Saidov Xurshid Murodillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Engil uglevodorodlarni qayta ishlash uchun katalizatorlar ishlab chiqish va ularning kinetik xarakteristikalari», 02.00.04 - Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/K337.
Ilmiy rahbar: Muxamadiev Nurali Qurbonalievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05. 
Rasmiy opponentlar: Eshmamatova Nodira Baxromovna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Murodov Qodir Murodovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: metanning karbonat angidridli konversiyasi uchun katalizatorlar sintezi, ularning geometrik, sorbsion va katalitik xarakteristikalarni aniqlash hamda reaksiya borishini kinetik jihatdan baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ba’zi d-elementlar oksidlari asosida Zol-Gel texnologiyasining “solition-combusion synthesis” usulida: 4NiO∙ZrO2/5Al2O3, 4NiO∙TiO2/5Al2O3 va 3NiO∙TiO2∙ZrO2/5Al2O3 tarkibli polioksidli katalizatorlar sintez qilingan;
4NiO∙ZrO2/5Al2O3, 4NiO∙TiO2/5Al2O3 va 3NiO∙TiO2∙ZrO2/5Al2O3 tarkibli polioksidli katalizatorlarning geometrik, tekstur, sorbsion va katalitik xarakteristikalari aniqlangan;
turli katalizatorlar ishtirokida metanni karbonat angidridi bilan konversiyalash reaksiyasining faollanish energiyalari va tezlik konstantalari aniqlangan;
metanni karbonat angidridi bilan konversiyalash reaksiyasi Ch3* - NiO, Ch2* - NiO, Ch* - NiO, C* - NiO, CO* - ZrO2/Al2O3, O*-ZrO2/Al2O3 oraliq mahsulotlari hosil bo‘lishi bilan borishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Engil uglevodorodlarni qayta ishlash uchun katalizatorlar ishlab chiqish va ularning kinetik xarakteristikalarini o‘rganish natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
eritmada yonish usulida nano NiO ni olish metodikasi “AHMAD ISROIL TEX” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasida rang barqarorligi va ravshanligini oshiruvchi vosita sifatida amaliyotga joriy etilgan (“AHMAD ISROIL TEX” O‘zbekiston Xitoy qo‘shma korxonasining 2023 yil 18 maydagi 18/05-01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qora rangli mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo‘lgan, rang beruvchi moddaning sarfi 4-5 baravarga kamaygan va iqtisodiy samaraga erishish imkonini bergan;
eritmada yonish usulida nano CoO ni olish metodikasi “AHMAD ISROIL TEX” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasida rang barqarorligi va ravshanligini oshiruvchi vosita sifatida amaliyotga joriy etilgan (“AHMAD ISROIL TEX” O‘zbekiston Xitoy qo‘shma korxonasining 2023 yil 18 maydagi 18/05-01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, to‘q yashil rangli mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo‘lgan, rang beruvchi moddani sarfi 6-8 baravarga kamaygan va iqtisodiy samaraga erishish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish