Mo‘ydinov Tursunboy Fazlidin o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarda o‘zini o‘zi nazorat qilishni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P756.
Ilmiy rahbar: Xalimova Mashraboy Voxidovna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Badriddinova Madina Baxromovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsaf doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda o‘zini o‘zi nazorat qilishni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini ochib berish asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar xulq-atvoriga refleksiv omillarning ta’siri natijasida vaziyatli, retrospektiv, perspektiv o‘z-o‘zini anglashning hissiy komponent tuzilmasini shaxsning o‘z-o‘ziga munosabati bilan integrativ rivojlanganligi tufayli, irodaviy harakatlarni shakllantirishda gender tafovutlar mavjudligi aniqlangan;
talabalarda o‘zini o‘zi nazorat qilishning dinamik xususiyatlariga ko‘ra mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, jur’atlilik, e’tiborlilik, matonatlilik, maqsadga intiluvchanlik sifatlarining shaxs differensial xususiyatlari kontekstida shakllanishi tufayli iroda aktining motivasion komponentini ustuvor rivojlanishi isbotlangan;
talabalarda o‘zini o‘zi nazorat qilish ko‘nikmasining shakllanishida o‘quv faolyaitidagi vaqtni rasional boshqarish, kelajakdagi faoliyat, muloqot va boshqa shaxslar bilan bog‘liq refleksiv jarayonlarni xulq-atvorda adekvat kuchaytirish orqali ta’minlanishi tufayli pedagogik-psixologik (motivasion, irodaviy) omillarning ta’siri ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan;
talabalarda o‘zini o‘zi nazorat qilish motivatsiyasini shakllantirishda axloqiy hislar va ijtimoiy ma’qullanish motivatsiyasini irodaviy xususiyatlar bilan integrativ rivojlanishi muhimligiga ko‘ra “emosional o‘zini o‘zi nazorat qilish”, “ijtimoiylashuvda o‘zini nazorat qilish” xususiyatlarini rivojlantirish muhim ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda o‘zini o‘zi nazorat qilishni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini o‘rganish asosida:
talabalar xulq-atvoriga refleksiv omillarning ta’siri natijasida vaziyatli, retrospektiv, perspektiv o‘z-o‘zini anglashning hissiy komponent tuzilmasini shaxsning o‘z-o‘ziga munosabati bilan integrativ rivojlanganligi tufayli, irodaviy harakatlarni shakllantirishda gender tafovutlar mavjudligi aniqlashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 26 oktyabrdagi PM-84-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 1 noyabrdagi PM-84 a-son ma’lumotnoma). Natijada talabalar xulq-atvoriga refleksiv omillarning ta’siri gender tafovutlarga muvofiq pedagogik-psixologik jihatdan tahlil qilish imkoniyati yaratilgan.
talabalarda o‘zini o‘zi nazorat qilishning dinamik xususiyatlariga ko‘ra mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, jur’atlilik, e’tiborlilik, matonatlilik, maqsadga intiluvchanlik sifatlarining shaxs differensial xususiyatlari kontekstida shakllanishi tufayli iroda aktining motivasion komponentini ustuvor rivojlanishi isbotlashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 26 oktyabrdagi PM-84-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 1 noyabrdagi PM-84 a-son ma’lumotnoma). Natijada talabalarda o‘zini o‘zi nazorat qilishning dinamik xususiyatlariga ko‘ra motivatsion komponenti tadqiq etilgan.
talabalarda o‘zini o‘zi nazorat qilish ko‘nikmasining shakllanishida o‘quv faolyatidagi vaqtni rasional boshqarish, kelajakdagi faoliyat, muloqot va boshqa shaxslar bilan bog‘liq refleksiv jarayonlarni xulq-atvorda adekvat kuchaytirish orqali ta’minlanishi tufayli pedagogik-psixologik (motivasion, irodaviy) omillarning ta’siri ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 26 oktyabrdagi PM-84-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 1 noyabrdagi PM-84 a-son ma’lumotnoma). Natijada talabalarda o‘zini o‘zi nazorat qilish ko‘nikmasining shakllanishiga ta’sir etuvchi pedagogik-psixologik omillarning ta’sirini asoslash imkoniyati yaratilgan.
talabalarda o‘zini o‘zi nazorat qilish motivatsiyasini shakllantirishda axloqiy hislar va ijtimoiy ma’qullanish motivatsiyasini irodaviy xususiyatlar bilan integrativ rivojlanishi muhimligiga ko‘ra “emosional o‘zini o‘zi nazorat qilish”, “ijtimoiylashuvda o‘zini nazorat qilish” xususiyatlarini rivojlantirish muhim ekanligi dalillashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 26 oktyabrdagi PM-84-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 1 noyabrdagi PM-84 a-son ma’lumotnoma). Natijada talabalarda o‘zini o‘zi nazorat qilishni rivojlantirishga mo‘ljallangan psixotexnika dasturini ishlab chiqish va uning sifatini baholash samaradorligi oshgan.