Ismatov Davlat Muxiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ba’zi d-elementlar ionlari bilan flavonoidlardan supramolekulyar sistemalar olish va ularning tadqiqi», 02.00.04 - Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/K559.
Ilmiy rahbar: Muxamadiev Nurali Qurbonalievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05.
Rasmiy opponentlar: Eshmamatova Nodira Baxromovna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Murodova Dilafruz Kadirovna, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: flavonoidlarning ba’zi d-elementlar ionlari bilan supramolekulyar sistemalar hosil bo‘lish mexanizmlari va ularning komplekslarini barqarorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Fe2+ va Co2+ ionlarining kversetin hamda rutinli komplekslarining tuzilishi va energetik, elektron xossalari hamda reaksion qobiliyatlari kvant-kimyoviy usulda aniqlangan;
Fe2+ va Co2+ ionlarining kversetin va rutinli supramolekulyar komplekslari sintez qilingan hamda ularning tuzilishlari UB-, IQ-spektroskopiya usullarda aniqlangan hamda komplekslarning kovalentmas bog‘lar hisobiga hosil bo‘lishi isbotlangan;
pH ning turli qiymatlarida Fe2+ va Co2+ ionlari kversetin hamda rutinli komplekslarning barqarorliklari izomolyar seriya usulida baholangan hamda birikmalarning barqarorligiga muhitning ta’siri sezilarli emasligi i aniqlangan;
Fe2+ va Co2+ ionlari bilan kversetin hamda rutinli komplekslarning termik parchalanish mahsulotlari mikrorentgen usulida aniqlangan va asosiy mahsulot sifatida metall oksidlari hosil bo‘lganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Flavonoidlarning va d-metallar ionlari bilan olingan kompleks birikmalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kversetin bilan Fe2+ ionlarining hosil qilgan kompleks birikmasi barqarorligini aniqlash metodikasi “Samarkand England Eco-Medical” qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“Samarkand England Eco-Medical” korxonasining 2023 yil 24 maydagi 01/1-249-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Fe2+ ionlarini ularning kversetin bilan komplekslari holida inson organizimiga manzilli etkazish imkonini bergan;
kversetin bilan Co2+ ionlarining hosil qilgan kompleks birikmasi barqarorligini aniqlash metodikasi “Samarkand England Eco-Medical” qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“Samarkand England Eco-Medical” korxonasining 2023 yil 24 maydagi 01/1-250-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Co2+ ionlarini ularning kversetin bilan komplekslari holida inson organizimiga manzilli etkazish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish