Zokirov Bekzod Ulashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Topinambur ildiz mevasidan inulinaza fermenti yordamida kristall fruktoza olish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/K708.
Ilmiy rahbar: Husenov Arslonnazar Shernazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ikromov Abduvaxab, texnika fanlari doktori, professor; Atxamova Saida, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: topinambur o‘simligining tuganagi tarkibidagi ekzoinulinaza (Ht-FEH I) fermentini sintezlash, tozalash va undan topinambur tuganagi sharbati tarkibidagi inulinni gidrolizlashda samarali foydalanishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor «Mo‘jiza» navli topinambur ildizidan rekombinant Ht-FEH I ekzoinulinaza geni klonlangan;
Pichia pastoris GS-115 metilotrof achitqi hujayralarida topinambur ildiz mevalaridan ajratib olingan rekombinant Ht-FEH I fermenti ekspressiyalangan;
Pichia pastoris GS-115 achitqi hujayralarida ekspressiya qilingan rekombinant Ht-FEH I ekzoinulinaza fermentini tozalashning maqbul parametrlari aniqlangan;
«Mo‘jiza» navli topinambur ildizidan olingan rekombinant Ht-FEH I ekzoinulinaza fermentining fizik-kimyoviy va kinetik xossalari aniqlangan;
ultratovush, superkritik suyuqlik ekstraksiyasi va klassik usul yordamida topinambur ildizlardan erkin fruktoza va inulin ajratilgan hamda ularning qiyosiy natijalari asoslangan;
ilk bor topinambur o‘simliginining «Mo‘jiza» navi ildizidan toza holda ajratib olingan rekombinant Ht-FEH I ekzoinulinaza fermenti yordamida Inulindan kristalli fruktoza olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Topinambur ildiz mevasidan inulinaza fermenti yordamida kristall fruktoza olish texnologiyasi ishlab chiqish, topinambur sharbati tarkibidagi inulin gidrolizida samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Mo‘jiza» navli topinambur o‘simligidan ajratib olingan “Komagataella pastoris - BZ” achitqi shtammi Genetika va o‘simliklar eksperimental  biologiyasi  institutining “Fitopatogen va boshqa mikroorganizmlar” noyob obekti kolleksiyasi genofondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 2023 yil 4 dekabrdagi 4/1255-789-son ma’lumotnomasi). Natijada, fitopatogen mikroorganizmlar shtammlari kolleksiya genofondini boyitish, xilma-xilliklari elektron ba’zasi axborot tahlil tizimini shakillantirish imkonini bergan;
ajratib olingan “Komagataella pastoris – BZ” achitqi shtami Jahon mikroorganizmlar ma’lumotlar markazining Patogen Mikroorganizmlar Milliy kolleksiyasining (World Data Center for Microorganism (WDCM) Collection of plant pathogenic and other microorganisms) ma’lumotlar bazasiga GEPB WDCM 1228-raqami (http:// www.wfcc.info/ccinfo/index.php/collection/by_id/1228/) orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 2023 yil 4 dekabrdagi 4/1255-789-son ma’lumotnomasi). Natijada, dunyoning turli mintaqalarida Komagataella pastoris – BZ achitqisini taqiq qilishda global doirada foydalanish imkonini bergan;
Rekombinant ekzoinulinazani (Ht-FEHI) kodlaydigan gen ketma-ketligi NCBI xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (National Center for Biotechnology Information, U.S. National Library of Medicine, https:www.ncbi.nlm.nih.gov/guide/dna-rna/) ma’lumotlar bazasiga GenBankID ON745303.1 (https://www.ncbi.nlm.nih.gov/nuccore/ON745303.1/ ) raqami orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Natijada, bazaga kiritilgan ma’lumotlar analogik genlarni aminokislota ketma-ketligini, antigenlik xususiyatlarini hamda mavjud antigen determinantlarining joylashgan o‘rnini aniqlash imkonini bergan;    
Pichia pastoris achitqisida rekombinant ekzoinulinazani (Ht-FEHI) genini kodlovchi nukleotidlar ketma-ketligi The European Nucleotide Archive (ENA) ON745303.1 ma’lumotlar ba’zasida ro‘yhatdan o‘tkazilgan (https://www.ebi.ac.uk/ena/browser/view/ON745303). Natijada, keltirilgan ma’lumotlar analogik oqsillarning qiyosiy tahlilini global masshtabda amalga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish