Bekmuradova Maxsuda Salxidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Jigar ensefalopatiyasi rivojlanishiga proton pompasi ingibitorlari ta’siri", 14.00.05-Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
 Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3127.
 Ilmiy rahbar: Ziyadullaev Shuhrat Xudoyberdievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urgench filiali, PhD.04/30.09.2020. Tib.123.01.                                       
Rasmiy opponentlar: Nurboev Farmon Ergashovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Qilichev Ibodulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot pediatriya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorlarda proton pompasi ingibitorlarini qo‘llashda jigar ensefalopatiyasining rivojlanish xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish va ushbu guruh dori vositalarini jigar sirrozida qo‘llashning yangi sxema va usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jigar sirrozining klinik kechishi, etiologik omillari, tadkikotda ishtirok etgan bemorlarning gender taqsimlanishi to‘g‘risida yangi ilmiy bilimlar qo‘lga kiritildi, hamda jigar sirrozida proton pompasi ingibitorlarini qo‘llaganda salbiy ta’siri sifatida jigar ensefalopatiyasi rivojlanishi aniqlangan;            
ilk bor jigar sirrozi bilan kasallangan, proton pompasi ingibitorlari kabul kilgan va kilmagan bemorlarda kognitiv disfunksiyani va depressiyani baholovchi maxsus neyroruxiy sinamalar va ruxiymetrik testlash o‘tkazilgan, ularning ruhiy holatidagi o‘zgarishlar mavjudligini ishonarli ko‘rsatishi isbotlangan;
ilk bor jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlar proton pompasi ingibitorlari kabul kilganda jigar ensefalopatiyasi rivojlanganligini va uning darajalarini tashxislashda West-Haven mezoni (Se-96% va Sp-93%) va Glazgo komalar shkalasi (Se-62% va Sp-86%) sezgirligi va spesifikligi aniqlangan;
Proton pompasi ingibitorlari kabul kilganda jigar ensefalopatiyasi rivojlanish bosqichlari bilan asosiy klinik, laborator va instrumental ko‘rsatkichlar o‘rtasida aniqlangan kuchli to‘g‘ri proporsional ijobiy korrelyasion bog‘liqlik tashxisot o‘tkazish, davolash samaradorligini kuzatish jarayonining mohiyatini sezilarli darajada oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ilmiy tadqiqot natijalari Samarqand shahar tibbiyot birlashmasida 2023 yil 16-dekabrdagi 3350-7-107-TB/2023-sonli buyruq bilan, Payariq tuman tibbiyot birlashmasida 2023 yil 2-dekabrdagi  3067-7-100-TB/2023-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan.
birinchi ilmiy yangilik: jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorlarda oshqozon-ichak tizimi tomonidan u yoki bu darajadagi o‘zgarishlarni bartaraf qilish uchun proton pompa ingibitorlari tavsiya qilinadi, ammo ushbu guruh dori vositalari bemorlar tomonidan uzoq vaqtga va tartibsiz qabul qilinganda yoki vrach uzoq muddatga va sutkalik dozasini korreksiya qilmaganda bemorlarda jigar sirrozining etiologik omillari va tadkikotda ishtirok etgan bemorlarning gender mansubligidan qat`iy nazar jigar ensefalopatiyasi rivojlanishi ehtimoliyati oshishini Samarqand shahar tibbiyot birlashmasida 2023 yil 16-dekabrdagi 3350-7-107-TB/2023-sonli buyruq bilan, Payariq tuman tibbiyot birlashmasida 2023 yil 2-dekabrdagi  3067-7-100-TB/2023-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Jigar sirrozida proton pompasi ingibitorlarini noadekvat qo‘llash  kasallikning etiologik omillari va bemorlarning gender mansubligidan qat`iy nazar jigar ensefalopatiyasining rivojlanishi mumkin bo‘lgan xavf omillari uchrash chastotasini hisobga olgan holda, kasallikni beqarorlashish xavfini xamda prognozini baholash uchun dastur yaratilgan va erta tashxislash mezonlari takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jigar sirrozida jigar ensefalopatiyasini erta tashxislash natijasida asoratlar soni kamaytirilgan va statsionarda davolash yotoq kuni 2 kunga qisqarganligi hisobida 260 000 so‘m davlat byudjeti (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasida terapiya bo‘limida 1 kunlik koyka po‘li 130 000 so‘mni tashkil qiladi) mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorlarda jigar ensefalopatiyasini erta tashxislash natijasida, 1 nafar bemorning har bir  kuni hisobiga byudjet mablag‘larini 130 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorlarda jigar ensefalopatiyasining yashirin davridagi o‘zgarishlarni aniqlash maqsadida neyroruxiy sinamalar va ruxiymetrik testlar natijalari o‘rganilgan va jigar ensefalopatiyasini erta tashxislash uchun mezonlar ishlab chiqilgan va ular  Samarqand shahar tibbiyot birlashmasida 2023 yil 16-dekabrdagi 3350-7-107-TB/2023-sonli buyruq bilan, Payariq tuman tibbiyot birlashmasida 2023 yil 2-dekabrdagi  3067-7-100-TB/2023-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorlarda jigar ensefalopatiyasini neyropsixik sinamalar va psixometrik testlar yordamida erta tashxislashni takomillashtirish, profilaktik chora-tadbirlarni optimallashtirish, jigar ensefalopatiyasii bilan kasallangan bemorlarda hayot sifatini yaxshilash, asoratlarni kamaytirish va tibbiy yordam sifatini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorlarda jigar ensefalopatiyasini neyropsixik sinamalar va psixometrik testlar yordamida tashxislash anketa so‘rovnomalari va qalam-ruchka prinsipiga asoslangan bo‘lib, mutlaqo bepul bo‘lishi natijasida qo‘shimcha tekshirish usullariga sarflanadigan po‘l mablag‘i  va bitta bemorga belgilangan dori vositalarini qiskarishi natijasida ortiqcha sarf xarajatni iqtisod qilishga erishilgan. Shifoxonada 1 kunlik dori xarajatlari 60 000 so‘mni tashkil etadi, 2 kun uchun sarflanadigan mablag‘ miqdori 120 000 so‘m mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorlarda diagnostika va davolash buyicha taklif etilgan algoritm va kompleks yondashuvdan foydalanish bemorlarda jigar ensefalopatiyasi patologiyasini tashxislash hamda bashoratlash, statsionar sharoitida 1 nafar bemor uchun 2 kun hisobiga byudjet mablag‘larini 120 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda jigar ensefalopatiyasi va uning rivojlanish darajalarini tashxislashda West- Haven mezoni va Glazgo komalar shkalasi qo‘llanilganda West-Haven sezgirligi-96%, spesifikligi-93%; Glazgo shkalasi sezgirligi-62%, spesifikligi-86% ni tashkil qildi va bu shkala, xususan Vest-Xeyven mezonining jigar ensefalopatiyasini erta va to‘g‘ri tashxislashdagi ahamiyati o‘rganildi. Ushbu holat esa o‘z navbatida jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorlarda jigar ensefalopatiyasi rivojlanishini bashorat qilish, kasallik prognozini yaxshilashi imkonini berishliligi Samarqand shahar tibbiyot birlashmasida 2023 yil 16-dekabrdagi 3350-7-107-TB/2023-sonli buyruq bilan, Payariq tuman tibbiyot birlashmasida 2023 yil 2-dekabrdagi  3067-7-100-TB/2023-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jigar sirrozi bilan og‘rigan va PPI qabul qilishi bilan bog‘liq bo‘lgan jigar ensefalopatiyasini aniqlashda, bemorning kognitiv va asab-ruhiy holatidagi o‘zgarishlarni Vest-Xeyven mezoni yordamida baholash orqali jigar ensefalopatiyasi rivojlanishini bashoratlash sifatini yaxshilashga, nogironlik darajasini pasaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jigar sirrozi bilan og‘rigan va PPI qabul qilishi bilan bog‘liq bo‘lgan jigar ensefalopatiyasini aniq va erta aniqlashda Vest-Xeyven mezonining  o‘tkazilishi, kasallikni kechishini oldindan bashorat qilishga erishish, asoratlarning uchrash chastotasini kamaytirishi bilan izohlanadi. Bu o‘z navbatida bemorlarni ambulator murojaatlari sonini kamaytirishiga, oilaviy poliklinikaga 1 kunlik qatnov uchun 40 000 so‘m sarflansa, 10 nafar  jigar sirrozi bor bemorlarga qatnov uchun oilaviy poliklinikada xizmat ko‘rsatish umumiy  400 000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: jigar sirrozi bilan og‘rigan va PPI qabul qilishi bilan bog‘liq bo‘lgan jigar ensefalopatiyasi rivojlangan bemorlarda bemorlardagi asab-ruhiy holatini aniqlash uchun Vest-Xeyven mezoni o‘tkazalishi kasallikni erta tashxislash va asoratlarini oldini olish natijasida 1 nafar bemorning 1 kuni hisobiga byudjet mablag‘larini 40000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
 to‘rtinchi ilmiy yangilik:  jigar ensefalopatiyasi rivojlanish bosqichlari bilan klinik, klinik-laborator va klinik-instrumental ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi quyidagi korrelyativ bog‘lanish aniqlandi: MMSE testi va JE o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanish r=0,72; r<0,05, Bek shkalasi va JE o‘rtasida r=0,78; r<0,01, Raqamlarni bog‘lash testi r=0,86; r<0,001, Chiziqli labirint test r=0,82; r<0,001,  EEG va JE darajalari o‘rtasida r=0,72; r<0,01, qondagi ammiak ko‘rsatkichi bilan JE o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanish r=0,94; r<0,001ni tashkil etdi. Olingan natijalar asosida etarlicha aniqlikdagi korrelyasion bog‘lanish aniqlandi va jigar ensefalopatiyasini o‘z vaqtida va erta aniqlashga yordam beradigan bir qancha belgilar kompleksi tanlab olindi va bular Samarqand shahar tibbiyot birlashmasida 2023 yil 16-dekabrdagi 3350-7-107-TB/2023-sonli buyruq bilan, Payariq tuman tibbiyot birlashmasida 2023 yil 2-dekabrdagi  3067-7-100-TB/2023-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jigar ensefalopatiyasi rivojlanish bosqichlari bilan klinik, klinik-laborator va klinik-instrumental ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi korrelyativ bog‘lanishni o‘rganish va klinik-laborator ko‘rsatkichlar orasida bog‘liqlikni belgilash natijasida kasallik rivojlanishi va kechishi darajasini o‘z vaqtida aniqlash va asoratlarini oldini olishi bilan  izoxlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jigar sirrozi bosqichlari va jigar ensefalopatiyasi o‘rtasidagi  klinik-laborator va klinik-instrumental ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi korrelyativ bog‘lanishlarni tahlil qilish, kasallikni rivojlanishi va kechishini oldindan bashorat kilishga erishish, asoratlarni uchrash chastotasini kamaytirishi bilan izoxlanadi. Bu o‘z navbatida bemorlarni ambulator murojaatlari sonini kamaytirishiga, shifoxonada koyka kuni kamayishiga, ya’ni har bir koyka kuniga 130 000 so‘mni  iqtisod qilishga erishilgan.  Xulosa:  jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorlarda jigar ensefalopatiyasini aniklash uchun klinik-laborator va klinik-instrumental tahlillar o‘tkazalishi kasallikni erta tashxislash va asoratlarini oldini olish natijasida 1 nafar bemorning har bir kuni hisobiga byudjet mablag‘larini 130 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish