Xolmurotov Botirjon Tursinboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta quritish barabanidagi yong‘in chiqishini oldini olish mexatronik tizimini ishlab chiqish va mobil ilova yaratish” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3313
Ilmiy rahbar: Sharibaev Nosirjon Yusubjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik institutida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Muxamadiev Davlatali Mustafoevich texnika fanlari texnika fanlari doktori, professor (05.02.03), Sarimsaqov Olimjon Sharifjonovich texnika fanlari doktori, professor, (05.02.03).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxta quritish agentining harakat qonunlarini modellashtirish va quritish barabanida yong‘in xavfsizligini ta’minlashning mexatronik tizimini ishlab chiqish orqali avtomatik nazorat qilish mobil ilovasini yaratish yo‘li bilan quritish barabanining ishonchlilik ko‘rsatkichlarini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor SCADA monitoringi tizimi yordamida paxta quritish barabanidagi quritish agenti haroratini va is gazining (CO) miqdorini nazorat qilish yo‘li bilan paxtani quritish jarayonida yong‘in chiqish havfini an’anaviy usulga nisbatan 5 soniyaga ertaroq aniqlaydigan mexatronik konstruksiyasi tizimi yaratilgan;
ilk bor 2SB-10 uskunasida paxta quritish jarayonida agent tarkibiga qo‘shimcha bir miqdor gazni yuborish va chiqishdagi gaz miqdorini stabillashish vaqtini tahlili yordamida barabandagi is (CO) gazini harakat dinamikasining matematik modeli islab chiqilgan;
real vaqt holatida 2SB-10 rusumli paxta quritish barabanida yong‘in chiqishining oldini oluvchi SCADA monitoring va mexatronik tizimlari ma’lumotiga asosan quritish barabanida chiqishdagi quritish agenti parametrlari regression matematik model orqali aniqlangan;
agent tarkibidagi qo‘shimcha yong‘in havfidan darak beruvchi is (CO) gazini barabandan to‘la chiqib ketish vaqtini aniqlaydigan hamda muhitda gaz tarkibining o‘zgarishlarini masofadan turib tahlil qilish imkoniyati beruvchi mexatronik tizim ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxta quritish barabanidagi yong‘in chiqishini oldini olish mexatronik tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Yong‘in chiqishini oldini olish mexatronik tizimi konstruksiyasi Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida joylashgan “QADIR TEXTIL CLASTER” MChJ da ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zbekiston Paxta-to‘qimachilik klasterlar” uyushmasining 2023 yil 16 oktyabrdagi 03/22-800-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2SB-10 rusumli paxta quritish barabanida yong‘in chiqishidan oldin quritish agenti parametrlari va muhitda gaz tarkibidagi (CO) miqdorini o‘zgarishi hamda bu hodisani masofadan turib nazorat qilish imkoniyatlarini hisobga olgan holda barabanda real vaqt holatida quritish barabanida yong‘in chiqishining oldini oluvchi SCADA monitoring tizimi yordamida bir mavsumda 6.3 tonna paxta xomashyosini yo‘qotilishi oldi olingan, quritish jarayonida paxta navlarining pasayish ko‘rsatkichi 1.3%dan 0.2% ga yaxshilanishiga erishilgan hamda ishlab chiqarishga joriy qilishdan olingan iqtisodiy samaradorlik yiliga 235,466 ming so‘mni tashkil etgan.