Xamdamov Anvar Maxmudovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Paxta moyi missellasining yakuniy distillyasiyalash jarayonini takomillashtirish va samarali qurilma yaratish», 02.00.16 - Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/T497.
Ilmiy maslahatchi: Xudayberdiev Absalom Abdurasulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi PhD 03/31.03.2023.T.66.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdurahimov Axror Anvarovich. texnika fanlari doktori, professor; Barakaev Nusrat Radjabovich, texnika fanlari doktori, professor; Safarov Jasur Esirgapovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta moyi missellasini yakuniy distillyasiya-lash jarayonini takomillashtirish va samarali qurilma yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yakuniy distillyasiya (haydash) jarayonining texnologik parametrlari - ishchi bosim, missella harorati, suyuqlik va bug‘ fazalari sarfi hamda qurilma elementlari o‘lchamlarini paxta moyi missellasi tarkibidan erituvchini haydash samaradorligiga ta’siri aniqlangan;
jarayonning turli gidrodinamik rejimlarida tangensial prizmatik forsunka vositasida purkalayotgan suyuqlik tomchilarini sochilishi, qavariq-botiq tarelkalarda suyuqlik va bug‘ fazalarining harakatlanishi hamda suzuvchi yog‘och nasadkalarning kolonnali qurilmaning dezodoratsiya zonasi balandligi bo‘ylab taqsimlanishi qonuniyatlari aniqlangan;
paxta moyi missellasini yakuniy distillyasiyalash jarayonining matematik modeli va uni MATLAB Simulink dasturidagi kompyuter modeli yaratilgan;
tangensial prizmatik forsunka, qavariq-botiq tarelkalar va suzuvchi yog‘och nasadkalar ishtirokida missella tarkibidan uchuvchan komponentlarni suv bug‘i vositasida haydash jarayonining texnologik va gidrodinamik rejimlarini optimal chegaralari aniqlangan;
missellani tangensial prizmatik forsunka yordamida gorizontal va vertikal purkash paytida uning tarkibidan benzinni haydash samaradorligi 24,3 %, qavariq-botiq tarelka zonasida 18,7 % va suzuvchi yog‘och nasadka ishtirokida esa 21,2 % ga ortishi isbotlangan.
paxta moyi missellasini tangensial prizmatik forsunka, qavariq-botiq tarelkalar va suzuvchi yog‘och nasadkalardan foydalanib haydash jarayo-nining texnologik samaradorligi isbotlangan, shu asosda yakuniy distillyatorning takomillashtirilgan yangi qonstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxta moyi missellasining yakuniy distillyasiyalash jarayonini takomillashtirish va samarali qurilma yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tangensial prizmatik forsunkalar bilan ta’minlangan yakuniy distil-lyatorning yangi konstruksiyasi “Uchqo‘rg‘on-yog‘” AJning “2024-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 5 dekabrdagi KS/3-527-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, missella tomchilari dispersligini oshirish va ular yuzasidan benzinni bug‘lanish samaradorligini 24,3 % ga orttirish imkonini beradi;
qavariq-botiq tarelkali zonada hamda qatlamda suzuvchi nasadkalar ishtirokida yakuniy distillyasiyalash qurilmasining takomillashtirilgan konstruksiyasi “Uchqo‘rg‘on-yog‘” AJning “2024-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 5 dekabrdagi KS/3-527-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qurilmaning tarelkali ishchi zonasida suyuqlik va bug‘ fazalari o‘rtasidagi kontakt yuzani ortishi hisobiga missella tarkibidan erituvchini haydash samaradorligini mos ravishda  18,7 % va 21, 2 % ga orttirish imkonini beradi;
yakuniy distillyasiya qurilmasining takomillashtirilgan konstruksiyasi “Namangan tola-tekstil” MChJ ning “2024-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 5 dekabrdagi KS/3-527-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yakuniy bosqich distillyatorida gidrodinamik va issiqlik rejimlarini yaxshilanishi hisobiga jarayon davomiyligini 25÷30 % ga qisqartirish, qora ekstraksion moyning chaqnash haroratini 15 °S ga ko‘tarish, uning kislota sonini 1,1 mg KON/g ga pasaytirish va rafinatsiyalangan moyning chiqishini 3,1 % gacha orttirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish