Xolikova Moxichexra Azamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Takroriy ekin sifatida ekilayotgan soya navlarida fiziologik, biokimyoviy va morfo-xo‘jalik belgilarining namoyon bo‘lishi», 03.00.07 - O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/V927.
Ilmiy rahbar: Matniyazova Hilola Xudaybergenovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xorazm Ma’mun akademiyasi, PhD.02/30.07.2022.V.149.01.
Rasmiy opponentlar: Safarov Karimjon, biologiya fanlari doktori, professor; Xamraev Nurbek Ulug‘bekovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: takroriy ekin sifatida ekilgan turli  mahalliy va xorijiy soya navlarining morfofiziologik, biokimyoviy hamda qimmatli xo‘jalik belgilari va ular orasidagi korellyasion bo‘g‘lanishni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor mahalliy  sharoitda takroriy ekin sifatida ekilgan soya navlarining rivojlanish fazalarida barglardagi suv almashinuvi, xlorofill va karotinoid pigmentlarining miqdoriy ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi aniqlangan;
mahalliy iqlim sharoitida To‘maris-MMAn-60, Oyjamol va Sparta soya navlarining moy va oqsil miqdoridagi o‘zgarishlari boi’yicha yangi ma’lumotlar ochib berilgan;
mahalliy va xorijiy soya navlarining yuqori hosildorligi soya o‘simliklarining morfo-xo‘jalik va fiziologik-biokimyoviy belgilari o‘rtasidagi korrelyativ qonuniyatlar bilan bog‘liqligi asoslangan;
kompleks baholash asosida iqtisodiy samardorligi yuqorigi bo‘lgan Ustoz-MMAn-60, To‘maris-MMAn-60, Oyjamol va Sparta navlarini soya seleksiyasidagi o‘rni va ahamiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Takroriy ekin sifatida ekilayotgan soya navlarida fiziologik, biokimyoviy va morfo-xo‘jalik belgilarining namoyon bo‘lishini tahlil qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
soyani mahalliy va xorijiy navlari Samarqand viloyati Paxtachi tumani “Sharofiddin yodgorlik dalasi” fermer xo‘jaligi maydoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 10 avgustdagi 07/34-05/3964-son ma’lumotnomasi). Natijada, xorijiy navlar ekilayotgan boshqa navlarga nisbatan ustunligi asosida yuqori va sifatli hosil olish imkonini bergan;
soya navlari Navoiy viloyati Karmana tumani “Lochin” fermer xo‘jaligi dalalarida istiqbolli ekin sifatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 10 avgustdagi 07/34-05/3964-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu navlar hosildor, oqsil va moy miqdori yuqoriligi hisobiga respublika fermer xo‘jaliklarida iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish