Jo‘rabekov Ma’murjon Axmadjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat korxonalarining innovatsion-investision faoliyati samaradorligini oshirish», 08.00.03 – «Sanoat iqtisodiyoti» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt1465.
Ilmiy maslahatchi: Muxitdinova Kamola Alisherovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar:.Qosimova Dilorom Sobirovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yuldasheva Saodat Arslanovna iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi neft-gaz sanoat korxonalarining innovatsion-investision faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft-gaz sanoati sub’ekti investision manfaatini himoya qilish va loyihaviy tadbiq’i barqarorligini oshirishda risklarni pasaytirishning me’yoriga yondashuv investisiya obekti, nomoddiy investisiyalar, qayta ishlab chiqarish xususiyati va moliyaviy kabi belgilari asosida risk pasaytirish me’yorining eng quyi va eng yuqori darajalariga ko‘ra takomillashtirilgan;
krauddayrakting strategiyasi negizida texnologik yangilanish, innovastion faoliyat, intellektual kapital, xodimlarni rag‘batlantirish kabilarga ko‘ra neft-gaz sanoati korxonalarini innovatsion-investision faoliyati samaradorligining 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan asosiy prognoz parametrlari asoslangan;
neft-gaz sanoati soha va tarmoq korxonalari infratuzilmasini transformastion rivojlantirishda raqamlashtirilgan kombinatsiyalar fokusi asosida 2023-2032 yillarga mo‘ljallangan istiqbol ko‘rsatkichlari asoslangan;
sanoat korxonalariga texnologik diffuzional va sarmoyaviy traektoriya samaradoriligini aniqlashga qaratilgan “innovatsion matrista modeli” innovatsion-investision matristaviy baholashning massivlashtirilgan yondashuv sifatida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalarining innovatsion-investision faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavciyalar asosida:
neft-gaz sanoati subekti investision manfaatini himoya qilish va loyihaviy tadbiq’i barqarorligini oshirishda risklarni pasaytirishning me’yoriga yondashuv investisiya obekti, nomoddiy investisiyalar, qayta ishlab chiqarish xususiyati, moliyaviy va muddati kabi belgilar asosida risk pasaytirish me’yorining eng quyi va eng yuqori darajalariga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha takliflar “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ishlab chiqarishning innovatsion samaradorligini oshirish bo‘yicha tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 27 oktyabrdagi 03-18-8-880-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif innovatsion-investision loyihalarni saralash, ularning ishlab chiqarish jarayoniga operativ tarzda kiritilishi hamda har ishlab chiqarish stiklida o‘z samarasini berish darajasi ortib borishga erishilishiga hamda jamiyatning innovatsion-investision loyihalarning tavakkalchiligini baholash kafolati 5,3 foizga oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
krauddayrakting strategiyasi negizida texnologik yangilanish, innovastion faoliyat, intellektual kapital, xodimlarni rag‘batlantirish kabilarga ko‘ra neft-gaz sanoati korxonalarini innovatsion-investision faoliyati samaradorligining 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan asosiy prognoz parametrlari “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ishlab chiqarishning innovastion samaradorligini oshirish bo‘yicha tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning AJning 2023 yil 27 oktyabrdagi 03-18-8-880-sonli ma’lumotnomasi).
neft-gaz sanoati soha va tarmoq korxonalari infratuzilmasini transformatsion rivojlantirishda raqamlashtirilgan kombinastiyalar fokusi asosida 2023-2032 yillarga mo‘ljallangan istiqbol ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflar O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan neft-gaz sanoatini istiqbolda rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqarishda foydalanilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 27 oktyabrdagi 03-18-8-880-sonli ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan takliflar mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish asosida, jumladan 2023 yilda kamida 2,3 mlrd. so‘m mablag‘ning tejaliiga muayyan darajada xizmat qilgan;
sanoat korxonalariga texnologik diffuzional va sarmoyaviy traektoriya samaradoriligini aniqlashga qaratilgan “innovatsion matrista modeli” innovatsion-investision matrisaviy baholashning massivlashtirilgan yondashuv sifatida takomillashtirish taklifi “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 27 oktyabrdagi 03-18-8-880-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif “O‘zbekneftgaz” AJ va tarkibdagi sanoat korxonalarining innovatsion-investision faoliyati samaradorligini 7,4 foizga oshirishga muayyan darajada imkonini bergan.