Akmalov Muxiddin G‘ulomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash chiqindilaridan qurilish materiallari tejamkorligini oshirishda foydalanish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari, 05.09.05 - Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T3187.
Ilmiy rahbarlar: Majidov Qaxramon Xalimovich, texnika fanlari doktori, professor; Egamberdiev Murod Saidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya institute huzuridagi DSc 03/28.02.2022.T101.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziboev Akbarali Tursunboevich texnika fanlari doktori, professor; Sattorov Zafar Murodovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash chiqindilaridan foydalanib gipsli va gipsobetonli qurilish materiallarini tejamkorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi ikkilamchi chiqindilari -bug‘doy somoni, chigit sheluxasi va qamish poyasini qurilish materiallarini to‘ldiruvchilari sifatida kimyoviy tarkibi va xususiyatlari ilmiy jihatdan kelib chiqib ishlab chiqilgan; 
bug‘doy somonini miqdoriy qiymatlarini gipsli qurilish materiallarini to‘ldiruvchisi sifatida uning xususiyatlariga va ko‘rsatkichlariga ta’siri asoslangan;
bug‘doy somoni va chigit sheluxasini turli nisbiy miqdorlarini to‘ldiruvchilar sifatida gipsli qurilish materiallarini mustahkamligini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati aniqlangan;
qamish poyasini turli miqdoriy nisbatlarini betonli qurilish materiallari ashyoviy tejamkorligini va mustahkamligini ta’minlashdagi o‘rni asoslangan;
ikkilamchi qishloq xo‘jalik chiqindilaridan samarali va unumli foydalanib, gipsli va betonli qurilish materiallarini turlarlarini kengaytirish ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qishloq qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash chiqindilaridan qurilish materiallari tejamkorligini oshirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gipsli kompozision qorishma tayyorlash jarayonida somon va chigit chiqindisidan foydalanib gips buyumlarini olish usuli «Buxoro Mega-Fayz Stroy Invest» MChJ va MILLENIUM-GIPS” MChJlarda ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 28 avgustdagi 05/13-1702-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, suv shimuvchanligi somon asosida olingan gips namunasida nisbatan past ko‘rsatgich 19,5 % ni tashkil qilib, mahsulot ishlab chiqarish hajmini 5-10 % ga oshirish imkonini bergan;
gips materiallarini tayyorlashda somon va chigit chiqindisini qo‘llash texnologiyasi «Buxoro Mega-Fayz Stroy Invest» MChJ va MILLENIUM-GIPS” MChJlarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 28 avgustdagi 05/13-1702-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, gips materialni tejash 1,1-1,2 barobarga hamda xomashyoviy sarflarni kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish