Abdumo‘minov Axrorjon Axatjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalari raqobatbardoshligini oshirish (Andijon viloyati donni qayta ishlash korxonalari misolida)”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlafi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2398.
Ilmiy rahbar: Madrahimov Ulug‘bek Abduxalilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05.
Rasmiy opponentlar: Xashimova Naima Abitovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kadirov Abdumalik Matkarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oziq-ovqat sanoati korxonalari raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oziq-ovqat sanoatining ishlab chiqarish va investisiyalar hajmi, xomashyo bazasi klaster yondashuvga ko‘ra baholanib, Andijon shahri, Asaka, Qo‘rg‘ontepa, Oltinko‘l tumanlarida yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil etish taklifi asoslangan;
xarid qilingan donni temir yo‘lda tashishni rag‘batlantirish maqsadida imtiyozli tariflarni belgilash mexanizmlarini ishlab chiqish hisobiga donni qayta ishlash korxonalarida xomashyo uzlyuksizligi hamda narxlar barqarorligini ta’minlash taklifi asoslangan;
donni qabul qilish, dastlabki ishlov berish (tozalash, quritish), qayta ishlashga mo‘ljallangan uskunalarni olib kirganlik uchun mavjud bojxona to‘lovlari stavkalarini kamaytirish hisobiga donni qayta ishlashga mo‘ljallangan loyihalarni kengaytirish taklifi asoslangan;
oziq-ovqat sanoati korxonalarida kiritilgan investisiyalar hamda xomashyo bazasi hajmiga ko‘ra raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlarining 2027-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalari raqobatbardoshligini oshirish mavzusida olib borilgan tadqiqotlar asosida:
oziq-ovqat sanoatining ishlab chiqarish va investisiyalar hajmi, xomashyo bazasi klaster yondashuvga ko‘ra baholanib, Andijon shahri, Asaka, Qo‘rg‘ontepa, Oltinko‘l tumanlarida yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5088-son “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining 2023-yil 30-maydagi 7-4-20-402-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish Andijon viloyatida oziq-ovqat sanoati korxonalari iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha hududiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish hamda tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish imkoniyati yaratilgan;
xarid qilingan donni temir yo‘lda tashishni rag‘batlantirish maqsadida imtiyozli tariflarni belgilash mexanizmlarini ishlab chiqish hisobiga donni qayta ishlash korxonalarida xomashyo uzlyuksizligi hamda narxlar barqarorligini ta’minlash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4634-son “G‘alla etishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining 2023-yil 30-maydagi 7-4-20-402-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni qo‘llash natijasida oziq-ovqat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki bozordagi narxlari barqarorligini ta’minlash hamda korxonalar faoliyati uzlyuksizligi hisobiga raqobatdoshligini samarali oshirish imkoniyati yaratilgan;
donni qabul qilish, dastlabki ishlov berish (tozalash, quritish), qayta ishlashga mo‘ljallangan uskunalarni olib kirganlik uchun mavjud bojxona to‘lovlari stavkalarini kamaytirish hisobiga donni qayta ishlashga mo‘ljallangan loyihalarni kengaytirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4634-son “G‘alla etishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining 2023-yil 30-maydagi 7-4-20-402-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni joriy qilish natijasida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, donni qayta ishlash ko‘lamini samarali oshirish imkoniyati yaratilgan;
oziq-ovqat sanoati korxonalarida kiritilgan investisiyalar hamda xom ashyo bazasi hajmiga ko‘ra raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlarining 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi VMQ-204-son “2022 – 2026-yillarda Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining 2023-yil 30-maydagi 7-4-20-402 -sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida oziq-ovqat sanoati korxonalarida mavjud xom ashyodan samarali va maqbul foydalanish orqali yo‘naltirilgan investisiyalar ko‘lamini optimallashtirishga ko‘ra ishlab chiqarish ko‘lami va samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan.