Xodjabaeva Nargiza Isakovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chaqaloqlar savdosi bilan bog‘liq jinoyat ishlarini tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari”, 12.00.09-Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Yu1195. 
Ilmiy rahbar: Axmedova Guzal Utkurovna, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Raxmonova Surayyo Maxmudovna, yuridik fanlar doktori, professor; Xusanov Anvar Djumabaevich, yuridik fanlar falsafa doktori (PhD), dotsent.    
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi chaqaloqlar savdosiga qarshi kurashning tashkiliy-huquqiy, jinoiy-huquqiy va protsessual masalalarini ochib berish, chaqaloqlar savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishning zarur kriminalistik vositalari va usullarini aniqlash, shuningdek, chaqaloqlar savdosini tekshirishning maxsus kriminalistik uslubiyotini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga etmagan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirishda voyaga etmagan shaxslarning uy-joyi xavfsizligi, daxlsizligi, xat-xabarlari sir tutilishi; ekspluatatsiya va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan, shu jumladan, jismoniy, ruhiy va jinsiy zo‘ravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qo‘pol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan, huquqbuzarliklar va g‘ayriijtimoiy harakatlar sodir etishga jalb etilishidan himoya qilinishi; tarjimon, pedagog yoki psixolog, shu bilan birga qonuniy vakilning ishtiroki ta’minlanishi shartligi asoslantirilgan;
odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga etmagan shaxslarni dastlabki identifikatsiya qilish uchun ushbu jarayon ular bilan maxsus jihozlangan xonada, qayd etishning texnik vositalaridan foydalangan holda, ota-onasi yoki qonuniy vakili, homiylik hamda vasiylik organining vakili va psixolog ishtirokida suhbat o‘tkazish orqali amalga oshirilishi shartligi asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi hududida odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga etmagan shaxslarni identifikatsiya qilish bo‘yicha suhbatda voyaga etmagan shaxslar ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning ishtirok etishi ta’minlanishi shartligi isbotlangan;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shu jumladan voyaga etmaganlarning, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarning qonuniy vakillari genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olishni amalga oshirishda “o‘zining genomga oid axboroti yoki o‘zi qaysi shaxslarning qonuniy manfaatlarini ifodalayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning genomga oid axboroti bilan tanishish” huquqiga ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Chaqaloqlar savdosi bilan bog‘liq jinoyat ishlarini tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga etmagan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirishda voyaga etmagan shaxslarning uy-joyi xavfsizligi, daxlsizligi, xat-xabarlari sir tutilishi; ekspluatatsiya va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan, shu jumladan, jismoniy, ruhiy va jinsiy zo‘ravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qo‘pol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan, huquqbuzarliklar va g‘ayriijtimoiy harakatlar sodir etishga jalb etilishidan himoya qilinishi; tarjimon, pedagog yoki psixolog, shu bilan birga qonuniy vakilning ishtiroki ta’minlanishi to‘g‘risidagi taklif “Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 54-bandida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentinig 2023-yil 16-noyabrdagi 12-15-117-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar odam savdosidan jabrlangan voyaga etmagan shaxslarning xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilgan;
odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga etmagan shaxslarni dastlabki identifikatsiya qilish uchun ushbu jarayon ular bilan maxsus jihozlangan xonada, qayd etishning texnik vositalaridan foydalangan holda, ota-onasi yoki qonuniy vakili, homiylik hamda vasiylik organining vakili va psixolog ishtirokida suhbat o‘tkazish orqali amalga oshirilishi to‘g‘risidagi taklif “Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 57-bandida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentinig 2023-yil 16-noyabrdagi 12-15-117-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi odam savdosidan jabrlangan voyaga etmagan shaxsni identifikatsiyalash bilan bog‘liq jarayonni yaxshilashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi hududida odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga etmagan shaxslarni identifikatsiya qilish bo‘yicha suhbatda voyaga etmagan shaxslar ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning ishtirok etishi ta’minlanishi to‘g‘risidagi taklif “Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 59-bandida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentinig 2023-yil 16-noyabrdagi 12-15-117-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi odam savdosidan jabrlangan deb tahmin qilinayotgan voyaga etmagan shaxsni identifikatsiya qilish jarayonida uning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shu jumladan voyaga etmaganlarning, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarning qonuniy vakillari genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olishni amalga oshirishda “o‘zining genomga oid axboroti yoki o‘zi qaysi shaxslarning qonuniy manfaatlarini ifodalayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning genomga oid axboroti bilan tanishish” huquqiga ega ekanligi to‘g‘risidagi taklif “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi”gi Qonunining 13-moddasida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavsizlik masalalari qo‘mitasining 2023-yil 08-noyabrdagi 04/5-10-39-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi voyaga etmagan shaxslarni genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibini takomillashtirishgan xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish