Xaydarov Baxtiyor Xalimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish”, 08.00.13–“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2019.2.PhD/Iqt1065.
Ilmiy rahbari: Urinov Bobur Nasilloevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Rasulov Nodirbek Madraximovich, iqtisod fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni xalqaro standartlar va ilg‘or amaliyot asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming barobaridan kam bo‘lgan davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlari uchun ichki audit xizmatini tashkil etish talabini bekor qilish orqali ularning xarajatlarini qisqartirish va operatsion samaradorligini taʼminlash asoslangan;
davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarida biznes faoliyatni kutilmagan hodisa ta’siridagi iqtisodiy zarardan saqlashni ta’minlashda «Korxona faoliyatining davomiylik rejasi»ni joriy etish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda davlat mulkini saqlash mezonlarini belgilash orqali davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarini xususiylashtirish dasturlarini shakllantirishda subektiv yondashuvning oldini olish asosida ularning sonini 2026-yilga qadar 80 foizga qisqartirish prognozi ishlab chiqilgan;
«O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJning uzoq muddatli davrdagi korporativ boshqaruv ko‘rsatkichi hamda axborot siyosatining sof foydaga ta’siri va o‘zaro bog‘liqligining korrelyasion-regression tahlili asosida 2027-yilga qadar prognoz parametrlari baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming barobaridan kam bo‘lgan davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlari uchun ichki audit xizmatini tashkil etish talabini bekor qilish orqali ularning xarajatlarini qisqartirish va operatsion samaradorligini taʼminlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023-yil 26-maydagi 03/09-17/2247-son maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etelishi natijasida 80 ta aksiyadorlik jamiyatlarining bir yilda 3,2 mlrd. so‘m xarajati iqtisod qilinishiga erishilgan;
davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarida biznes faoliyatni kutilmagan hodisa ta’siridagi iqtisodiy zarardan saqlashni ta’minlashda «Korxona faoliyatining davomiylik rejasi»ni joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023-yil 26-maydagi 03/09-17/2247-son maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 18 ta davlat ishtirokidagi korxonalarda mazkur mexanizmni joriy etish bo‘yicha boshqaruv organlari qarorlari qabul qilinib, biznes faoliyat kutilmagan hodisalar hisobiga zarar ko‘rishning oldi olingan;
O‘zbekistonda davlat mulkini saqlash mezonlarini belgilash orqali davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarini xususiylashtirish dasturlarini shakllantirishda subektiv yondashuvning oldini olish asosida ularning sonini 2026-yilga qadar 80 foizga qisqartirish prognozi O‘zbekiston Respublikasining «Davlat mulkini boshqarish to‘gʻrisida»gi Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023-yil 26-maydagi 03/09-17/2247-son maʼlumotnomasi). Mazkur qonunning qabul qilinishi davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlari sonini 2026-yilga qadar 80 foizga qisqartirishga hamda davlat ixtiyorida faqat milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan strategik aksiyadorlik jamiyatlarini saqlab qolishga xizmat qilgan;
«O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJning uzoq muddatli davrdagi korporativ boshqaruv ko‘rsatkichi hamda axborot siyosatining sof foydaga ta’siri va o‘zaro bog‘liqligining korrelyasion-regression tahlili asosida 2027-yilga qadar prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023-yil 26-maydagi 03/09-17/2247-son maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJning uzoq muddatli davrdagi korporativ boshqaruv ko‘rsatkichlari va asosiy parametrlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish