Muxitdinov Jaxongir Faxriddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Internet tarmog‘ida xalqaro xarakterdagi xususiy huquqiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning xususiyatlari”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Yu632.
Ilmiy rahbar: Rustambekov Islambek Rustambekovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Axtam Nusratilloevich, yuridik fanlar doktori; Yuldashov Abdumumin Abdugopirovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Internet tarmog‘ida xalqaro xarakterdagi xususiy huquqiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularning ishlab chiqaruvchilari, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olish bilan bog‘liq boshqa qoidalar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish majburiyatini belgilash orqali elektron tijoratda sotuvchining javobgarligini oshirish zarurati asoslantirilgan;
elektron savdo maydonchasi operatorining faoliyatning lisenziyalanadigan turlarini amalga oshirayotgan yoki faoliyatni (harakatlarni) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida yoxud xabardor qilish tartibida amalga oshirayotgan sotuvchilarning tegishli lisenziyalarini yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarini yoxud xabarnomalarini tekshirish huquqini belgilanishi zarurati asoslantirilgan;
tegishli shartnoma doirasida “eskrou” xizmatini joriy etishning maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan, unga ko‘ra, agar tovar etkazib berilmasa yoki tavsifga mos kelmasa, “eskrou” xizmatini ko‘rsatuvchi pul mablag‘larini xaridorga qaytarishi (asosli da’vo mavjud bo‘lganda) yoki, agar tovar xaridor tomonidan olingan va qabul qilingan bo‘lsa, pul mablag‘lari sotuvchining hisobvarag‘iga o‘tkazilishi asoslantirilgan;
kripto-aktiv mulkiy huquq hisoblanib, ma’lumotlarning taqsimlangan reestridagi raqamli yozuvlar yig‘indisi bo‘lgan qiymati va egasiga egaligi hamda ularga bo‘lgan huquqlar kripto-depozitariyning elektron platformasiga tegishli yozuv kiritilgan paytdan boshlab kripto-aktivlar egasiga o‘tishi haqidagi takliflar asoslantirilgan;
kripto-aktivni chiqarish, saqlash va (yoki) taqsimlash uchun foydalaniladigan ma’lumotlarning taqsimlangan reestri texnologiyasi va elektron platforma to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek emitent va (yoki) tizimning egasi tomonidan tizim xavfsizligini ta’minlash uchun ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan “White Paper” deklaratsiyasini joriy etish zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Internet tarmog‘ida xalqaro xarakterdagi xususiy-huquqiy munosabatlarni tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida quyidagi takliflar ishlab chiqildi va joriy etildi:
tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularni ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olishga taalluqli boshqa qoidalar to‘g‘risidagi to‘liq axborotni taqdim etishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonunining (2022-yil 29-sentyabrdagi O‘RQ–792-son) 9-moddasini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 9-fevraldagi 04/11-10-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi xaridorlarning, shu jumladan iste’molchilarning elektron tijoratda shartnoma tuzishda huquqlarini qo‘shimcha himoya qilishga xizmat qilgan;
Elektron savdo maydonchasi operatorining faoliyatning lisenziyalanadigan turlarini amalga oshirayotgan yoki faoliyatni (harakatlarni) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida yoxud xabardor qilish tartibida amalga oshirayotgan sotuvchilarning tegishli lisenziyalarini yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarini yoxud xabarnomalarini tekshirish huquqlariga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonunining (2022-yil 29-sentyabrdagi O‘RQ–792-son) 13-moddasini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 9-fevraldagi 04/11-10-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi insofsiz sotuvchilarning elektron tijoratdagi elektron savdo maydonchasi xizmatlaridan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘shimcha shart bo‘lib xizmat qilgan;
tegishli shartnoma doirasida «eskrou» xizmatini joriy etish, agar tovar etkazib berilmasa yoki tavsifga mos kelmasa, «eskrou» xizmatini ko‘rsatuvchi pul mablag‘larini xaridorga qaytarilishi yoki, agar tovar xaridor tomonidan olingan va qabul qilingan bo‘lsa, pul mablag‘lari sotuvchining hisobvarag‘iga o‘tkazilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonunining (2022-yil 29-sentyabrdagi O‘RQ–792-son) 24-moddasini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023-yil 22-avgustdagi 55-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi tomonlarning elektron tijoratdagi shartnoma majburiyatlarini o‘zaro bajarishining qo‘shimcha kafolati bo‘lib xizmat qilgan;
kripto-aktiv mulkiy huquq hisoblanib, ma’lumotlarning taqsimlangan reestridagi raqamli yozuvlar yig‘indisi bo‘lgan qiymati va egasiga ega degan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida»gi PF-121-son Farmonini ekspertizadan o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 18-avgustdagi 9/11/5/4125-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi kripto-aktivlar sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va O‘zbekiston Respublikasida uni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilgan;
«White Paper» deklaratsiyasida kripto-aktivni chiqarish, saqlash va (yoki) taqsimlash uchun foydalaniladigan ma’lumotlarning taqsimlangan reestri texnologiyasi va elektron platforma to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, emitent va (yoki) tizimning egasi tomonidan tizim xavfsizligini ta’minlash uchun ko‘rilgan choralar to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerakligi haqidagi taklifdanO‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 61-son buyrug‘ining 13-bandini ekspertizadan o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 18-avgustdagi 9/11/5/4125-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi kripto-aktivlar sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va O‘zbekiston Respublikasida uni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilgan.