Sultonova Dilnoza Sohibjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiyma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek va ingliz kriminalistik mavzusidagi nasriy asarlarning uslubiy o‘ziga xosligi” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2126.
Ilmiy rahbar: Hamidova Muhayyo Obidovna, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Hoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori professor; Xoliqov Bahodir Aliqulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz adabiyotida kriminalistik mavzudagi nasriy asarlarning uslubiy o‘ziga xosligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kriminalistik mavzu G‘arb adabiyotida ham, Sharq adabiyotida ham dastlab folklor, diniy kitoblar, ilk yozma hikoyatlarda, afsona, rivoyatlarda  kiritma hikoya ko‘rinishida uchragani, yillar davomida sayqallanish natijasida jamiyatdagi jinoyat va jinoyatchilarning paydo bo‘lish ildizlarini badiiy taftish etuvchi, ularga qarshi kurashish, o‘quvchilar orasida jinoyatga qarshi nafratni shakllantirish g‘oyalarini ilgari suruvchi kriminalistik mavzudagi asarlarga aylangani asoslangan;
kriminalistik mavzudagi asarlarda yozuvchining o‘ziga xos uslubi asarlari tilida, qahramonlarining so‘zlash tarzida, yozuvchi tanlagan ijod metodida, voqealarning tanlab olinishida, mayda dalillardan mohirona foydalanishda va detal qo‘llash san’atida, voqealar bayoni va tasvir etilishida namoyon bo‘lishi asoslangan;
“Oliver Tvistning boshidan kechirganlari” hamda “Alvido…Bolalik” asarlarida oilaviy sharoit, yosh avlod ta’lim tarbiyasiga tog‘ri yondashuvning yo‘qligi, insonlarning loqaydligi sababli jinoyat ko‘chasiga boshqalarning ta’siri natijasida kirib qolgan bolalar taqdiri markaziy o‘ringa qo‘yilgani va diniy-ma’rifiy g‘oyalar, falsafiy tafakkurni ifodalovchi iqtiboslar, fikrlar keltirish orqali har ikki asarning didaktik ahamiyati kuchaytirilgani aniqlashtirilgan;
kriminalistik asardagi o‘ziga xos xalqona til, jonli so‘zlashuv uslubi va jinoiy guruhlarning chegaralangan leksikasini qo‘llash, tafsilotlar va kichik detallar orqali jinoyatni fosh etish, inson tabiatining qorong‘u tomonlariga urg‘u berish, keskin burilish (peripetiya)lar va kutilmagan hodisalardan foydalanish, voqealar rivojidagi tezlik va keskinlik, vaziyat va muhit tasviri, dialog orqali xarakterlash kabi badiiy xususiyatlar uning uslubiy o‘ziga xosligini tapminlovchi asosiy detallar ekani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz kriminalistik mavzusidagi nasriy asarlar uslubiy  xususiyatlarini o‘rganish asosida:
kriminalistik mavzu G‘arb adabiyotida ham, Sharq adabiyotida ham dastlab folklor, diniy kitoblar, ilk yozma hikoyatlarda, afsona, rivoyatlarda  kiritma hikoya ko‘rinishida uchrab, yillar davomida sayqallanish natijasida jamiyatdagi jinoyat va jinoyatchilarning paydo bo‘lish ildizlarini badiiy taftish etuvchi, ularga qarshi kurashish, o‘quvchilar orasida jinoyatga qarshi nafratni shakllantirish g‘oyalarini ilgari suruvchi kriminalistik mavzudagi asarlarga aylangani hamda kriminalistik mavzudagi asarlarda yozuvchining o‘ziga xos uslubi asarlari tilida, qahramonlarining so‘zlash tarzida, yozuvchi tanlagan ijod metodida, voqealarning tanlab olinishida, mayda dalillardan mohirona foydalanishda va detal qo‘llash san’atida, voqealar bayoni va tasvir etilishida namoyon bo‘lishini asoslash orqali olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida 2021-2022 yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zR Mudofaa vazirligining 2023-yil 4-maydagi 10/748-son ma’lumotnomasi). Natijada amalga oshirilgan loyiha jahon va o‘zbek kriminalistik adabiyotiga oid qarashlar, ularning jamiyat taraqqiyotidagi va yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati borasidagi qarashlar bilan boyitilgan;
“Oliver Tvistning boshidan kechirganlari” hamda “Alvido…Bolalik” asarlarida oilaviy sharoit, yosh avlod ta’lim tarbiyasiga tog‘ri yondashuvning yo‘qligi, insonlarning loqaydligi sababli jinoyat ko‘chasiga boshqalarning ta’siri natijasida kirib qolgan bolalar taqdiri markaziy o‘ringa qo‘yilgani va diniy-ma’rifiy g‘oyalar, falsafiy tafakkurni ifodalovchi iqtiboslar, fikrlar keltirish orqali har ikki asarning didaktik ahamiyati kuchaytirilganini aniqlashtirishdan olingan xulosalardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida efirga uzatilgan “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar uchun” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2023-yil 12-iyundagi 04-36/933-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning senariylari mazmunan boyitilgan, ularning ilmiy asoslanganligi hamda ommabopligi ta’minlangan;
kriminalistik asardagi o‘ziga xos xalqona til, jonli so‘zlashuv uslubi va jinoiy guruhlarning chegaralangan leksikasini qo‘llash, tafsilotlar va kichik detallar orqali jinoyatni fosh etish, inson tabiatining qorong‘u tomonlariga urg‘u berish, keskin burilish (peripetiya)lar va kutilmagan hodisalardan foydalanish, voqealar rivojidagi tezlik va keskinlik, vaziyat va muhit tasviri, dialog orqali xarakterlash kabi badiiy xususiyatlar uning uslubiy o‘ziga xosligini tapminlovchi asosiy detallar ekanini dalillash orqali olingan natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi chora-tadbirlar dasturining 35-bandi ijrosini amalga oshirish doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 19-iyundagi 05-12-34-4214-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va ingliz adabiyotida kriminalistik mavzudagi nasriy  asarlarning tarixiy taraqqiyoti qiyosiy jihatdan ochib berish va qiyoslanayotgan asarlarda diniy, falsafiy, diniy-ma’rifiy g‘oyalar bilan kitobxonlarning yaqindan tanishuviga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish