Quziboev Shoirjon Shavkat o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy sanoat chiqindilari asosida olingan gipsli kompozisiyalarni strukturasi va xususiyatlari” 05.09.05–Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T2730.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xamidov Adxamjon Inomjonovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika  instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/01.04.2023.T.90.02.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Maxamataliev Irkin Muminovich texnika fanlari doktori professor. Sattorov Zafar Murodovich, texnika fanlari nomzodi, professor;
Yetakchi tashkilot nomi: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarkibida gips birikmalari bo‘lgan farfor-fayans va sanitar-texnik buyumlar ishlab chiqaruvchi keramika sanoati korxonalarida ishlatiladigan gips qoliplari chiqindilaridan yuqori sifatli gips bog‘lovchilarini olish va ular asosida  marmar va travertin pardozbop plitalari ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan chiqindilarni qo‘shib, devorbop kompozision buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.       
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tarkibida gips birikmalari bo‘lgan farfor-fayans va sanitar- texnik buyumlar ishlab chiqaruvchi keramika sanoati korxonalarida ishlatiladigan gips qoliplari chiqindilaridan 210 0C izotermal haroratda, 240 daqiqa davomida kuydirish     (“terma zarba”usulida) orqali fizik-mexanik xususiyatlar bo‘yicha DAST 23789-2018 talablariga javob beruvchi, G 10 markadagi (Rsiq.= 11,5MPa; Reg.= 4,8MPa) yuqori sifatli gips bog‘lovchisini olish usuli ishlab chiqilgan;
modifikatsiyalangan gips kompozisiyalarining qotishidagi geterogen jarayonlarda marmar va travertinning kimyoviy reaksiyalari natijasida yangi fazalar hosil bo‘lishi asoslangan;
gipsli kompozision materiallarning fizik-kimyoviy tarkibi, strukturasi va fizik-mexanik xossalariga SDj-2 superplastifikator hamda alyuminiy sulfat g‘ovak hosil qiluvchi qo‘shimchalarning  ta’sir qilish mexanizmi rentgen nurlari difraksiyasi, differensial termik tahlil usullari yordamida ishlab chiqilgan;
tarkibida gips birikmalari bo‘lgan farfor-fayans va sanitar- texnik buyumlar ishlab chiqaruvchi keramika sanoati korxonalarida ishlatiladigan gips qoliplari chiqindilari, hamda marmar  va travertin chiqindi qo‘shimchalari bilan modifikatsiyalashtirilgan gipsobetonning siqilishdagi mustahkamligi, optimal tarkibi va strukturasini shakllanish jarayonlari tajriba – tadqiqot ishlari natijasida asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarkibida gips birikmalari bo‘lgan farfor-fayans va sanitar- texnik buyumlar ishlab chiqaruvchi keramika sanoati korxonalarida ishlatiladigan gips qoliplari chiqindilaridan olingan travertin, marmar, gips, alyuminiy sulfati, SDj-2 supperplastifikatori va suv asosidagi tadqiqot natijalari Farg‘ona viloyatidagi “New Building-Bricks” MChJ xususiy korxonasida devorbop bloklar ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2023-yil 27-sentyabrgi 05/15-1928-son ma’lumotnomasi). Natijada 12 m3 hajmda issiqlik saqlovchi  gazogipsbloklari ishlab chiqarildi. 1m3 kompozit gazogipsblokning korxonada ishlab chiqarilayotgan gazobetonga nisbatan iqtisodiy samaradorligi 82302,73 so‘m yoki 16% ga arzon ekanligini ko‘rsatdi. Bir kunda 1000 dona blok ishlab chiqarilsa, korxonaning kunlik foydasi 2729,77x1000 = 2729775 so‘mni tashkil etgan
Tarkibida gips birikmalari bo‘lgan farfor-fayans va sanitar- texnik buyumlar ishlab chiqaruvchi keramika sanoati korxonalarida ishlatiladigan gips qoliplari chiqindilari asosida ishlab chiqarilgan gazogipsobeton tarkibini va texnologiyasini amaliyotga joriy qilish natijasida olingan yangi mahsulot tannarxini 12-16% ga arzonlashtirishga, hamda 1000 dona devorbop bloklar ishlab chiqarishda 2.7 million so‘m iqtisodiy samaraga erishilgan. Sinovlar tegishli standartlar talablariga muvofiq o‘tkazilgan. Doimiy massagacha quritilgan namunalarning o‘rtacha zichligi 591-622 kg/m3 oralig‘ida o‘zgargan. Modifikatsiyalangan gazogipsobeton namunalarining namligi 7,3-14,5% miqdorni tashkil qilgan. D600 zichliklardagi namunalarning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti 0.112W/(m oC)ga teng ekanligi (102-105%ga yaxshilangan), siqilishga bo‘lgan mustahkamligi 6,8 MPa tashkil etganligi (103-107% ga oshgan) aniqlangan.     (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2023-yil 27-sentyabrgi 05/15-1928-son ma’lumotnomasi).“New Building-Bricks” MChJda marmar va travertin texnogen chiqindilari asosida olingan, kimyoviy qo‘shimcha bilan modifikasiyalangan optimal tarkibili gazogipsobetondan devorbop bloklar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish