Yusupova Faringiz O‘ktam qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Raqamli transformatsiya sharoitida teletibbiyot xizmatlarini tartibga solishning xalqaro-huquqiy jihatlari”, 12.00.10 – Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Yu1204.
Ilmiy rahbar: Gafurova Nozimahon Eldarovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/03.06.2023.Yu.22.04.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Baxodir Islamovich, yuridik fanlar doktori, professor; Umarxanova Dildora Sharipxanovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli transformatsiya sharoitida teletibbiyot xizmatlarini xalqaro-huquqiy va milliy qonunchilik tizimini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
teletibbiyot tushunchasiga “bu masofaviy tibbiy xizmatlar turi bo‘lib, shu jumladan, bemorlarga tashxis qo‘yish, maslahatlar berish, ularning holatini masofadan turib kuzatish, shuningdek, kasalliklarning oldini olish, salomatlikni mustahkamlash, aholi salomatligini qo‘llab-quvvatlash, tibbiy ta’lim va ilmiy-tibbiy tadqiqotlarni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimidan foydalanish hisoblanadi” degan mualliflik ta’rifi berilgan;
bemorlarga masofaviy tibbiy yordam ko‘rsatish aholining geografik olisligi, zichligi, demografik ko‘rsatkichlari, jinsi va yoshi tarkibi hamda tibbiy yordamning mavjudligiga ta’sir etuvchi boshqa mezonlar hisobga olingan holda teletibbiy yordam ko‘rsatish va malakali tibbiy xizmatdan foydalanishga oid huquqlarini ta’minlashda teletibbiy yordam tibbiy xizmatlarining bir turi ekanligi huquqiy asoslantirilgan;
teletibbiy yordam masofaviy tarzda amalga oshirilganda bemorlar haqidagi ma’lumotlar axborot telekommunikatsiya texnologiyalar (internet tarmoqlari) orqali yuborilishini inobatga olgan holda tibbiy maxfiylikka rioya qilish kerakligi huquqiy asoslantirilgan;
davlatlararo munosabatlarni yaxshilash, aholiga arzon va sifatli  tibbiy xizmat ko‘rsatishda masofaviy tibbiy xizmat ortidan kelib chiqadigan davlatlararo nizolarga barham berish va bartaraf etish hamda teletibbiy xizmatdan foydalanish kerakligi asoslantirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
aholiga tibbiy xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida teletibbiyot tushunchasi O‘zbekiston Resupblikasi “Aholi sog‘ligini saqlash Kodeksi” loyihasining 4-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘iliqni saqlash Vazirligining 2023 yil 22 fevraldagi 08-04709-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi fuqarolarning teletibbiyot xizmatlaridan foydalanishlari uchun zamin yaratgan;
teletibbiy yordam, tibbiy xizmatlarning bir turi ekanligi O‘zbekiston Respublikasi “Aholi sog‘ligini saqlash kodeksi loyihasining” 72-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 22-fevraldagi 08-04709-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi bemorlarga teletibbiyot xizmatlaridan foydalanishlariga zamin yaratgan;
tibbiyot xodimi tomonidan bemorlarga maslahat berish tartibi va maxfiylikka rioya qilishlari lozimligi tog‘risidagi taklif Aholi sog‘ligini saqlash kodeksi loyihasining” 831 moddasining 2-3 bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 22-fevraldagi 08-04709-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif teletibbiyot xizmatlarini ko‘rsatishda yuzaga keladigan huquqiy muammolarni oldini olishga zamin yaratgan;
aholining eng zaif qatlamlari hamda ayollar va bolalarga alohida e’tibor qaratgan holda mamlakatlar ichida va o‘rtasidagi raqamli tafovutlarni bartaraf etish, arzon va sifatli teletibbiy xizmat ko‘rsatishga oid taklif BMT Inson huquqlari kengashining 2021 yil 13 iyuldagi 47/16 -son “Internet tarmog‘ida inson huquqlarini targ‘ib qilish, himoya qilish va amalga oshirish” Rezolyusiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi Doimiy vakolatxonasining dalolatnomasi). Ushbu taklif sog‘liqni saqlash sohasida davlatlararo munosabatlarni yaxshilashga va aholiga sifatli teletibbiy xizmat ko‘rsatishga zamin yaratgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish