Xolikov Farxod Uktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ma’muriy preyudisiyali jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalari”, 12.00.08-Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Yu1179. 
Ilmiy rahbar: O‘razaliev Murod Qoraevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Rustam Kabulov, yuridik fanlar doktori, professor; Toshpulatov Akrom Ikromovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi jinoyat huquqida ma’muriy preyudisiya masalalari va ma’muriy preyudisiyali jinoyat tarkiblarini kvalifikatsiya qilish bo‘yicha muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jinoyat qonuniga ma’muriy preyudisiyali oid jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishga oid maxsus normaning kiritilishi lozimligi asoslangan;
mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf qilishda ifodalangan mansabdor shaxslarning harakatlari ular uchun qo‘llanilgan ma’muriy jazo ijrosi tugagan kundan eʼtiboran, basharti ma’muriy jazo ijro etilmagan bo‘lsa ushbu jazoni ijro etish muddati tugagan kundan eʼtiboran bir yil davomida sodir etilgan bo‘lsa, qilmish JK 1921-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozimligi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan bolani ota, ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirishda ifodalanadigan xatti-harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi lozimligi asoslangan;
valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda ancha miqdordan kam miqdorda olganlik yoki o‘tkazganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida takroran sodir etilganda qilmish JK 177-moddasi birinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozimligi asoslangan;
JK 122-moddasining 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs sudlanganlik holati tugamasdan turib, ikki oydan ortiq muddat mobaynida voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlasa, uning qilmishi JK 122-moddasi 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishida shaxsni ma’muriy javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligi ahamiyat kasb etmasligi lozimligi asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Ma’muriy preyudisiyali jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalari 
mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf qilishda ifodalangan mansabdor shaxslarning harakatlari ular uchun qo‘llanilgan ma’muriy jazo ijrosi tugagan kundan eʼtiboran, basharti ma’muriy jazo ijro etilmagan bo‘lsa ushbu jazoni ijro etish muddati tugagan kundan eʼtiboran bir yil davomida sodir etilgan bo‘lsa, qilmish JK 1921-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarorining 7-bandi ikkinchi xatboshisida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi qilmishni JK 1921-moddasi bilan kvalifikatsiya qilishda ma’muriy jazoni ijro etish muddatining qay yo‘sinda inobatga olinishini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan bolani ota, ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirishda ifodalanadigan xatti-harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 1221-moddasining birinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan bolani ota, ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirishda ifodalanadigan xatti-harakat uchun dastlab ma’muriy javobgarlik belgilanishiga xizmat qilgan;
valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda ancha miqdordan kam miqdorda olganlik yoki o‘tkazganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida takroran sodir etilganda qilmish JK 177-moddasi birinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarorining 7-bandi ikkinchi xatboshisida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024-yil 11-yanvardagi 01-09-24-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda ancha miqdordan kam miqdorda olganlik yoki o‘tkazganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida takroran sodir etilganda qilmish JK 177-moddasi birinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozimligi to‘g‘risidagi tushuntirish bilan to‘ldirishga xizmat qilgan;
JK 122-moddasining 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs sudlanganlik holati tugamasdan turib, ikki oydan ortiq muddat mobaynida voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlasa, uning qilmishi JK 122-moddasi 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishida shaxsni ma’muriy javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligi ahamiyat kasb etmasligi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-noyabrdagi 31-sonli qarorining 14-bandi beshinchi va oltinchi xatboshisida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024-yil 11-yanvardagi 01-09-24-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi JK 122-moddasining 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs sudlanganlik holati tugamasdan turib, ikki oydan ortiq muddat mobaynida voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlasa, uning qilmishi JK 122-moddasi 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishida shaxsni ma’muriy javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligi ahamiyat kasb etmasligi lozimligi to‘g‘risidagi tushuntirish bilan to‘ldirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish