Mansurov Baxodir Mirdjalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mineral xom ashyolar asosida yangi tarkibli yong‘in o‘chirish kukun moddalarini olish usullarini takomillashtirish”, 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” ixtisosligida dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4062.
ilmiy rahbar: FVV Akademiyasi kafedra professori texnika fanlari doktori, professor B.T.Ibragimov.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi
DSc.40/29.12.2022.T.129.01 raqamli Ilmiy kengashi.
Rasmiy opponent sifatida Toshkent kimyo texnologiyalar ilmiy tadqiqot instituti loboratoriya mudiri t.f.d, pofessor Nurqulov Fayzullo Nurmo‘minovich va O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi kafedra dotsent t.f.f.d (PhD), dotsent Tolibjonov Isroil Rustamovichlar tavsiya etilsin.
Yetakchi tashkilot sifatida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi kalsiy stearat, kalsiya oleat, kalsiy karbonat, ammofos va mikrokremnezem kukuni asosida yuqori dispersli oquvchanligi bo‘lgan va yong‘in o‘chirish samaradorligiga ega, modifikatsiyalangan yangi kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkiblarni yaratish, ularning fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq etish hamda yong‘in o‘chirish amaliyotiga joriy etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
kalsiy stearat, kalsiy karbonat, ammofos va mikrokremnezem asosidagi birikmalar iborat kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkiblari ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning turli xil nisbatli mexanik aralashmalaridan tashkil topgan, samarador kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkiblarini olishning optimal konsentratsiyalari va texnologik reglamentlari aniqlangan;
Fosforit-1 va fosforit -2 markali gidrofob xususiyatli kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkiblarni olishning optimal sharoitlari va fizik-mexanik xossalari, yong‘in o‘chog‘iga kukun moddasini tezkorlik purkashi orqali qattiq va suyuq moddalarni benuqson o‘chira olish xususiyati oshirilgan, yong‘in o‘chirish kukunlari yong‘inlarni tezkorlik bilan o‘chirish olish samaradorligi 25-28% gacha yaxshilanganligi aniqlangan;
yangi olingan kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkiblar yong‘in o‘chirish xossasi bo‘yicha tahlil qilinganda gidrofob xususiyatli kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkiblarni amaliyotga qo‘llashda mahsulot sarfi 2,0-0,6 kg/m2 hamda intensivligi 0,15 kg/(m2s) gacha yaxshilash usullari takomillashtiridgan;
taklif etilayotgan kukunli yong‘in o‘chiruvchi yangi tarkiblairning A1, A2, V1 va V2 sinflarga mansub bo‘lgan moddalarni samarali o‘chira olishi imkoniyati hamda gidrofoblilik xususiyatli yuqori va samarador ekanligi import qilinayotgan analoglarga nisbatan taxliliy asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘p funksionalli to‘ldiruvchilar asosida yangi kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkiblarni olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Fosforit-1 markali gidrofob xususiyatli kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkiblari Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (Buxoro viloyati FVBning 2023 yil 24 yanvardagi 6/4/38-209-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkiblarni qo‘llanilganda, ularning A1, A2, V1 va V2 sinflarga mansub bo‘lgan moddalarni o‘chirishda yuqori samaradorlikga erishgan;
fosforit -2 markali kukunli yong‘in o‘chiruvchi kompozit tarkiblari Favqulodda vaziyatlar vazirligida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi FVVning 2023 yil 24 yanvardagi 6/4/38-209-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi olingan kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkiblarning solishtirma samaradorligi mos ravishda import qilingan analoglardan o‘rtacha 25 va 30% gacha sodir bo‘lgan yong‘inlarni samarali o‘chirish imkonini bergan;