Mamadalieva Ra’noxon Zakirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Allochrusa gypsophiloides o‘simligining kimyoviy tarkibi va biologik faolligi», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/K399.
Ilmiy rahbar: Xo‘jaev Vaxobjon Umarovich, kimyo fanlari doktori,  professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Aripova Salimaxon Fozilovna, kimyo fanlari doktori, professor; Siddiqov G‘ofurjon Usmanovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Allochrusa gypsophiloides o‘simligidan birlamchi va ikkilamchi metabolitlarni ajratib olish, tuzilishlarini va biologik faolliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Allochrusa gypsophiloides o‘simligining kimyoviy tarkibi va biologik faolligi o‘rganilib, ushbu o‘simlikdan jami 4 ta metabolitlar ajratib olingan va tuzilishlari isbotlangan;
A. gypsophiloides o‘simligidan triterpenlar sinfiga mansub, yangi modda – Allogipsozid A ajratib olingan va tuzilishi isbotlangan;
A. gypsophiloides o‘simligi ekstrakti yangi zamonaviy UHPLC-MS usuli yordamida tahlil qilish uslubi ishlab chiqilgan va jami 48 ta metabolitlar identifikatsiya qilingan;
A. gypsophiloides o‘simligining er ustki qismidan olingan efir moyining kimyoviy tarkibini tahlil qilish natijasida jami 59 ta moddalar identifikatsiya qilingan;
A. gypsophiloides o‘simligining turli ekstraktlarining biologik faolliklari o‘rganilgan, etanol-suvli ekstrakti antioksidant faollik, etilatsetat ekstrakti esa kuchli antitirozinaza va antixolinesteraza faolliklarini namoyon qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Allochrusa gypsophiloides o‘simligini kimyoviy tarkibi va biologik faolliklarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
A. gypsophiloides dan ajratib olingan efir moyi va ekstraktlarining biologik faolliklari bo‘yicha qilingan xulosalar, biotestlar o‘tkazishda bajarilgan uslublardan “Tabiiy va sintetik birikmalarning biologik faolligini in vitro o‘rganish. Oqsil injenerligi. Rekombinant oqsillarni tayyorlash. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan va boshqa turdagi kasalliklar diagnostikasi uchun aniq molekulyar-genetik markyorlarni ishlab chiqish” mavzusidagi (2021-2024 yy.) fundamental tadqiqotlarda tabiiy birikmalarni in vitro faolliklarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yilning 4 oktyabrdagi 01/02-737-son ma’lumotnomasi). Natijada, kelajakda tibbiyotda zaharliligi kam bo‘lgan mahalliy o‘simlik xom ashyosi asosidagi yangi dori vositalarini yaratish imkonini bergan;
A. gypsophiloides o‘simliklari metabolitlarini aniqlash, ajratish va ularni identifikatsiya qilishda olingan natijalardan 112PUPR25-7 - “Plant nutritional composition, abiotic stresses resistance and biofortification” loyihasida o‘simliklarni kimyoviy tarkibini va biofaol moddalarini aniqlashda foydalanilgan (Marokashning Mohammad VI Politexnika Universitetining 2024 yil 15 yanvaridagi ma’lumotnomasi). Natijada, turli oziq-ovqat o‘simliklari tarkibida uchraydigan va Allochrusa turkum o‘simliklarida topilgan moddalarga o‘xshash tuzilishdagi birikmalarni kimyoviy jihatdan tavsiflash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish