Yoqubov Bexzod Baxromjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tom va quvurlar himoya qatlamlari uchun polimer-bitum kompozisiyasi tarkibi va olish texnologiyasini yaratish», 02.00.08 - Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1708.
Ilmiy rahbar: Ibadullaev Axmadjon Sobirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Adilov Ravshan Irkinovich, texnika fanlari doktori, professor; Raxmonov Toir Zoirovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy ikkilamchi xom ashyolar asosida har xil sharoitlarda ishlatishga mo‘ljallangan polimer-bitum kompozision qoplamalarni olish tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bitum kompozision qoplamalarga qo‘yilgan talablarga binoan mahalliy ikkilamchi xom ashyolar va neft`-gazni qayta ishlash sanoati chiqindilari asosida ingredientlar yaratilgan;
mahalliy ikkilamchi xom ashyolar va neft`-gazni qayta ishlash sanoati chiqindilari asosida tanlanilgan ingredientlarning fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
tanlanilgan ingredientlar va ularni fizik-kimyoviy xossalarini polimer-bitum kompozision qoplama texnologik, reologik, fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalariga ta’siri asoslangan;
tanlanilgan ingredientlar va ularni fizik-kimyoviy xossalariga asosan  bitum kompozision qoplamalarga qo‘yilgan talablarga javob beruvchi polimer-bitum kompozision qoplama tarkibi yaratilgan;
mahalliy ikkilamchi xom ashyolar va neft-gazni qayta ishlash sanoati chiqindilari asosida polimer-bitum kompozision qoplama olish va ishlatish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy va ikkilamchi xom ashyolar asosida jahon talablariga javob beruvchi polimer-bitum kompozision qoplamalar olish tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida himoya qatlam bitumlarini modifikatsiya qilish tarkibi va texnologiyasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining “2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining 2021 yil 21 maydagi 22/58-122-son ma’lumotnomasi). Natijada, himoya qatlam bitumini ishlab chiqarish hajmini 13% gacha va yopishqoqligini 17 % gacha, yumshash haroratini 93°S gacha, oshirish, kristallanish haroratini -30°S gacha kamaytirish imkonini beradi;
mahalliy va ikkilamchi organomineral xomashyolar asosida yaratilgan himoya qatlam polimer bitum kompozisiyalari O‘zbekiston respublikasi qurilish vazirligi ta’sarufidagi korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2021 yil 22 yanvardagi IU01/22-son ma’lumotnomasi). Natijada,  mostlar, ko‘priklar, binolarni himoya qatlamlari uchun issiqqa (˃100 °S), sovuqqa (˃-30 °S) chidamli va yuqori yopishqoqlikga ega bo‘lgan suyuq va listsimon polimer-bitum himoya qatlam kompozisiyalari olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish