O‘rinov Yigitali Muratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Chakana savdo korxonalarida xizmatlar sifatini baholash tizimini takomillashtirish”, 08.00.05. - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.           
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1929
Ilmiy rahbar: Nasimov Dilmurod Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Urazov Komil Baxramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
D.X.Suyunov Dilmurod Xolmuradovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida chakana savdo korxonalarida xizmatlar sifatini baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
chakana savdo tizimida sifatli xizmat ko‘rsatish va ehtiyojni to‘laroq qondirish xususiyatiga ko‘ra tizimda qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishning tarkibi sotuvda mavjud bo‘lmagan tovarlarga buyurtmalarni keng qabul qilish va xarid qilingan tovarlarni sotuvdan keyingi sinovdan o‘tkazish (kafolatlash) xizmatlariga ko‘ra takomillashtirilgan;
savdo xizmatlari sifatini baholash (boshqarish)ning uslubiy yondashuvi xizmat ko‘rsatishdagi bo‘shliqlar (beshta bo‘shliq) bevosita bir-birini olib kelishi va ularni tizimli bartaraf etish yuzasidan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga ko‘ra takomillashtirilib, savdo xizmatlarini ko‘rsatishning sifat modeli taklif etilgan;
iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish va savdo madaniyatining yuksalib borishi sharoitida chakana savdo xizmatlari sifatining integral samarasini baholashning an’anaviy talablari tarkibiga “xizmat ko‘rsatish moddiy sharoitlari”ni kiritishning maqsadga muvofiqligi asoslanib, isteʼmolchiga ko‘ra xizmatlar sifatini   integral baholash taklif qilingan;
chakana savdo tizimini intensiv rivojlantirishda savdo korxonasi faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etish loyihasining tashkiliy, tadqiqot, rejalashtirish va boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘zaro faoliyat loyiha guruhini shakllantirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chakana savdo korxonalarida xizmatlar sifatini baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chakana savdo tizimida sifatli xizmat ko‘rsatish va ehtiyojni to‘laroq qondirish xususiyatiga ko‘ra tizimda qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishning tarkibini sotuvda mavjud bo‘lmagan tovarlarga buyurtmalarni keng qabul qilish va xarid qilingan tovarlarni sotuvdan keyingi sinovdan o‘tkazish (kafolatlash) xizmatlariga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasini tomonidan “2023-2024-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini ishlab chiqishda foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 5-apreldagi 11/03-15-3874-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish chakana savdo korxonalarida qo‘shimcha xizmatlar turlarini uslubiy jihatdan guruhlash aniqligini oshirishga ko‘ra qo‘shimcha xizmatlar turini boyitish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qilgan;
savdo xizmatlari sifatini oshirish (baholash, boshqarish)ning uslubiy yondashuvi xizmat ko‘rsatishdagi bo‘shliqlar (beshta bo‘shliq) bevosita bir-birini olib kelishi va ularni tizimli bartaraf etish yuzasidan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va savdo xizmatlarini ko‘rsatishning sifat modeli bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasini tomonidan “2023-2024-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini ishlab chiqishda foydalanib, uning hududiy tuzilmalari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 5-apreldagi 11/03-15-3874-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflardan foydalanish xizmatlar sifatini oshirish bilan bir qatorda mahsulotlarni xarid qilish vaqtini qis-qartirishga, iste’molchilarning xizmatlardan qoniqish darajasini oshirishga xizmat qilgan;
iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish va savdo madaniyatining yuksalib borishi sharoitida chakana savdo xizmatlari sifatining integral samarasini baholashning an’anaviy talablari tarkibiga “xizmat ko‘rsatish moddiy sharoitlari”ni kiritishning maqsadga muvofiqligi asoslanib, isteʼmolchi fikriga ko‘ra xizmatlar sifatining integral samarasini   orqali ifodalash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasini tomonidan “2023-2024-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini ishlab chiqishda foydalanib, uning hududiy tuzilmalari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 5-apreldagi 11/03-15-3874 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish sotsiologik so‘rov natijalari bo‘yicha chakana savdo korxonalari xizmatlari sifatini baholash orqali korxona iqtisodiy samaradorligini 1,25-martaga oshirish imkonini bergan;
chakana savdo tizimini intensiv rivojlantirishda savdo korxonasi faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etish loyihasining tashkiliy, tadqiqot, rejalashtirish va boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘zaro faoliyat loyiha guruhini shakllantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasini tomonidan “2023-2024-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini ishlab chiqishda foydalanib, “Yuniko Plyus” chakana savdo korxonasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 5-apreldagi 11/03-15-3874-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish chakana savdo korxonalarida marketing tadqiqotlarini o‘tkazish asosida innovatsiyalarni joriy etish va tijoratlashtirish natijasida korxona raqobatbardoshligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish