Oqmullaev Ravshan Rahimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida inson resurslarini boshqarishni takomillashtirish yo‘nalishlari”, 08.00.13 – “Menejment” va 08.00.10 – “Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti” tutash ixtisosliklari (iqtisodiyot fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2021.3.PhD/Iqt1818.
Ilmiy rahbari: Abduraxmanova Gulnora Qalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Bobir Ortiqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Shakarov Zafar Gafforovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab  chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida xodimlar malakasini oshirish, liderlik va iste’dodlar bilan ishlash uchun sharoitlarni yaratib beruvchi inson resurslarini boshqarish bo‘limlarining maxsus Ish joylarini rivojlantirish markazini tashkil etish orqali samaradorlikni ta’minlash taklifi asoslangan;
inson resurslarini boshqarish departamentining universitet turli bo‘limlari rahbarlari, menejerlari va xodimlari bilan hamkorlikda mahsuldorlikni oshirishga olib keladigan siyosat va dasturlarni ishlab chiqishni ta’minlovchi oliy ta’lim muassasalarida Inson resurslari bo‘yicha konsalting guruhlarini tashkil etish taklifi asoslangan;
oliy ta’lim muassasalari inson resurslarini boshqarish bo‘limi negizida universitetning global reytinglarda o‘rin egallash missiyasiga ko‘maklashadigan Inson resurslarini boshqarish departamentini tashkil etish taklifi asoslangan;
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish va ilmiy darajalar olishini rag‘batlantirish orqali universitet ilmiy salohiyatini oshirishning 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab  chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida xodimlar malakasini oshirish, liderlik va iste’dodlar bilan ishlash uchun sharoitlarni yaratib beruvchi inson resurslarini boshqarish bo‘limlarining maxsus Ish joylarini rivojlantirish markazini tashkil etish orqali samaradorlikni ta’minlash taklifi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-martdagi 03/03-872-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida inson resurslarini boshqarish bo‘limlarining maxsus Ish joylarini rivojlantirish markazini tashkil etish orqali xodimlar malakasini oshirish, liderlik va iste’dodlar bilan ishlash sharoitlari bilan ta’minlash imkoni yaratilgan;
inson resurslarini boshqarish departamentining universitet turli bo‘limlari rahbarlari, menejerlari va xodimlari bilan hamkorlikda mahsuldorlikni oshirishga olib keladigan siyosat va dasturlarni ishlab chiqishni ta’minlovchi oliy ta’lim muassasalarida Inson resurslari bo‘yicha konsalting guruhlarini tashkil etish taklifi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-martdagi 03/03-872-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi oliy ta’lim muassasalariga strategik boshqaruv rollarini tatbiq etish imkoniyatlarini kengaytirib, turli bo‘limlar rahbarlari, menejerlari va xodimlari bilan hamkorlikda mahsuldorlikni oshirishga olib keladigan siyosat va dasturlarni ishlab chiqishni ta’minlash imkoni yaraktilgan;  
oliy ta’lim muassasalari inson resurslarini boshqarish bo‘limi negizida universitetning global reytinglarda o‘rin egallash missiyasiga ko‘maklashadigan Inson resurslarini boshqarish departamentini tashkil etish taklifi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-martdagi 03/03-872-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Inson resurslarini boshqarish departamentini tashkil etish asosida zarur uslubiy-amaliy tavsiyalar va yordam ko‘rsatish, muhim axborotlar bilan ta’minlash orqali universitetning global reytinglarda o‘rin egallashida ko‘maklashish imkoni yaratilgan;
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish va ilmiy darajalar olishini rag‘batlantirish orqali universitet ilmiy salohiyatini oshirishning 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-martdagi 03/03-872 son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini 2017-2030 yillarda rivojlantirishning strategik rejasi”, “Universitetning tarkibi hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish” rejasiga muvofiq zamon talabiga mos ravishda universitet tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish, yangi bo‘lim va markazlar ochish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish