Mamajanov Abrorbek Mirabdullaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslarning jinoiy javobgarligi”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Yu434.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Shuhratjon Djumaevich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Rustam Kabulov, yuridik fanlar doktori, professor; Turgunboev Elbekjon Odiljonovich, yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Cheklangan aqli rasolik institutining jinoyat-huquqiy jihatlarini kompleks o‘rganish asosida aniqlangan muammolarning echimini topish hamda cheklangan aqli rasolik holatida sodir etiladigan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish, tegishli jinoyat qonuni normalarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinoyat sodir etish vaqtida nafaqat o‘z harakatlarining, balki jinoiy harakatsizligining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va ularni boshqara olgan shaxs aqli raso shaxs hisoblanishi asoslangan;
jinoyat sodir etish paytida ruhiy holati buzilganligi tufayli o‘z harakatlari (harakatsizligi)ning ahamiyatini to‘liq darajada anglay olmagan aqli raso shaxs javobgarlikka tortilishi lozimligi asoslangan;
jinoyat sodir etish paytida ruhiy holati buzilganligi tufayli o‘z harakatlari (harakatsizligi)ni boshqara olmagan aqli raso shaxs javobgarlikka tortilishi lozimligi asoslangan;
aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsga nisbatan sud tomonidan jazo bilan birga tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Cheklangan aqli rasolik holatida sodir etilgan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish va bu boradagi jinoyat qonuni normalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jinoyat sodir etish vaqtida nafaqat o‘z harakatlarining, balki jinoiy harakatsizligining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va ularni boshqara olgan shaxs aqli raso shaxs hisoblanishi to‘g‘risidagi taklif Jinoyat kodeksining 18-moddasi birinchi qismiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasining 2019-yil 11-oktyabrdagi 05/3-06-109-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi jinoyat sodir etish vaqtida nafaqat o‘z harakatlarining, balki jinoiy harakatsizligining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va ularni boshqara olgan shaxs aqli raso shaxs hisoblanishiga xizmat qilgan;
jinoyat sodir etish paytida ruhiy holati buzilganligi tufayli o‘z harakatlari (harakatsizligi)ning ahamiyatini to‘liq darajada anglay olmagan aqli raso shaxs javobgarlikka tortilishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif Jinoyat kodeksining 181-moddasi birinchi qismiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasining 2019-yil 11-oktyabrdagi
05/3-06-109-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi jinoyat sodir etish paytida ruhiy holati buzilganligi tufayli o‘z harakatlari (harakatsizligi)ning ahamiyatini to‘liq darajada anglay olmagan aqli raso shaxs javobgarlikka tortilishiga xizmat qilgan;
jinoyat sodir etish paytida ruhiy holati buzilganligi tufayli o‘z harakatlari (harakatsizligi)ni boshqara olmagan aqli raso shaxs javobgarlikka tortilishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif Jinoyat kodeksining 181-moddasi birinchi qismiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasining 2019-yil 11-oktyabrdagi 05/3-06-109-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi jinoyat sodir etish paytida ruhiy holati buzilganligi tufayli o‘z harakatlari (harakatsizligi)ni boshqara olmagan aqli raso shaxs javobgarlikka tortilishiga xizmat qilgan;
aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsga nisbatan sud tomonidan jazo bilan birga tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkinligi to‘g‘risidagi taklif Jinoyat kodeksining 181-moddasi ikkinchi qismiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasining 2019-yil 11-oktyabrdagi 05/3-06-109-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi nafaqat aqli noraso shaxslarga, balki aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsga nisbatan sud tomonidan jazo bilan birga tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanishiga xizmat qilgan.