Boltabaev Bekzod Egamberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pnevmotransport  tizimida paxta chigitining shikastlanish darajasini kamaytirish” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T1164
Ilmiy rahbar: Burxanov Axmadjon, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Sharifbaev Nosirjon Yusupjanovich texnika fanlari doktori, professor (05.02.03), Bobomatov Abdug‘ani Xusainovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent, (05.02.03).
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta xomashyosini pnevmoquvurda tashish jarayonining takomillashtirish orqali paxtaning tabiiy sifat ko‘rsatkichlarini saqlash imkoniyatiga ega konstruksiya yaratish va korxonaga joriy qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta xomashyosining tabiiy xususiyatlarni hisobga olgan holda, pnevmotransport tizimining pnevmoquvuriga takomillashtirilgan konstruksiyadagi kauchuk qoplamali yangi tirsak ishlab chiqilgan;
paxta bo‘lakchasini yo‘naltirgichga urilgandagi va undan keyingi
jarayonining nazariy tadqiqoti asosida burchak tebranishining amplitudasi, yo‘naltirgichning qiyalik burchaklari kamayishi, kichik burchak tebranishi orqali ta’sir etuvchi zarba kuchlarini so‘ndirib turishi aniqlangan;
paxta xomashyosining pnevmoquvur ichida harakatlanish vaqtida diskret massali paxta bo‘lakchasiga ta’sir etuvchi dinamik kuchlarning vaqtga bog‘liq o‘zgarish qonuniyati hisoblash natijalari orqali turli havo tezliklarida (20 m/s, 24 m/s, 28 m/s), quvur ichidagi yo‘naltirgichni vertikal yo‘nalish bilan tashkil etgan og‘ish burchaklari aniqlangan;
paxtani tashish jarayonida ish unumdorligini saqlovchi, tirsakga mahkamlangan kauchukning joylashish parametrlarini o‘zgartirish imkonini beruvchi qurilma ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta chigitning mexanik shikastlanishini kamayishini ta’minlovchi yangi tirsak konstruksiyani pnevmotransport tizimiga joriy qilish orqali olingan ilmiy natijalar asosida:
Takomillashtirilgan yangi tirsak konstruksiyasi “Namangan paxta teks” MChJ ga qarashli “Kosonsoy paxta tozalash” korxonasining pnevmotransport tizimiga joriy etilgan. («O‘zbekiston paxta–to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2023 yil 23 iyundagi 02/22-447-son maʻlumotnomasi). Natijada, takomillashtirilgan tirsak tashish jarayonida tola va chigitning mexanik shikastlanishi tufayli hosil bo‘ladigan nuqsonlar 0,4-1,2 % ga kamayishiga, chiqayotgan tolaning sinfi 10 % ga yaxshilanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish