Xomidov Baxodirjon Sodikjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qurilishda mehnat unumdorligini oshirish uchun sun’iy intellektning qo‘llanishi», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt550.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Zokirova Nodira Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona Politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01
Rasmiy opponentlar: Nasimov Dilmurod Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Samandar Pulatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash natijasida qurilish industriyasi korxonalari ish unumdorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish sohasida mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar (45) uslubiy jihatdan olti guruhga umumlashtirilgan va RII indeksi, standart tavofutlarga ko‘ra tabaqalashtirilgan (ranjirovanie) holda sohada mehnat unumdorligini oshirish, jumladan boshqaruv kompetensiyalari va qurilish ishchilarining ko‘nikmasini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan;
mehnat unumdorligiga inson kapitali rivojlanishining ta’siri modeliga yondashuv inson kapitali tarkibida “salomatlik”ka alohida urg‘u berish hamda qurilish ishlab chiqarishida ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyati ustuvorligiga ko‘ra takomillashtirilgan;
qurilish sohasida mehnat va mehnat munosabatlari strategiyasini «munosib mehnat» kategoriyasiga ko‘ra samarali amalga oshirishda, jumladan sun’iy intellektdan ratsional foydalanishda personalning kasbiy va ijodiy rivojlantirishni rag‘batlantirish dasturini ishlab chiqish, sun’iy intellektga ko‘ra mehnat salohiyatini ijtimoiy rivojlantirishning ustuvorliklarini aniqlash kabilarni amalga oshirishning zarurati asoslab berilgan;
intellektual kapitaldan maqsadli foydalanish sharoitida ishlab chiqarishning intellektuallashuv va raqobatbardoshlik darajasini oshirish asosida qurilish tashkilotlari samaradorligini oshirishning konseptual-mantiqiy modeli mehnat unumdorligi maqsadli parametriga ko‘ra bazaviy darajasini baholash imkoniyatlarini ishlab chiqarishga jalb qilishga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish natijasida qurilish industriyasi korxonalari ish unumdorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qurilish sohasida mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar (45) uslubiy jihatdan olti guruhga umumlashtirilgan va RII indeksi, standart tavofutlarga ko‘ra tabaqalashtirilgan (ranjirovanie) holda sohada mehnat unumdorligini oshirish, jumladan boshqaruv kompetensiyalari va qurilish ishchilarining ko‘nikmasini oshirish yuzasidan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” davlat muassasasining 2023 yil 21 noyabrdagi 784/03-20-son ma’lumotnomasi). Taklif mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni baholashning aniqlik darajasini oshirish, boshqaruv natijadorligi va qurilish korxonalarining samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
mehnat unumdorligiga inson kapitali rivojlanishining ta’siri modeliga yondashuv inson kapitali tarkibida “salomatlik”ka alohida urg‘u berish hamda qurilish ishlab chiqarishda ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyati ustuvorligi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimidagi takshkilotlar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” davlat muassasasining 2023 yil 21 noyabrdagi 784/03-20-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif qurilish industriyasi korxonalarining mehnat unumdorligini inson kapitaliga urg‘uni kuchaytirish hisobiga 0,21 foizga oshirishni ta’minlaydigan chora-tadbirlar sifatini ta’minlashga muayyan darajada xizmat qilgan;
qurilish sohasida mehnat va mehnat munosabatlari strategiyasini «munosib mehnat» kategoriyasiga ko‘ra samarali amalga oshirishda, jumladan sun’iy intellektdan ratsional foydalanishda personalning kasbiy va ijodiy rivojlantirishni rag‘batlantirish dasturini ishlab chiqish, sun’iy intellektga ko‘ra mehnat salohiyatini ijtimoiy rivojlantirishning ustuvorliklarini aniqlash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Menejerlar, loyiha-qidiruv tashkilotlarining bosh muhandislari va bosh arxitektorlar malakasini oshirishni tashkil etish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” davlat muassasasining 2023 yil 21 noyabrdagi 784/03-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish sohada mehnat unumdorligini oshirishda ichki mehnat imkoniyatlaridan samaraliroq foydalanish natijasiga ko‘ra ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
intellektual kapitaldan maqsadli foydalanish sharoitida ishlab chiqarishning intellektuallashuv va raqobatbardoshlik darajasini oshirish asosida qurilish tashkilotlari samaradorligini oshirishning konseptual-mantiqiy modeli mehnat unumdorligi maqsadli parametriga ko‘ra bazaviy darajasini baholash imkoniyatlarini ishlab chiqarishga jalb qilish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimidagi takshkilotlar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” davlat muassasasining 2023 yil 21 noyabrdagi 784/03-20-son ma’lumotnomasi). Taklif etilayotgan takomillashtirilgan model qurilish sanoatida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hisobiga mehnat unumdorligini 0,42 foizga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.