Elmonov Sirojiddin Mamadiyarovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Junni o‘simlik aralashmalaridan tozalash mashinasining samarali konstruksiyasini ishlab chiqish va ishchi parametrlarini asoslash», 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T242.

Ilmiy rahbar: Djuraev Anvar, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.

Rasmiy opponentlar: Baxadirov Gayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Qulmetov Mirpolat, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: junni o‘simlik aralashmalaridan tozalash mashinasining resurstejamkor, samarali konstruksiyasini ishlab chiqish, ishchi organlari parametrlari va ishlash rejimlarini asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

junni o‘simlik aralashmalaridan tozalash mashinasining resurstejamkor, samarali konstruksiyalari, arra tishlaridan jun tutamini ajratib olish barabani va o‘zgaruvchan uzatish nisbatli tasmali uzatmalarning konstruksiyalari ishlab chiqilgan;

tozalagich kolosniklari tebranishi, siljish qiymatlari, qayishqoqligi va kerakli massa qiymatlari aniqlangan;

arra tishlarining jun tutamini ajratib olish jarayoni, tarkibli elastik plastina tebranish xarakteristikalari topilgan, parametrlari ishlab chiqilgan;

tajribaviy tadqiqotlar asosida arrali silindr yuklanishining o‘zgarish bog‘lanishlari aniqlangan, uning o‘zgarishiga tasmali uzatma tarkibli shkivi qayishqoq element bikrligini ta’sir darajasi va bog‘lanishlari aniqlangan;

to‘liq faktorli tajribaviy tadqiqotlar asosida junni o‘simlik aralashmalaridan samarali tozalashni ta’minlaydigan mashinaning optimal parametrlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Junni o‘simlik aralashmalaridan tozalash mashinasining resurstejamkor, samarali konstruksiyasini qo‘llab junni tozalash samarasini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

junni o‘simlik aralashmalaridan tozalash uskunasi, tolali materiallarni tozalagich uskunasiga Intellektual mulk agentligining foydali model patentlari olingan («Junni o‘simlik aralashmalaridan tozalash uskunasi», №FAP 01015-2015 y.; «Tolali materiallarni tozalagich» №FAP 01077-2016 y.). Natijada jundan qiyin ajraluvchi o‘simlik aralashma-larini oson ajratish imkonini bergan;

tasmali uzatma uchun Intellektual mulk agentligining foydali model patentlari olingan («Tasmali uzatma», №FAP 00734-2012 y., №FAP 00813-2013 y.). Natijada tozalash mashinasi ishchi organ yuritmalari yuklanishlarining tebranishlarini so‘ndirish va tozalash samarasini 7,2%ga oshirish imkonini bergan;

taviya qilingan junni o‘simlik aralashmalaridan tozalash mashinasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tizimidagi korxonalarda, xususan Buxoro viloyati “O‘KTAM-KO” va “KOMTES-PPOSH” MChJ korxonalarida joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 8 maydagi DM-176-son ma’lumotnomasi). Natijada junni o‘simlik aralashmalaridan tozalash mashinasining ishlab chiqarish sinovi natijalariga asosan jun tolaning mexanik shikastlanishi 4,2%ga, jun tolasidan chiqindilarni 8,5-10,5%gacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish