Suleymanova Shoira Alavxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash asosida samaradorlikni oshirish”, 08.00.03 - Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari)/
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2104.
Ilmiy rahbar: Talipov Muxamadjan Sharifdjanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.I.03.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Samatov G‘affor Allaqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kucharov Abror Sobirjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik korxonalarida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash asosida samaradorlikni oshirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqarishning innovatsion salohiyatini diagnostika qilish yondashuvi innovatsion transformatsiyalashning istiqbol natijalarini bashorat qilishda texnologik madaniyat, texnokratiya va texnopoliyadan iborat uch bosqichli tizimiga ko‘ra takomillashtirilgan;
mato ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish tadbirlari doirasida matolardagi nuqsonlarni yuqori aniqlik bilan tezkor usulda nazorat qilishning intellektuallashtirilgan tizimini tashkil etish taklifi asoslangan;
“REALTEX TAShKENT” MChJ korxonasida “yashil tekstil”ga ko‘ra kimyoviy bo‘yoqlarni tabiiy bo‘yoqlarga almashtirishga ko‘ra mahsulot tannarxini pasaytirish va sifatini oshirish taklifi asoslangan;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish hajmining 2028 yilgacha mo‘ljallangan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalarida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash asosida samaradorlikni oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
ishlab chiqarishning innovatsion salohiyatini diagnostika qilish yondashuvini innovatsion transformatsiyalashning istiqbol natijalarini bashorat qilishda texnologik madaniyat, texnokratiya va texnopoliyadan iborat uch bosqichli tizimiga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha taklif “REALTEX TAShKENT” MChJ korxonasi faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 30 martdagi DM-56-sonli ma’lumotnomasi, “REALTEX TAShKENT” MChJ korxonasining 2023 yil 29 apreldagi 49-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tadbirlarni qo‘llash natijasida 2022 yilda umumiy mahsulot ishlab chiqarish hajmi 105,27 mln. so‘mga oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
mato ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish tadbirlari doirasida matolardagi nuqsonlarni yuqori aniqlik bilan tezkor usulda nazorat qilishning intellektuallashtirilgan tizimini tashkil etish taklifi “DIGITAL PRIME TEXTILES” MChJ korxonasi amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 30 martdagi DM-56-sonli ma’lumotnomasi, “DIGITAL PRIME TEXTILES” MChJ korxonasining 2022 yil 28 noyabrdagi 245-sonli ma’lumotnomasi). Natijada korxonaning iqtisodiy samaradorligi 2021 yilga nisbatan 2022 yilda 4,5 foizga oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
“yashil tekstil”ga ko‘ra kimyoviy bo‘yoqlarni tabiiy bo‘yoqlarga almashtirish asosida joriy etish orqali mahsulot tannarxini pasaytirish va sifatini oshirish taklifi “REALTEX TAShKENT” MChJ korxonasi amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 30 martdagi DM-56-sonli ma’lumotnomasi, “REALTEX TAShKENT” MChJ korxonasining 2023 yil 29 apreldagi 49-sonli ma’lumotnomasi). Natijada to‘qimachilik mahsuloti eksportidagi ulushi 2022 yilda 1,7 foiz (2021 yilda 1,05 foiz)ga oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish hajmining 2028 yilgacha mo‘ljallangan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflar «DIGITAL PRIME TEXTILES» MChJ korxonasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 30 martdagi DM-56-sonli ma’lumotnomasi, “DIGITAL PRIME TEXTILES” MChJ korxonasining 2022 yil 28 noyabrdagi 245-sonli ma’lumotnomasi). Natijada korxonaning umumiy mahsulot hajmi 2028 yilga kelib 2023 yilga nisbatan 2,5 barobarga oshishi mumkinligi ilmiy asoslangan.