Dusmurodov Ergash Bozorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kompozision kimyoviy reagentlar va barqarorlashgan burg‘ilash qorishmalari, ularni neft va gaz sanoatida quduqlarni burg‘ilash jarayonida qo‘llash», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 04.00.11 – Quduqlarni burg‘ilash va o‘zlashtirish texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3804.
Ilmiy rahbarlar: Negmatova Komila Soyibjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Ikramova Muqaddas Eralievna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Omonov Odiljon Solijonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent; Ismailov Ravshan Isroilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompozision kimyoviy reagentlar va barqarorlashgan burg‘ilash qorishmalarini ishlab chiqish va ularni neft va gaz sanoatida quduqlarni burg‘ilash jarayonida qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xom ashyo va sanoat chiqindilari asosidagi organo-noorganik ingredientlarning tabiati, turi, miqdori va nisbatiga qarab, fizik-mexanik va kolloid-kimyoviy xususiyatlarining o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
gilli suspenziyalarda ishlab chiqilgan kompozision kimyoviy reagentlar-qo‘shimchalarning (KXR-D) koagulyasion struktura hosil bo‘lish jarayonlariga texnologik omillarning ta’siri aniqlangan;
burg‘i va burg‘ilash kolonnalari ostidagi komponovka elementlarida (KNBK) sal`nik hosil bo‘lishini oldini olish uchun mahalliy xom ashyo va sanoat chiqindilaridagi organomineral ingredientlar asosida KXR-D kompozision kimyoviy reagentlar-qo‘shimchalarning optimal tarkiblari ishlab chiqilgan;
mahalliy xom ashyo va sanoat chiqindilaridan foydalangan holda samaradorligi va arzonligi bilan ajralib turadigan yangi kompozision kimyoviy reagentlar - KXR-D qo‘shimchalarni va ular asosida barqarorlashgan burg‘ilash qorishmalarini olishning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kompozision kimyoviy reagentlar va barqarorlashgan burg‘ilash qorishmalarini ishlab chiqish va ularni neft va gaz sanoatida quduqlarni burg‘ilash jarayonida qo‘llash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mahalliy xom ashyo va sanoat chiqindilari asosida ishlab chiqilgan kompozision kimyoviy reagent-qo‘shimchalar (KXR-D) Buxoroneftgazparmalash OAJga qarashli neft` va gaz quduqlarini burg‘ilash jarayonida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2023 yil 26 maydagi 03-18-8-401-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft` va gaz quduqlarini burg‘ilash jarayonida burg‘ilash qorishmalarining suv ajralishi kamayib, siljishning statik kuchlanishi 4,7 mg/sm2 dan 12,4 mg/sm2 gacha oshirish imkonini bergan;
yuqori fizik-kimyoviy va texnologik xususiyatlarga ega bo‘lgan kompozision kimyoviy reagentlarni olishning resurstejamkor texnologiyasi Buxoroneftgazparmalash OAJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2023 yil 26 maydagi 03-18-8-401-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompozision kimyoviy reagent-qo‘shimchalarning samarali tarkiblarini va ular asosida barqarorlashgan burg‘ilash qorishmalarini olish hamda «O‘zbekneftegaz» AJning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish