Adilova Nilufar Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Semizlik bilan kasallangan bemorlarni metabolik jarrohlik yo‘li bilan davolash natijasida endotelial va yurak-qon tomir tizimi holatini baholash» 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2067.
Ilmiy rahbar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Kamalov Tel`man Tulyaganovich, tibbiyot fanlari doktori, Abdullaev Timur Atanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: semizlik bilan kasallangan bemorlarni metabolik jarrohlik yo‘li bilan davolash natijasida endotelial va yurak-qon tomir tizimi holatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gastroshuntlash va sliv-rezeksiya amaliyotidan keyin arterial gipertenziya bilan kasallangan bemorlarning arterial qon bosimi me’yoriy ko‘rsatkichlargacha pasayishi va gipotenziv dori vositalariga bo‘lgan extiyojni kamayishi asoslangan;
semizlikni jarrohlik yo‘li bilan davolashdan keyin umumiy xolesterinni 21%, zichligi past lipoproteidlarni 28%, zichligi juda past lipoproteidlarni 34%, trigliseridlarni 25%, aterogenlik indeksini 38% ga pasayishi va zichligi yuqori lipoproteidlarni 10% ga ortishida hamda aterosklerotik yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishini oldini olishda gastroshuntlash va sliv-rezeksiya amaliyotining ahamiyati aniqlangan;
ilk marotaba  semizlik bilan kasallangan bemorlarda gastroshuntlash va sliv-rezeksiya amaliyotidan keyin endotelial disfunsiyani baholashda qon tomir hujayralarining adgeziya molekulasi-1 va purin domenini saqlovchi Nod ga o‘xshash reseptor-3 kabi ko‘rsatkichlarning istiqbolli ahamiyati aniqlangan;
semizlikni jarrohlik yo‘li bilan davolash yordamida yurak-qon tomir kasalliklari xavf omillari bo‘lgan semizlikni 59%, arterial gipertenziyani 65%, giperglikemiyani 96% va dislipidemiyani 82% ga bartaraf etishda sliv-rezeksiya va gastroshuntlash usullarining samaradorligi asoslangan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 14 dekabrdagi 12/052 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: gastroshuntlash va sliv-rezeksiya amaliyotidan keyin arterial gipertenziya bilan kasallangan bemorlarning arterial qon bosimi me’yoriy ko‘rsatkichlargacha pasayishi va gipotenziv dori vositalariga bo‘lgan extiyojni kamayishi asoslangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar Shayxontohur tumani 45-oilaviy poliklinikaga 28.07.2023-yildagi 91-sonli buyruq hamda Toshkent shahar Chilonzor tumani 39-son oilaviy poliklinikaga 31.07.2023-yildagi 275-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: semizlik bilan kasallangan bemorlarda jarrohlik amaliyotlaridan keyin arterial qon bosimini me’yoriy ko‘rsatkichlargacha pasayishi arterial gipertenziyani remissiyasiga hamda gipertoniya kasalligi rivojlanishini oldini olishga, shuningdek, bemorlarning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga olib kelgan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: semizlik bilan kasallangan bemorlarda metabolik jarrohlikdan keyin arterial qon bosimini  me’yoriy ko‘rsatkichlargacha pasayishi gipotenziv dori vositalariga sarflanadigan o‘rtacha 136000 so‘mni tejash imkonini bergan.
Xulosa: jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazgan bemorlarda 3 oydan keyin arterial qon bosimini  me’yoriy ko‘rsatkichlargacha pasayishiga va arterial gipertenziyani remissiyasiga erishilgan. Bu esa har oyda gipotenziv dori vositalariga sarflanadigan o‘rtacha 136000 so‘mni tejash imkonini bergan.
 Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Semizlik bilan kasallangan bemorlarni metabolik jarrohlik yo‘li bilan davolash natijasida endotelial va yurak-qon tomir tizimi holatini baholash” mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining  2023-yil 24-iyuldagi 09-06033-sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: semizlikni jarrohlik yo‘li bilan davolashdan keyin umumiy xolesterinni 21%, zichligi past lipoproteidlarni 28%, zichligi juda past lipoproteidlarni 34%, trigliseridlarni 25%, aterogenlik indeksini 38% ga pasayishi va zichligi yuqori lipoproteidlarni 10% ga ortishida hamda aterosklerotik yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishini oldini olishda gastroshuntlash va sliv-rezeksiya amaliyotining ahamiyati aniqlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar Shayxontohur tumani 45-oilaviy poliklinikaga 28.07.2023-yildagi 91-sonli buyruq hamda Toshkent shahar Chilonzor tumani 39-son oilaviy poliklinikaga 31.07.2023-yildagi 275-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng lipid almashinuvini ijobiy tomonga o‘zgarishi va dislipidemiyani bartaraf etilishi aterosklerotik yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanishini erta davrda oldini olishga, shuningdek, bu kasalliklar oqibatida yuzaga keladigan nogironlik va to‘satdan o‘lim ko‘rsatkichlarini kamayishiga erishishga xizmat qilgan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng dislipidemiya bartaraf etilib, lipid almashinuvi ko‘rsatkichlarining me’yorga kelishi bemorlarda har oyda gipolipidemik dori vositalari uchun sarflanadigan o‘rtacha 210000 so‘mni tejash imkonini bergan.
Xulosa: sliv-rezeksiya va gastroshuntlash amaliyotini o‘tkazgan bemorlarda lipid almashinuvi ko‘rsatkichlarini ijobiy tomonga o‘zgarishiga 1 yilda erishilgan. Bu esa har oyda gipolipidemik dori vositalari uchun sarflanadigan o‘rtacha 210000 so‘mni tejash imkonini bergan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Semizlik bilan kasallangan bemorlarni metabolik jarrohlik yo‘li bilan davolash natijasida endotelial va yurak-qon tomir tizimi holatini baholash” mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining  2023-yil 24-iyuldagi 09-06033-sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor semizlik bilan kasallangan bemorlarda gastroshuntlash va sliv-rezeksiya amaliyotidan keyin endotelial disfunsiyani baholashda qon tomir hujayralarining adgeziya molekulasi-1 va purin domenini saqlovchi Nod ga o‘xshash reseptor-3 kabi ko‘rsatkichlarning istiqbolli ahamiyati aniqlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shaxar Shayxontoxur tumani 45-oilaviy poliklinikaga 28.07.2023-yildagi 91-sonli buyruq hamda Toshkent shaxar Chilonzor tumani 39-son oilaviy poliklinikaga 31.07.2023-yildagi 275-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: semizlik bilan kasallangan bemorlarda jarrohlik amaliyotlaridan keyin endotelial disfunsiya markyorlari miqdorini pasayishi qon tomir endoteliy qavatida yallig‘lanish jarayonlarini kamayishiga hamda gipertoniya va ateroskleroz kasalliklarini bartaraf etish, shuningdek, bemorlarning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, semizlik natijasida yuzaga keluvchi asoratlarni oldini olishga sabab bo‘lgan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: semizlik bilan kasallangan bemorlarda metabolik aralashuvlardan keyin qon tomir hujayralarining adgeziya molekulasi-1 va purin domenini saqlovchi Nod ga o‘xshash reseptor-3 kabi ko‘rsatkichlarni me’yorga kelishi yurak-qon tomir kasalliklari, jumladan gipertoniya va ateroskleroz kasalliklarini  oldini olinishiga sabab bo‘lgan va bemorlarda bu kasalliklarni davolashga bir kunda sarflanadigan o‘rtacha 12000 so‘mni tejash imkonini bergan.
Xulosa: metabolik jarrohlik amaliyotlaridan 12 oydan keyin qon tomir hujayralarining adgeziya molekulasi-1 va purin domenini saqlovchi Nod ga o‘xshash reseptor-3 kabi ko‘rsatkichlarni me’yorga kelishi yurak-qon tomir kasalliklari, jumladan gipertoniya va ateroskleroz kasalliklarini  olinishiga sabab bo‘ldi va bemorlarda bu kasalliklarni davolashga bir kunda sarflanadigan o‘rtacha 12000 so‘mni tejash imkonini bergan.
 Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Semizlik bilan kasallangan bemorlarni metabolik jarrohlik yo‘li bilan davolash natijasida endotelial va yurak-qon tomir tizimi holatini baholash” mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining  2023-yil 24-iyuldagi 09-06033-sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: semizlikni jarrohlik yo‘li bilan davolash orqali yurak-qon tomir kasalliklari xavf omillari bo‘lgan semizlikni 59%, arterial gipertenziyani 65%, giperglikemiyani 96% va dislipidemiyani 82% ga bartaraf etishda sliv-rezeksiya va gastroshuntlash usullarining samaradorligi asoslangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar Shayxontohur tumani 45-oilaviy poliklinikaga 28.07.2023-yildagi 91-sonli buyruq hamda Toshkent shahar Chilonzor tumani 39-son oilaviy poliklinikaga 31.07.2023-yildagi 275-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: morbid semizlikni davolashda metabolik jarrohlikni qo‘llash orqali qisqa muddatda me’yoriy tana vazniga erishilgan. Bu esa semizlik oqibatida yuzaga keladigan yurak-qon tomir kasalliklari xavf omillarini  bartaraf etib, bemorlarning turmush tarzi va hayot sifatini yaxshilanishiga, nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamayishiga olib kelgan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: semizlik bilan kasallangan bemorlarda metabolik jarrohlikni qo‘llash natijasida yurak-qon tomir kasalliklari xavf omillari kamayib, bu omillarni bartaraf etishga har oyda sarflanadigan o‘rtacha 1123000 so‘m sarf- harajatni tejash imkonini bergan.
Xulosa: semizlikni metabolik jarrohlik amaliyoti bilan davolash orqali tana vazni va uning indeksini kamaytirish bemorlarning hayotiga xavf soluvchi, erta nogironlik va o‘limga olib keluvchi yurak-qon tomir kasalliklari va qandli diabetning 2-turi rivojlanishini oldini olib,  bu sohada mehnatga layoqatsizlik, nogironlik va davolashga qaratilgan chora-tadbirlarga bo‘lgan talabni kamayishiga olib kelgan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Semizlik bilan kasallangan bemorlarni metabolik jarrohlik yo‘li bilan davolash natijasida endotelial va yurak-qon tomir tizimi holatini baholash” mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining  2023-yil 24-iyuldagi 09-06033-sonli xati yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish