Qodirov Qaxramon Raxmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ko‘p qatlamli muhitda massa ko‘chishining matematik modellari va taqribiy-analitik usullari”, 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2 PhD/T697
Ilmiy rahbar: Ravshanov Normaxmad, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Normurodov Chori Begalievich fizika-matematika fanlari doktori, professor; Mamatov Narzullo Solidjonovich texnika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: “Toshkent davlat transport universiteti”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘p qatlamli g‘ovak muhitda er osti suvlarini filtrlash jarayonlarini o‘rganish uchun matematik modellar va taqribiy-analitik usullarni ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quduqlar galereyasi mavjudligini hisobga olgan holda bosimsiz er osti suvlari oqimlarining matematik modeli ishlab chiqilgan;
uch qatlamli muhitda er osti suvlari filtratsiya jarayonining matematik modeli ishlab chiqilgan va analitik echimlari olingan;
uch qatlamli yaxshi o‘tkazuvchan muhitda er osti suvlari filtratsiya masalalarini echishning taqribiy-analitik echimlarni olish;
er osti suvlarini ifloslanish manbalaridan himoya qilishda vertikal quduqlar tizimini debitlar orqali boshqarish muammosini hal qilish algoritmi ishlab ishlab chiqilgan va o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan g‘ovak muhitda er osti suvlarining filtratsiya masalalarini echishning sonli algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
er osti suv resurslarini ifloslanish manbalaridan himoya qilish maqsadida ko‘p qatlamli o‘zaro bir-biriga bog‘liq g‘ovak muhitlarda suyuqlik filtrlatsiyasida er osti suvlarining ekologik-geokimyoviy holati va gidrodinamik rejimlarini kuzatish va bashoratlash, shuningdek vertikal drenaj oqim tezligini debitlar orqali boshqarish uchun matematik va dasturiy ta’minotni qo‘llash asosida:
er osti suvlarini bosimsiz filtratsiya jarayonini tahlil qilish va bashoratlashning matematik modeli, algoritmi va dasturiy ta’minoti Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida joriy etilgan (Samarqand viloyati hokimligining 2022-yil 28-dekabrdagi 07-07/1029-son Ma’lumotnomasi). Natijada, zaharli moddalarning filtratsiya hududidan tashqariga tarqalishini cheklaydigan suv o‘tkazuvchan qatlamlarni aniqlashning aniqligi 10-15% ga oshirish imkonini bergan;
ekologik vaziyat qulay bo‘lgan zonalarga ifloslanishning yanada tarqalishining oldini olish maqsadida kuchli ifloslanish hududlarini izolyasiya qilish muammolarini hal qilish uchun matematik model, algoritm va dasturiy ta’minot (Samarqand viloyati hokimligining 2022-yil 28-dekabrdagi 07-07/1029-sonli Ma’lumotnomasi). Natijada, filtratsiya maydonining tegishli zonalarida er osti suvlari sathini bashoratlashning aniqligini 9-12% ga oshirish imkonini bergan.