Masharipova Umida Abduvoxidovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Innovatsion ta’lim sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq madaniyatini shakllantirish metodikasi», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped191.

Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.

Rasmiy opponentlar: Muxitdinova Xadicha Sabirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Niyozmetova Roza Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:  innovasion ta’lim sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutq madaniyatini shakllantirish metodikasini rivojlantirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq madaniyatini shakllantirish mezonlari (muloqot vaziyatlariga mos gap qurilmalaridan foydalana olish, lingvistik kompetensiya elementlarining shakllanganligi, ta’lim motivatsiyasining yuqori darajasi, o‘zini-o‘zi baholash) ta’lim shakllarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;

ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy faoliyati (mantiqiyligi, izchilligi va aniqligi, ravonligi, uzviyligi) tilning kommunikativ, ekpressiv va estetik funksiyalariga ustuvorlik berish asosida rivojlantirilgan;

boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutq madaniyatini shakllantirish tamoyillari (muloqotga yo‘nalganlik, stilistik differensiatsiya, ta’limning ijodiy yo‘nalganligi, fanlararo integratsiya, fan ichidagi integratsiya), ta’lim mazmunining (lingvistik, ijtimoiy-lingvistik, ijtimoiy-madaniy, pragmatik) komponentlari axborot-semiotik yondashuv asosida takomillashtirilgan;

boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutq madaniyatini shakllantirishning tashkiliy tuzilmasi (lingvistik, ijtimoiy-lingvistik, ijtimoiy-madaniy, pragmatik) komponentlarini integratsiyalash asosida mul`timediali elektron axborot resurslarini yaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Innovasion ta’lim sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq madaniyatini shakllantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirishga oid takliflardan umumiy o‘rta ta’lim Davlat ta’lim standartlari mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 24 iyuldagi 01-02/1-3-298-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar asosida ta’lim mazmuni takomillashtirilgan hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim darajasi ko‘tarilgan;

innovasion ta’lim sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq madaniyatini shakllantirishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar tizimi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan va  tasdiqlangan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari va o‘quv dasturlari mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 3 iyundagi 190-sonli buyrug‘i). Mazkur kompetensiyalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq madaniyatini shakllantirishga xizmat qilgan;

boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilar nutq madaniyatini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2014  yil 19 fevraldagi “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi to‘g‘risidagi PQ-2133-sonli qarorining 71-bandida belgilangan vazifalarning ijrosi sifatida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalari asosida mul`timedia ilovalar “Ona tili 1”, “Ona tili 2”, “Ona tili 3”, “Ona tili 4” o‘qituvchilar uchun o‘quv qo‘llanmalar yaratilib, o‘qitishning o‘yinli shakllari mediatexnologiyalari boshlang‘ich sinflar darsliklarida aks ettirilib, respublikamizning barcha umumta’lim maktablari o‘quv jarayoniga, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyatiga joriy qilingan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 24 iyuldagi 01-02/1-3-298-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar asosida innovasion ta’lim sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutq madaniyatini shakllantirish metodikasi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish