Qlichev Baxtiyor Pardaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xo‘jalik yurituvchi subektlarda operatsion faoliyat tahlilini takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2467.
Ilmiy rahbar: Choriev Isroil Xamzaevich, PhD, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Karshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Abdugafur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xo‘jalik yurituvchi subektlarda operatsion faoliyat tahlilini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mahsulot ishlab chiqarishning optimal hajmini ishlab chiqarish va sotish hajmi o‘rtasidagi eng kam minimum farqidan kelib chiqib belgilash orqali o‘z oborot mablag‘larini o‘sishiga erishish asoslangan;
xo‘jalik yurituvchi subektlarda debitorlik majburiyatlarini qisqa muddatda to‘lanishiga erishish hamda operatsion siklni qisqartirish maqsadida debitorlik majburiyati summasidan 4,3 % chegirma berish taklif etilgan;
xo‘jalik yurituvchi subektlarda mahsulotga bozordagi etalon mahsulotga nisbatan arzon va 5 %  samaradorlikka ega bo‘lish sharti bilan optimal baho shakllantirish asoslangan;
xo‘jalik yurituvchi subektlarda ishlab chiqarishning maksimal hajmini belgilash orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishning 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichilari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxonalar operatsion faoliyatini tahlil qilish va uni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xo‘jalik yurituvchi subektlarda mahsulot ishlab chiqarishning optimal hajmini ishlab chiqarish va sotish hajmi o‘rtasidagi eng kam minimum farqidan kelib chiqib belgilash taklifi “OHANGARONSEMENT” AJ tomonidan 2023-yil 1-chorak ishlab chiqarish dasturida amaliyotga tatbiq etish uchun qabul qilingan (“OHANGARONSEMENT” AJ ning 2023-yil 14-apreldagi 23/1-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur taklif asosida “OHANGARONSEMENT” AJ da 2023-yilning 1-choragida optimal hajmda mahsulot ishlab chiqarish orqali tayyor mahsulot qoldig‘ining o‘rtacha 4 % ga qisqartirishga erishilgan. Tayyor mahsulot qoldig‘ining bunday kamayishi orqali tayyor mahsulot aylanishining tezlashishi va oborotga qo‘shimcha 37 mlrd. so‘m jalb qilish imkoniyatiga erishilgan;
xo‘jalik yurituvchi subektlarda debitorlik majburiyatlarini qisqa muddatda to‘lanishi orqali operatsion siklni qisqartirish asosida tayyor mahsulotlarning aylanishini tezlashtirish maqsadida debitorlik majburiyatlariga to‘lov muddatini tezlashtirish uchun chegirmalar berish taklifi “OHANGARONSEMENT” AJ ning 2023-yil hisob siyosatining ichki nazorat tizimini tashkil etish bo‘limida aks ettirilgan  (“OHANGARONSEMENT” AJ ning 2023-yil 14-apreldagi 23/1-sonli maʼlumotnomasi). Ushbu taklif asosida 2023-yilning 1-choragida debitorlik majburiyatlariga 4,3 % chegirma berish orqali “OHANGARONSEMENT” AJ da debitorlik qarzlarining to‘lov muddatini kamaytirish, operatsion siklning qisqarishi hamda aylanma mablag‘lar aylanishini tezlashtirish  imkonini bergan;
maishiy texnika ishlab chiqaruvchi xo‘jalik yurituvchi subektlarda mahsulot bahosini bozordagi etalon mahsulot bahosidan kelib chiqib, yuqori samaradorlikka ega bo‘lishlik sharti asosida shakllantirish taklifi “OʻZELTEXSANOAT” uyushmasi tarkibidagi “QUALITY DEVICE” MChJ tomonidan 2023-yilga mo‘ljallangan “Faoliyatni kengaytirish va innovatsion rivojlanish Dasturi”  bo‘yicha yangi ishlab chiqariladigan mahsulotlarga tatbiq etish uchun qabul qilingan (“OʻZELTEXSANOAT” uyushmasining 2023-yil 21-iyuldagi 04-3/923-sonli maʼlumotnomasi). Ushbu taklifning “QUALITY DEVICE” MChJ amaliyotiga joriy qilinishi ishlab chiqarilgan yangi televizorga etalon mahsulotga nisbatan 5 % samaradorlikka ega va 49,2 $ arzon narx belgilash imkonini bergan.
xo‘jalik yurituvchi subektlarning operatsion faoliyati tahlilida mashina va jihozlarning texnik parametrlari asosida ishlab chiqarishning maksimal hajmini belgilash orqali kelgusida mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish salohiyatini aniqlash bo‘yicha taklifi “OHANGARONSEMENT” AJ tomonidan “2024-2030-yillarda Jamiyatni rivojlantirish strategiyasi” doirasida amaliyotga tatbiq etish uchun qabul qilingan (“OHANGARONSEMENT” AJ ning 2023-yil 14-apreldagi 23/1-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur taklif asosida “OHANGARONSEMENT” AJ da sement mahsulotini ishlab chiqarishda ishlab chiqarish hajmini 25 % ga oshirish imkoniyati mavjudligi tahliliy hisob-kitoblar asosida ko‘rsatib berilgan. Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi jamiyatning 2024-2030-yillarga mo‘ljallangan faoliyatni rivojlantirish dasturida ishlab chiqarish hajmining prognoz ko‘rsatkichlarini belgilash uchun xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish