonidan ruxsat berish tokeni, chipta tokeni kabi utilitar tokenlar chiqarilishi mumkinligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2022-yil 24-noyabrdagi 61-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3397) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan kripto-aktivlarni chiqarish, chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish va muomalaga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 24-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023 yil 18 avgustdagi 9/11/5/4125-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni qabul qilinishi O‘zbekistonda ruxsat berish tokeni, chipta tokenining huquqiy maqomini belgilashga xizmat qilgan;
kripto-aktivlar egasi kripto-aktivlarni, agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, sotish, o‘tkazish va (yoki) ayirboshlash huquqiga ega ekanligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2022-yil 24-noyabrdagi 61-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3397) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan kripto-aktivlarni chiqarish, chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish va muomalaga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 31-bandi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023 yil 18 avgustdagi 9/11/5/4125-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni qabul qilinishi O‘zbekistonda kripto-aktivlar egasining huquqiy maqomini belgilashga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish