Fattaxov Nusratullo Xamidullaevich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gipertoniya kasalligi profilaktikasini xalq tabobati usullari bilan optimallashtirish yo‘llari (oziqlanish holati va girudoterapiya sinergiyasining nuqtai nazari)” 14.00.43-Profilaktik tibbiyot, 14.00.41-Xalq tabobati (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Tib825.
Ilmiy konsul`tantlar: Mamasoliev Nematjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Asqarov Ibragim Raxmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc 04/04.03.2022.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Mirjalol Muqimjon o‘g‘li, kimyo fanlari doktori; Yusupova Shaxnoza Qodirjonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Mamasaidov Jamolidin Turg‘unboevich tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gipertoniya kasalligini nomedikamentoz davolash usullarini xalq tabobatining girudoterapiya va parhezni birgalikda qo‘llash metodlari asosida takomillashtirish hamda yurak qon-tomir tizimiga ta’sir mexanizmini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor gipertenziya profilaktikasi va davolashning tibbiyot zuluklari (Hirudo medicinalis) va xalq tabobatida qo‘llaniladigan osh tuzi kam bo‘lgan maxsus parhezni zamonaviy tibbiyot metodlari bilan uyg‘unlashtirgan holda takomillashtirilgan usullari ishlab chiqilgan;
gipertenziya va so‘lak fatsiyasidagi tarkibiy o‘zgarishlarning o‘zaro bog‘liqligini eksperimental aniqlash asosida so‘lak kristalli markaziy, oraliq va chekka zonalarining o‘zgarishi, shuningdek girudoterapiyadan keyin qon bosimi ortishi bilan uning morfologik ko‘rinishining o‘zgarishi isbotlangan;
ilk bor sistolik va diastolik qon bosimini pasaytirish, pulsni kamaytirish va saturatsiyani oshirishning zamonaviy usullari xalq tabobatining girudoterapiya, dietaterapiya va lumbrikoterapiya ulullari bilan uyg‘unlashtirgan holda takomillashtirilgan;
osh tuzi kam bo‘lgan maxsus parhez va girudoterapiyani birgalikda qo‘llashga asosida uyg‘unlashgan xalq tabobati usulining tana vazni indeksi (Ketle indeksi) pasayishiga variatsion ta’siri zamonaviy statistik usullar bilan isbotlangan;
girudoterapiyaning gipertenziyani davolashda qon va so‘lak kristallarining organizmda biokimyoviy va fizik xususiyatlarni yaxshilash mexanizmi xalq tabobati bilan uyg‘unlashgan zamonaviy biokimyoviy analiz usullari asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ekspertlar Kengashining 01-02/4-t-14-sonli 11/06/2023-kunidagi ma’lumotnomasi berilgan.
birinchi ilmiy yangilik. ilk bor gipertenziya profilaktikasi va davolashning tibbiyot zuluklari (Hirudo medicinalis) va xalq tabobatida qo‘llaniladigan osh tuzi kam bo‘lgan maxsus parhezni zamonaviy tibbiyot metodlari bilan uyg‘unlashtirgan holda takomillashtirilgan usullari ishlab chiqilganligi Farg‘ona shahar Arirang o‘zbek tibbiyot klinikasi 10.11.2023 15-son, Farg‘ona shahar Farovon klinikasi 28.11.2023 8-son, Shifonur Shams klinikasi 7-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan; Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat, gipertenziya profilaktikasi va davolashning tibbiyot zuluklari (Hirudo medicinalis) va xalq tabobatida qo‘llaniladigan osh tuzi kam bo‘lgan maxsus parhezni zamonaviy tibbiyot metodlari bilan uyg‘unlashtirgan holda takomillashtirilgan kasallikni bashoratlash va davolash sifatiini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan kam tuzli parxez taomlar va girudoterapiyani birgalikda qo‘lanilishi davolash samaradorligini oshirib gipotenziv vositalarga monelikni ikki karra pasaytiradi, agar Telmisartan 80 mg. 50000 so‘m deb xisoblasak 30 kunga mo‘ljallangan, 100 ta bemorga xisoblab chiksak 1 oyga 5000000 so‘m, 1 yilga 60000000 mablag‘ sarflanadi, girudoterapiya va kam tuzli parxez qo‘lanilgandan sung 2 karra kam yani 30 mln. sarflanadi, va byudjet mablaglaridan 30 mln. tejash imkonini beradi. Xulosa: taklif etilgan girudoterapiya va kam tuzli parxez 1 nafar bemorda 1 yilda 600000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik gipertenziya va so‘lak fatsiyasidagi tarkibiy o‘zgarishlarning o‘zaro bog‘liqligini eksperimental aniqlash asosida so‘lak kristalli markaziy, oraliq va chekka zonalarining o‘zgarishi, shuningdek girudoterapiyadan keyin qon bosimi ortishi bilan uning morfologik ko‘rinishining o‘zgarishi Farg‘ona shahar Arirang o‘zbek tibbiyot klinikasi 10.11.2023 15-son, Farg‘ona shahar Farovon klinikasi 28.11.2023 8-son, Shifonur Shams klinikasi 7-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishga layotqatli katta yoshli bemorlarda giipertoniya kasalligini davolash va profilaktika qilish salomatlik indeksini xamda xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gipertoniya kasalligi bilan shifoxonada davolanayotgan bemorga 1 kunda 200000 so‘m sarflanadi, 100 nafar bemor uchun bir kunda 20 mln. sarflanadi, ushbu bemorlar ambulator davolanganligi sababli 1 oyga 20 mln. tejash imkonini beradi. Xulosa: gipertoniya kasaligi bilan og‘rigan bemorlarda taklif etilgan davolash va profilaktika chora qo‘llanilishi 1 nafar bemorga 1 kuni xisobiga budjet mablag‘larini 200 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik. sistolik va diastolik qon bosimini pasaytirish, pulsni kamaytirish va saturatsiyani oshirishning zamonaviy usullari xalq tabobatining girudoterapiya, dietaterapiya va lumbrikoterapiya usullari bilan uyg‘unlashtirganligi Farg‘ona shahar Arirang o‘zbek tibbiyot klinikasi 10.11.2023 15-son, Farg‘ona shahar Farovon klinikasi 28.11.2023 8-son, Shifonur Shams klinikasi 7-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gipertoniya kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda sistolik va diastolik qon bosimini, pul`sni va saturatsiyani meyorlashtirish sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sistolik va diastolik qon bosimini oshishi, pul`sni oshishi, saturatsiyani tushishi kabi kasallik belgilari natijasida bemorlarni oilaviy poliklinikaga 1 kunlik qatnov uchun 60000 so‘m sarflansa, 100 nafar bemor qatnov uchun oilaviy poliklinikada xizmat ko‘rsatish umumiy 6 mln. budjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: somatik kasalliklarni erta tashxislash va bashoratlash sifatini yaxshilash uchun oilaviy poliklinika sharoitida 1 nafar bemor uchun 1 kuni hisobiga budjet mablag‘larini 60 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. osh tuzi kam bo‘lgan maxsus parhez va girudoterapiyani birgalikda qo‘llash asosida uyg‘unlashgan xalq tabobati usulining tana vazni indeksi (Ketle indeksi) pasayishiga variatsion ta’siri zamonaviy statistik usullar bilan isbotlangan va Farg‘ona shahar Arirang o‘zbek tibbiyot klinikasi 10.11.2023 15-son, Farg‘ona shahar Farovon klinikasi 28.11.2023 8-son, Shifonur Shams klinikasi 7-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlar davolanish natijalariga ilmiy yondashish parhez va girudin terapiyasining tana massasi indeksiga (TMI) ta’sirini tasdiqladi. TMI nazorat qilish semirish, diabet va yurak-qon tomir kasalliklari kabi turli xil kasalliklar oldini olishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan kam tuzli parxez taomlar va girudoterapiyani birgalikda qo‘lanilishi davolash samaradorligini oshirib gipotenziv vositalarga monelikni ikki karra pasaytiradi, agar Telmisartan 80 mg. 50000 so‘m deb xisoblasak 30 kunga mo‘ljallangan, 100 ta bemorga xisoblab chiksak 1 oyga 5000000 so‘m, 1 yilga 60000000 mablag‘ sarflanadi, girudoterapiya va kam tuzli parxez qo‘lanilgandan sung 2 karra kam yani 30 mln. sarflanadi, va byudjet mablaglaridan 30 mln. tejash imkonini beradi. Xulosa: taklif etilgan girudoterapiya va kam tuzli parxez 1 nafar bemorda 1 yilda 600000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
beshinchi ilmiy yangilik. girudoterapiyaning gipertenziyani davolashda qon va so‘lak kristallarining organizmda biokimyoviy va fizik xususiyatlarni yaxshilash mexanizmi xalq tabobati bilan uyg‘unlashgan zamonaviy biokimyoviy analiz usullari Farg‘ona shahar Arirang o‘zbek tibbiyot klinikasi 10.11.2023 15-son, Farg‘ona shahar Farovon klinikasi 28.11.2023 8-son, Shifonur Shams klinikasi 7-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gipertoniya kasaligida so‘lak tarkibini biokimyoviy va fizik o‘zgarishi aniqlash diagnostika samarasini oshiradi va davolash usularini tanlashga imkon yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Har bir gipertoniya kasaligi bilan og‘rigan bemorlarni tez tashhislashda yordamchi kam invaziv usullardan foydalanish safiga kiradi. Bemorlarni oilaviy poliklinikaga 1 kunlik qatnov uchun 60000 so‘m sarflansa, 100 nafar bemor qatnov uchun oilaviy poliklinikada xizmat ko‘rsatish umumiy 6 mln. budjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: girudoterapiyani qo‘llash, qushimcha kam invaziv diagnostik usullardan foydalanish va natijada davolash natijalariga ijobiy tasir ko‘rsatishi oilaviy poliklinika sharoitida 1 nafar bemor bola uchun 1 kuni hisobiga budjet mablag‘larini 60 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.