Suyunov Jabbor Ro‘ziboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ba’zi d-metallarning 1,5-naftalindisulfo kislotaning dinatriyli tuzi bilan kompleks birikmalari sintezi, ularning kristall tuzilishlari va xossalari», 02.00.01 – Noorganik kimyo, 02.00.04 – Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/K684.
Ilmiy rahbarlar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ashurov Jamshid Mengnorovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.04.2022.K.78.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zimuradov Olim Narbekovich, kimyo fanlari doktori, professor; Razzoqova Surayyo Razzoqovna, kimyo fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ba’zi d-metallarning NDS bilan kompleks birikmalari sintezi, ularning kristall tuzilishlari, kvant-kimyoviy parametrlari, molekulalararo tasirlashish energiyalari va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor NDS ning  Cu(II), Ni(II), Co(II), Cd(II), Zn(II) kationlari bilan 7 ta yangi aralash-ligandli kompleks birikmalari sintez qilingan, ularning monokristallari olingan va rentgen tuzilish tahlil ma’lumotlari asosida kristall tuzilishlari aniqlangan;
SRSM (o‘tkazuvchilarga o‘xshash qutblanuvchan muhit modeli) usuli yordamida Ni(En)(H2O)4](NDS)‧2H2O va [Co(En)2(NO3)](NDS)‧4H2O komplekslarning termodinamik parametrlarining erituvchilar ta’sirida o‘zgarishlari aniqlangan;
Cu(II), Ni(II), Co(II), Cd(II), Zn(II) kationlarining NDS bilan hosil qilgan aralash-ligandli komplekslarining Hirshfeld sirt tahlillarini amalga oshirish natijasida H…O/O…H, H…H va C…H/H…C orasidagi bog‘larning komplekslar kristall tuzilishiga ta’siri yuqori bo‘lishi isbotlangan.
[Cu(En)2(NDS)]n, [Ni(En)(H2O)4](NDS)‧2H2O va [Zn(ofda)2(H2O)2](NDS) kompleks birikmalarning bakteriya shtammlariga qarshi bakteriosid xususiyatlari mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
NDS ning d-metallar bilan aralash-ligandli kompleks birikmalari sintezi, kristall tuzilishi hamda biologik faolligi boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
[Cu(En)2(NDS)]n, [Ni(En)(H2O)4](NDS)‧2H2O, {Na2[Cu(H2O)4(NDS)2]· (H2O)2}n, va [Co(En)2(NO3)](NDS)‧4H2O, [Zn(ofda)2(H2O)2](NDS), [Cd(ofda)4]· (NDS), [Ni(ofda)2(H2O)2](NDS) kompleks birikmalarining rentgen tuzilish tahlili natijalari Kembridj kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Crystallographic Data Centre, https://www.ccdc.cam.ac.uk/conts/retrievihg.html CCDC depozit nomerlari 2212512, 2212513, 2232763, 2232757, 2256644, 2257108, 2303464 olingan). Natijada, bazaga kiritilgan kimyoviy birikmalar oʻxshash birikmalarni sintez qilishda, tuzilishini tavsiflashda taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalanish imkonini bergan;
1,5-naftalindisulfo kislotaning dinatriyli tuzi (NDS) ning Cu(II) ioni bilan hosil qilgan kompleks birikmasining 0,5%li eritmasi “NOVA FARM” MChJ O‘zbekiston-Xindiston qo‘shma korxonasida dezinfeksiyalovchi vositalar tayyorlashda amaliyotga joriy etilgan (“NOVA FARM” MChJ O‘zbekiston-Xindiston qo‘shma korxonasining 2023 yil 4 dekabrdagi 39-son ma’lumotnomasi). Natijada, bakteriyalardan himoyalovchi yuqori samarali dezinfeksiyalovchi vositalar olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish