Omanov Sanjar Qurbonazar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xo‘jalik yurituvchi subektlarda ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va auditini takomillashtirish”, 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1814.
Ilmiy rahbar: Xajimuratov Nizomjon Shukurullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ochilov Ilyos Keldiyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xo‘jalik yurituvchi subektlarda ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
don mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarida tovar-moddiy zaxiralar holati va harakati hisobini ifodalovchi buxgalteriya schyotlari tarkibiga 1016-“Ikkilamchi don mahsulotlari, don chiqindilari va boshqa xom ashyolar” ishchi schyotini kiritish asosida mazkur korxonalar moliyaviy hisobotlaridagi axborotlarning shaffofligini oshirish asoslangan;
don mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari hisob siyosatiga 2011-“Urug‘lik don qayta ishlash” ishchi schyotini kiritish asosida xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyatida hisob axborotlarini to‘g‘ri shakllantirish hamda mahsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlash taklifi asoslangan;
don mahsulotlari korxonalarida yordamchi ishlab xarajatlari buxgalteriya schyotlari tarkibiga 2311-“Tovar donni quritish, tozalash va qo‘shimcha ishlov berish bo‘yicha xarajatlar” ishchi schyotini kiritish orqali tovar donni quritish, tozalash va qo‘shimcha ishlov berish bo‘yicha xarajatlar hisobini to‘g‘ri tashkil etish hamda mahsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlash taklif etilgan;
don ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlari bilan bog‘liq jarayonlar auditining umumiy reja va dasturini tuzish orqali auditni rejalashtirish bosqichida auditorlar tomonidan dastlabki audit strategiyasini ishlab chiqish takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xo‘jalik yurituvchi subektlarda ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
don mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari moliyaviy hisobotlaridagi axborotlarning shaffofligini oshirish maqsadida tovar-moddiy zaxiralar tarkibiga 1016-“Ikkilamchi don mahsulotlari, don chiqindilari va boshqa xom ashyolar” ishchi schyotini kiritish bo‘yicha taklifi “G‘alla-alteg” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“G‘alla-alteg” AJning 2023-yil
22-sentyabrdagi 01/1046-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, ikkilamchi don mahsulotlari, don chiqindilari va boshqa xomashyolar bo‘yicha aniq, to‘g‘ri va to‘liq analitik ma’lumotlarni shakllantirish imkonyati yaratilgan;
don mahsulotlari korxonalarida mahsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlash maqsadida hisob siyosatiga 2011-«Urug‘lik donni qayta ishlash» ishchi schyotini kiritish bo‘yicha taklifi
“G‘alla-alteg” AJ tomonidan joriy qilingan (“G‘alla-alteg” AJning 2023-yil 22-sentyabrdagi 01/1046-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, don mahsulotlari korxonalarida urug‘lik donni qayta ishlash bo‘yicha hisob axborotlarining to‘g‘ri shakllanishi ta’minlangan;
don mahsulotlari korxonalarida yordamchi ishlab xarajatlari tarkibiga 2311-«Tovar donni quritish, tozalash va qo‘shimcha ishlov berish bo‘yicha xarajatlar» ishchi schyotini kiritish bo‘yicha taklifi “G‘alla-alteg” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“G‘alla-alteg” AJning 2023-yil 22-sentyabrdagi 01/1046-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi, tovar donni quritish, tozalash va qo‘shimcha ishlov berish bo‘yicha xarajatlar hisobining to‘g‘ri tashkil etilishi va mahsulot tannarxining to‘g‘ri aniqlanishi imkonini bergan;
ishlab chiqarish xarajatlari auditini samarali tashkil etish maqsadida takomillashgan audit rejasini qo‘llash bo‘yicha tavsiya “G‘alla-alteg” AJ tomonidan joriy qilingan (“G‘alla-alteg” AJning 2023-yil 22-sentyabrdagi 01/1046-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, audit tekshiruvlarining tizimli tashkil etilishiga hamda mehnat va vaqt xarajatlarining qisqarishiga erishilgan.