Ibrohimov Jamshid Abdug‘ofur o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Terrorchilik xususiyatiga ega jinoyatlarning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2 DSc/Yu206.
Ilmiy maslahatchi: Ne’matov Jasur Aminjonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Rustambaev Mirzayusup Xakimovich, yuridik fanlar doktori, professor; O‘razaliev Murod Karaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Abduqodirov Sherzod Yoqubjonovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi terrorchilik xususiyatiga ega jinoyatlarning ilmiy, nazariy va amaliy jihatlarini har tomonlama o‘rganish, shuningdek aniqlangan muammolarning huquqiy echimlarini topish maqsadida ilmiy xulosalar ishlab chiqish, terrorchilik xususiyatiga ega jinoyatlarga qarshi kurashning jinoiy-huquqiy va kriminologik choralarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar shakllantirishdan iboratdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tavakkalchiliklarni baholash natijalarini terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi barcha organlarga hamda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga etkazish, shuningdek, terrorizmni moliyalashtirish yuzasidan tavakkalchilikni baholash bo‘yicha choralarni maxsus vakolatli davlat organi tomonidan muvofiqlashtirish zarurati asoslantirilgan;
terrorizmga, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar, chet davlatlarning vakolatli organlaridan hamda xalqaro tashkilotlardan rasmiy kanallar orqali olingan ma’lumotlar asosida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning ro‘yxatini shakllantirish va yuritish lozimligi asoslab berilgan; 
terrorchilik tashkilotining mavjud bo‘lishini, faoliyat ko‘rsatishini moddiy va moliyaviy jihatdan ta’minlash har qanday ko‘char yoki ko‘chmas aktivlarni yoki bunday aktivlarga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi yuridik hujjatlarni taqdim etishda yoxud ularda ishtirok etishda, terroristik harakatlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan boshqa mulklarni taqdim etishda yoki xizmatlar ko‘rsatishda ifodalanishi asoslab berilgan; 
terroristik tashkilot a’zosi bo‘lgan shaxs tomonidan uni moliyalashtirishda ifodalangan harakatlarni JK 155 va 1553-moddalari majmui bilan kvalifikatsiya qilish, shaxsni JK 1553-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topish uchun terrorizmni moliyalashtirishning hech bo‘lmaganda bitta fakti aniqlanishi lozimligi, shuningdek, aybdorning harakatlari JK 1553-moddasi ikkinchi qismining “a” bandi bilan kvalifikatsiya qilishda JK 32 va 34-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilishi lozimligi asoslantirilgan; 
vakolatli organlar legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkilotning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda amalga oshirilishi lozimligi asoslab berilgan; 
jinoiy faoliyatga qasddan yoki qasddan bo‘lmagan holda jalb etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish, ushbu sohada huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash monitoring va nazoratning asosiy vazifalari sifatida belgilanishi lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Terrorchilik xususiyatiga ega jinoyatlarning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlarini tadqiq etish natijalari asosida:
tavakkalchiliklarni baholash natijalari terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi barcha organlarga hamda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga etkazilishi kerakligi, shuningdek terrorizmni moliyalashtirish yuzasidan tavakkalchiliklarni baholash bo‘yicha choralarni muvofiqlashtirishni maxsus vakolatli davlat organi amalga oshirishi lozimligi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ–516-sonli “Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 18-moddasi 8-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022-yil 19-sentyabrdagi 27/2-213-22-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning ro‘yxati terrorizmga, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlaridan hamda xalqaro tashkilotlardan rasmiy kanallar orqali olingan ma’lumotlar asosida shakllantirilishi va yuritilishi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ–516-sonli “Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 18-moddasi 10-bandi 8-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022-yil 
19-sentyabrdagi 27/2-213-22-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar terrorchilik xususiyatiga ega jinoyatlarga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
terrorchilik tashkilotining mavjud bo‘lishini, faoliyat ko‘rsatishini moddiy va moliyaviy jihatdan ta’minlash har qanday ko‘char yoki ko‘chmas aktivlarni yoki bunday aktivlarga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi yuridik hujjatlarni taqdim etishda yoxud ularda ishtirok etishda, terroristik harakatlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan boshqa mulklarni taqdim etishda yoki xizmatlar ko‘rsatishda ifodalanishi mumkinligi to‘g‘risidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 27-noyabrdagi “Terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 32-sonli Qarorining 5-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 11-martdagi 11/7-22-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar terrorizmni moliyalashtirishga oid jinoyatlarni to‘g‘ri malakalash bilan bog‘liq huquqni qo‘llashga imkon bergan;
terroristik tashkilot a’zosi bo‘lgan shaxs tomonidan uni moliyalashtirishda ifodalangan harakatlar JK 155 va 1553-moddalari majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi, shaxsni JK 1553-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topish uchun terrorizmni moliyalashtirishning hech bo‘lmaganda bitta fakti aniqlanganligi etarliligi, shuningdek, aybdorning harakatlarini JK 1553-moddasi ikkinchi qismining “a” bandi bilan kvalifikatsiya qilishda JK 32 va 34-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilishi lozimligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining 2021-yil 
27-noyabrdagi “Terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 32-sonli Qarorining 9, 10 va 11-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 11-martdagi 11/7-22-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar terrorizmni moliyalashtirishga oid jinoyat ishlarini ko‘rib chiqishda qonun normalari to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlashga xizmat qilgan;
legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat tashkilotning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda vakolatli organlar tomonidan amalga oshirilishi lozimligi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 3-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-iyundagi 12/21-47-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar terrorizmni moliyalashtirish jinoyatining oldini olish va profilaktika qilish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilgan;
tashkilotlarning jinoiy faoliyatga qasddan yoki qasddan bo‘lmagan holda jalb etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, tashkilotlarning legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish, ushbu sohada huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash, mazkur sohadagi qonunchilik hujjatlarini buzishni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish kabilarni monitoring va nazoratning asosiy vazifalari sifatida belgilash haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkil etish tartibi hamda monitoring davomida legallashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish alomatlari aniqlangan taqdirda, vakolatli organlar tomonidan ularni bartaraf etish choralari ko‘rilishi yoki monitoring natijalariga ko‘ra tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi to‘g‘risida”gi nizomning 
5 va 9-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-iyundagi 12/21-47-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish