Karimov Xusniddin Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Magnetit zarrachalari kiritilgan polivinil spirt gelining fizik kimyoviy xossalari», 02.00.04 - Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/K667.
Ilmiy rahbar: Trobov Xamza Tursunovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05. 
Rasmiy opponentlar: Ro‘zimuradov Olim Narbekovich, kimyo fanlari doktori, professor; Bekchanov Davron Jumanazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibiga magnetit zarrachalari kiritilgan polivinil spirt gelining fizik kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polivinil spirt asosida magnetit zarrachalari kiritilgan polivinil spirt geli sintez qilingan va uning tarkibi zamonaviy fizik kimyoviy tadqiqot usullari yordamida isbotlangan;
tajribada olingan natijalardan foydalanib tarkibiga magnetit zarrachalari kiritilgan polivinil spirt geli bo‘kish jarayonining termodinamik funksiyasi Gibbs erkin energiyasi o‘zgarishi aniqlangan;
optik mikrometriya usulida magnetit zarrachalari kiritilgan polivinil spirt gelining suvli eritmalarida bo‘kish jarayonining birinchi va ikkinchi guruh metall ionlari tabiati va konsentratsiyasiga bog‘liqligi asoslangan;
geterofazaviy fizik-matematikaviy model yordamida magnetit zarrachalari kiritilgan polivinil spirti geli bo‘kishining kinetik qonuniyatlari o‘rganilgan va ilk bora modelning kinetik koeffisientlari (k1, k2, k3) aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Magnetit zarrachalari kiritilgan polivinil spirt gelining fizik kimyoviy xossalarini tatbiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
reagensiz usulda oqova suvlarni tozalash uslubiyati “O‘zbekneftgaz” AJ ga qarashli “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”da amaliyotga joriy etilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJning 2023 yil 6 noyabrdagi 967/G‘k-11-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kislotali oqova suvlar tarkibidan xlorid kislotani, shuningdek, bir va ikki valentli metall kationlarini to‘liq ajratib olishga imkon  bergan;
ionit-ekstraksion usulda texnogen eritmalar va oqova suvlarni tozalash uslubiyati “GISSARNEFTGAZ” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan. (“GISSARNEFTGAZ” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasining 2023 yil 8 noyabrdagi 733-01/11-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, texnogen eritmalar va oqova suvlar tarkibidan bir va ikki valentli metall ionlarini ajratishga imkon bergan.
polimer gellardan foydalanib oqova va tabiiy suvlarni tozalash hamda tuzsizlantirish uslubiyati “Elektrokimyozavod” AJ qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“Elektrokimyozavod” AJ qo‘shma korxonasining 2023 yil 18 noyabrdagi 623-08/11-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oqova va tabiiy suvlar to‘liq tuzsizlantirilgan hamda tarkibidan bir va ikki valentli metall ionlarini ajratishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish