Sultanova Amina Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘smir o‘z joniga qasd qilishning gender xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/R467.  
Ilmiy rahbar: Kadirov Botir Raxmankulovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxridin Mingbaevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Qarshiboeva Gulnoza Abdukaxxorovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarda o‘z joniga qasd qilish xatti-harakati uchun xavf omillarining gender-psixologik xususiyatlarini ochib berish orqali uning xavf darajasini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘z joniga qasd qilishga uringan o‘smirlarning hissiy xususiyatlari motivatsion-ehtiyoj sohalari va hayotiy qadriyatlar tizimini transformasiyalanishi ekzistensial vaakumni keltirib chiqarganligi tufayli xavotir va depressiv holatni ustuvorligi bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘lishi dalillagan;
o‘smirlarda suitsidal xatti-harakatlar xavfi shakllanishi xulqdagi namoyishkoronalik va ta’sirchanlik moyillikka bog‘liq ravishda hissiy beqarorlik va kundalik vaziyatlarni dramatizasiya qilish tendensiyasini kuchayishi tufayli yuqori darajadagi maksimalizm orqali gender identifikatsiyalanish jarayonida yuzaga kelishi isbotlangan;
o‘smirlardagi suisidal urinishlarning gender xususiyatlari oila va shaxslararo munosabatlardagi nizolar qizlarda o‘zini past baholash, xissiy beqarorlik, o‘g‘il bolalarda esa frustasiya, autoagressiya holatini kuchaytirganligi tufayli rollardagi ijtimoiy kutuvlar va sosial pessimizmga identiv tarzda namoyon bo‘lishi aniqlangan;
o‘smirlarning o‘z-o‘zini ruhiy holatini baholash darajasi shaxsdagi xavotirlanish hissi va depressiyaning frustrasiya, agressiya shakllari bilan uyg‘un holda gender jihatdan namoyon bo‘lishi tufayli suisidal xavf omili sifatida ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smir o‘z joniga qasd qilishning gender xususiyatlarini tadqiq etish asosida:
o‘z joniga qasd qilishga uringan o‘smirlarning hissiy xususiyatlari motivatsion-ehtiyoj sohalari va hayotiy qadriyatlar tizimini transformasiyalanishi ekzistensial vaakumni keltirib chiqarganligi tufayli xavotir va depressiv holatni ustuvorligi bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘lishi dalillagan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4-maydagi PM 68-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 11-sentyabrdagi PM 68-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smirlarda suitsidal xulq-atvor xavfini shakllanishida motivatsion-ehtiyojlar sohasi va qadriyatlar tizimi roli aniqlash mexanizmlari yoritib berilgan;
o‘smirlarda suitsidal xatti-harakatlar xavfi shakllanishi xulqdagi namoyishkoronalik va ta’sirchanlik moyillikka bog‘liq ravishda hissiy beqarorlik va kundalik vaziyatlarni dramatizasiya qilish tendensiyasini kuchayishi tufayli yuqori darajadagi maksimalizm orqali gender identifikatsiyalanish jarayonida yuzaga kelishi isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4-maydagi PM 68-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 11-sentyabrdagi PM 68-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smirlarda suitsidal xulq-atvorning xavf omillaridagi gender farqlarni aniqlash va tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
o‘smirlardagi suisidal urinishlarning gender xususiyatlari oila va shaxslararo munosabatlardagi nizolar qizlarda o‘zini past baholash, xissiy beqarorlik, o‘g‘il bolalarda esa frustasiya, autoagressiya holatini kuchaytirganligi tufayli rollardagi ijtimoiy kutuvlar va sosial pessimizmga identiv tarzda namoyon bo‘lishi aniqlangan natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4-maydagi PM 68-son buyrug‘i bilan «Psixogigiena» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 11-sentyabrdagi PM 68-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smirlarning suitsidal axloq bilan bog‘liq gender stereotiplarni o‘ziga xos jihatlarini aniqlash imkoni yaratilgan;
o‘smirlarning o‘z-o‘zini ruhiy holatini baholash darajasi shaxsdagi xavotirlanish hissi va depressiyaning frustrasiya, agressiya shakllari bilan uyg‘un holda gender jihatdan namoyon bo‘lishi tufayli suisidal xavf omili sifatida ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4-maydagi PM 68-son buyrug‘i bilan «Psixogigiena» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 11-sentyabrdagi PM 68-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smirlar orasida suitsidal xulqning hissiy determinantlar bilan bog‘liq o‘ziga xos jihatlarini tahlil qilish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish