Aminova Nilufar Umarboy qizining 
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Islom moliyasi asosida investisiya loyihalarini moliyalashtirishni rivojlantirish », 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2955. 
Ilmiy rahbar: Elmirzaev Samariddin Eshquvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abrorov Sirojiddin Zuxriddin og‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dosent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: islom moliyasi asosida investisiya loyihalarini moliyalashtitishni rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklari tomonidan Islom moliyasi asosida xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari hisobidan savdo sohasi va investisiya loyihalarini moliyalashtirish taklif qilingan;
tijorat banklari tomonidan Islom korporatsiyasi bilan hamkorlikda 20,0 million AQSh dollari miqdoridagi loyihalarni murobaha shartlari asosida moliyalashtirish taklif etilgan;
investisiya loyihalarini islom moliyasi orqali moliyalashtirishda loyiha kapitalida davlat ulushini 49 foizdan oshirmaslikning maqsadga muvofiq ekanligi ilmiy asoslangan;
tijorat banklari tomonidan alohida sho‘ba moliya muassasasini tuzish orqali murobaha va ijara (islom lizingi) xizmatlari ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Islom moliyasi asosida investisiya loyihalarini moliyalashtirishni rivojlantirish borasidagi tadqiqotlardan olingan ilmiy natijalar asosida: 
tijorat banklari tomonidan Islom moliyasi asosida xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari hisobidan savdo sohasi va investisiya loyihalarini moliyalashtirish taklifi 2022-2026 yillar uchun “Trastbank” XAB ning rivojlanish strategiyasida o‘z aksini topgan (“Trastbank” XAB ning 2023-yil 11-avgustdagi 01-36/3436-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Trastbank” XAB tomonidan 2022-yil 1-sentyabrda Xalqaro Islom Savdo-Moliya korporatsiyasi bilan 15,0 mln AQSh dollari miqdorida loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha kelishuv imzolangan bo‘lib, ushbu kelishuv savdoni moliyalashtirishga qaratilgan. Ya’ni tashkilotlar uchun ushbu liniya doirasida o‘z aylanma mablag‘larini to‘ldirish orqali xom-ashyolarni 1 yilgacha, asosiy vositalar sotib olish ehtiyoji uchun 2 yilgacha bo‘lgan muddatga murobaha shartnomasi orqali moliyalashtirish ajratiladi;
tijorat banklari tomonidan Islom korporatsiyasi bilan hamkorlikda 20,0 million AQSh dollari miqdoridagi loyihalarni murobaha shartlari asosida moliyalashtirish taklifi 2022-2026 yillar uchun “Trastbank” XAB ning rivojlanish strategiyasida o‘z aksini topgan (“Trastbank” XAB ning 2023-yil 11-avgustdagi 01-36/3436-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Trastbank” XAB tomonidan Islom korporatsiyasi bilan 20,0 AQSh dollari miqdorida loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha kelishuv imzolangan. Ushbu kelishuv tashkilotlarning mahsulot ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish maqsadida import shartnomalari asosida asbob-uskunalar sotib olishga qaratilgan moliyalashtirish hisoblanadi va hozirgi kunga kelib bank mijozlarining 4 ta istiqbolli investisiya loyihalari o‘zlashtirilgan;
investisiya loyihalarini islom moliyasi orqali moliyalashtirishda loyiha kapitalida davlat ulushini 49 foizdan oshirmaslikning maqsadga muvofiq ekanligi taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan islomiy moliyalashtirish amaliyotida joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATB ning 2023-yil 24-noyabrdagi 18-08/8414-son ma’lumotnomasi). Natijada, investisiya loyihalarini davlat va xususiy sektor ishtirokida moliyalashtirish mexanizmi takomillashtirilgan;
tijorat banklari tomonidan alohida sho‘ba moliya muassasasini tuzish orqali murobaha va ijara (islom lizingi) xizmatlari ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish taklifi 2022-2026 yillar uchun “Trastbank” XAB  bank-rejasining asosiy yo‘nalishlarida  o‘z aksini topgan (“Trastbank” XAB ning 2023-yil 11-avgustdagi 01-36/3436-son ma’lumotnomasi). Natijada, islomiy darcha xizmatini joriy qilish bo‘yicha “Trast Muamalat” MChJ  faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi kunda jamiyat tomonidan mamlakat aholisi uchun hamda kichik va o‘rta biznes vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan investisiya loyihalarini, islom moliyasi mahsulot va xizmatlari ichida eng ko‘p qo‘llaniladigan murobaha va ijara (islom lizingi) moliya mahsulotlari orqali moliyalashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish